2022-yilda 80 ming gektar ekin maydonlarini
Download 334.67 Kb.
|
PQ-373 10.09.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-yilda 2023-yilda
(1.10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PQ-431-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 07/22/431/1048-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.11-ILOVA Toshkent viloyati tumanlarida fermer ho‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
(1.11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/435/1063) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.12-ILOVA Farg‘ona viloyati tumanlarida fermer ho‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.13-ILOVA Xorazm viloyati tumanlarida fermer ho‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarorida: a) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda fermer ho‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi aholi punktiga yaqin hamda suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqartirilgan 195 169 gektar ekin maydonlarini zaxiraga qaytarish; b) zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 30 yilga: suv ta’minoti yaxshi hududlarda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda; kam suvli yerlarda viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin”; b) 3, 7-bandlar hamda qarorga 1 — 1.13-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartibning 18-bandi quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan shaxslar yuqoridagi daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab hisoblanadi”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana), xo‘raki, kishmishbop va sanoatbop tok ko‘chatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi nizomda: a) 17 va 26-bandlardagi “maxsus 22626 hisobvaraqlariga” so‘zlari “asosiy hisobvaraqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-maxsus hisobvaraqlariga” so‘zlari “asosiy hisobvaraqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentida: a) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin: “41. Fermer ho‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan aholi punktiga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan ekin maydonlarini aholiga berish uchun 2022-2023-yillarda tashkil etiladigan ochiq elektron tanlovda bir nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi”; b) 27-bandning to‘rtinchi xatboshisi “mazkur lot takroriy tanlovga qo‘yilganda” so‘zlaridan keyin “shuningdek, fermer ho‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan aholi punktiga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan ekin maydonlarini ijaraga olish uchun 2022-2023-yillarda tashkil etiladigan tanlovda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 44-bandi quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar yuqoridagi daftardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab hisoblanadi”. 6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi “Uzumchilik, bog‘dorchilik, issiqxona ho‘jaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 327-son qarorida: a) 1-ilova (Yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda loyiha asosida tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish, burg‘ilangan quduq, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurish va qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi qurilmasini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom)da: 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvarag‘i” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvarag‘iga” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvarag‘iga” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilova (Uzum ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom)da: 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvarag‘i” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvaraqlariga” so‘zlari “asosiy hisobvaraqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvarag‘iga” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 3-ilovaning 2-bandidagi “22626-maxsus hisobvarag‘i” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 3-ilova (Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom)da: 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvarag‘i” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvaraqlariga” so‘zlari “asosiy hisobvaraqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvarag‘iga” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 4-ilova (Vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom)da: 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvarag‘i” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvarag‘iga” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvarag‘iga” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 5-ilovadagi “maxsus hisobvaraq” so‘zlari “asosiy hisobvaraq” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 5-ilova (Mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan hamda tabiiy ravishda achitilgan har bir litr tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) va brendi mahsulotlarini eksport qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom)da: 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvarag‘i” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvaraqlariga” so‘zlari “asosiy hisobvaraqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvarag‘iga” so‘zlari “asosiy hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 5-ilovada “maxsus hisobvaraq” so‘zlari “asosiy hisobvaraq” so‘zlari bilan almashtirilsin. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son; 29.11.2022-y., 07/22/431/1048-son; 03.12.2022-y., 07/22/435/1063) Download 334.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling