2022 yil uchun davlat byudjeti: asosiy ko‘rsatkichlar tahlili


yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining tendensiyalari


Download 1.09 Mb.
bet4/7
Sana16.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1272803
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2022 yil uchun davlat byudjeti

2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining tendensiyalari


  •  1.03.2021 22:35


  • 905

2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan tushumlar 43,8 trln.so‘mni tashkil etdi va 1,5 barobardan ziyod o‘sdi.

2020 yil yakuni bo‘yicha davlat byudjetining daromadlari 161,7 trln.so‘mni, xarajatlari 187,4 trln.so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlat byudjeti taqchilligi 25,7 trln.so‘mni yoki YaIMga nisbatan 4,4 foizni tashkil etdi.
Davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalarning daromadlari va xarajatlari 156 trln.so‘m va 169,1 trln.so‘mni, taqchillik esa 13,1 trln.so‘mni yoki YaIMga nisbatan 2,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining tendensiyalari va 2021 yilga mo‘ljallangan prognozlar sharhida keltirilgan.

Davlat byudjet daromadlarini shakllantirish


2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan tushumlar 43,8 trln.so‘mni tashkil etdi va 1,5 barobardan ziyod o‘sdi, shu jumladan, daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 2019 yilga nisbatan 1,9 martaga oshdi. Davlat byudjetning umumiy daromadlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlarning ulushi 25,4 foizdan 33,0 foizgacha o‘sdi.
Bilvosita soliqlar bo‘yicha to‘lovlar 47,8 trln.so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilga nisbatan 3,7 foizga kamaydi). Shu bilan birga, byudjet daromadlari tarkibidagi egri soliqlarning ulushi 44,3 foizdan
35,9 foizgacha kamaydi. Ushbu tushumlarning kamayishi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlarning 11 foizga, shuningdek aylanmadan soliqning 31,7 foizga kamayishi bilan bog‘liq.
Resurs soliqlaridan byudjet daromadlari 21,3 trln.so‘mni tashkil etib (o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga ko‘p), ularning byudjet daromadlaridagi ulushi 17,5 foizdan 16 foizgacha kamaydi. Bilvosita va resurs soliqlarining kamayishi koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy faoliyatning cheklanishi, tadbirkorlik sub’yektlariga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilishi, shuningdek tashqi talabning pasayishi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Shu bilan birga, jahon bozorlarida qimmatbaho metallar narxlarining ko‘tarilishi ushbu yo‘qotishlarni qoplashga va belgilangan prognoz parametrlariga erishishga hissa qo‘shdi. Jahon bozorlarida oltin narxlarining 2019 yilda o‘rtacha bir troy unsiyasi uchun 1 392,2 dollardan 2020
yilda 1 770,4 dollarga o‘sishi, qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar jami byudjet daromadlaridagi ulushi 8,9 foizgacha ko‘tarildi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling