2022 yil uchun davlat byudjeti: asosiy ko‘rsatkichlar tahlili
DAVLAT BYuDJETI XARAJATLARINING YO‘NALTIRILIShI
Download 1.09 Mb.
|
2022 yil uchun davlat byudjeti
DAVLAT BYuDJETI XARAJATLARINING YO‘NALTIRILIShIKoronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda sog‘liqni saqlash muassasalarni qurish va zarur infratuzilma bilan ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab quvvatlash uchun soliq imtiyozlari berilishi, aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, Pensiya jamg‘armasidagi zararlarni qoplashga qaratilgan ustuvor chora tadbirlarni amalga oshirish orqali davlat byudjeti xarajatlari yalpi taklifni rag‘batlantiruvchi asosiy omil sifatida xizmat qildi. 2020 yildagi umumiy davlat byudjeti xarajatlaridan 74,2 trln.so‘m miqdoridagi mablag‘lar ijtimoiy sohaga yo‘naltirildi (2019 yilga nisbatan 1,3 barobar), jumladan: - sog‘liqni saqlash xarajatlari – 19,4 trln.so‘m (o‘sish – 1,5 barobar), umumiy xarajatlardagi ulushi – 10,3 foiz (YaIMga nisbatan 3,3 foiz); - ta’lim xarajatlari – 30 trln.so‘m (o‘sish – 4,3 foiz), umumiy xarajatlardagi ulushi – 16 foiz (YaIMga nisbatan 5,3 foiz); - madaniyat va sport xarajatlari – 2,3 trln.so‘m (o‘sish – 7,9 foiz), umumiy xarajatlardagi ulushi – 1,2 foiz (YaIMga nisbatan 0,4 foiz); - ilm-fan xarajatlari – 0,8 trln.so‘m (o‘sish – 1,3 barobar), umumiy xarajatlardagi ulushi – 0,4 foizni (YaIMga nisbatan 0,1 foiz) tashkil qildi. Nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya hamda aholi bandligi darajasini oshirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab quvatlash xarajatlari 9,5 trln.so‘mni (1,6 barobar), iqtisodiyot xarajatlari – 16,1 trln.so‘m (1,2 barobar) va davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari – 1,6 trln.so‘m (1,5 barobar), markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari – 18,9 trln.so‘mni (7,7 foizga kamaygan) tashkil etdi. Shuningdek, umumiy xarajatlarda nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya hamda aholi bandligi darajasini oshirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab quvvatlash xarajatlari 5,1 foizni (YaIMga nisbatan 1,6 foiz), iqtisodiyot xarajatlari 8,6 foizni (YaIMga nisbatan 2,8 foiz), markazlashgan investitsiya xarajatlari 10,1 foizni (YaIMga nisbatan 3,3 foiz), Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish 0,9 foizni (YaIMga nisbatan 0,3 foiz) tashkil etdi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling