2022-yil 25-noyabr Farg‘ona – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti kengashining 4-yig‘ilishi bayoni


Download 298.5 Kb.
bet12/13
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1055860
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Унв кенгаши 4-йиғилиш баёни

4.4-masala. Talaba-qizlarga “Qizlar uchun maxsus stipendiya” tayinlash
to‘g‘risida.
Eshitildi: P.Otaqulov – yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha birinchi prorektor.
P.Otaqulov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom”ning
102-bandiga muvofiq o‘quv semestri yakuni natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho bo‘lgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oila farzandlari hisoblangan 7 nafar talaba-qizlarga talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan “Qizlar uchun maxsus stipendiya” tayinlash taklifini kiritdi.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Ushbu masala yuzasidan
QAROR QILINDI:
1. P.Otaqulov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 102-bandiga muvofiq quyidagi talaba-qizlarga talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari ҳисобидан moliyalashtiriladigan “Qizlar uchun maxsus stipendiya” tayinlansin:
1) Akbarova Mohiroy Ali qizi – zootexniya fakulteti dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi 3-kurs 20.78.A-guruh talabasi;
2) Qayumova Gavharoy Avazbek qizi – zootexniya fakulteti asalarichilik yo‘nalishi 3-kurs 20.80-guruh talabasi;
3) Toshmatova Ravshanoy Raxmiddin qizi – tarix fakulteti ijtimoiy ish yo‘nalishi 2-kurs 21.118-guruh talabasi;
4) Teshaboyeva Gulruxsor Baxromjon qizi – tarix fakulteti tarix yo‘nalishi 3-kurs 20.86-guruh talabasi;
5) Mahmudova Muqaddasxon Ilxomjon qizi – maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 20.45-guruh talabasi;
6) Qo‘chqorova Durdona Javlonbek qizi – maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 21.38-guruh talabasi;
7) Aliyeva Nazokatxon Umarali qizi – magistratura bo‘limi psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi 2-kurs, 21.01-guruh magistranti.
3. Bosh hisobchi Z.Mamatqulovga yuqorida nomlari keltirilgan talaba-qizlarga maxsus sitpendiyalarning belgilangan tartibda to‘lanishini ta’minlash topshirilsin.
4. Ushbu qaror ijrosining nazorati prorektor P.Otaqulov zimmasiga yuklatilsin.



Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling