2022-yilning oktabr oyida Toshkent shaxar, Uchtepa tumanidan soliq


Download 426.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi426.29 Kb.
#1466138
1   2
Bog'liq
oraliq moliya

3) Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‗tkaziladi:

tahlika-tahlil dasturi ma‘lumotlari asosida soliq qonunchiligi buzilishi sodir 
etilganligi xavfi mavjud bo‗lganda;

soliq to‗lovchi taqdim etgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar 
aniqlanganda; 

soliq qonunchiligi talablarining buzilish holati haqida jismoniy yoki yuridik 
shaxsning murojaati soliq organiga tushganda; 

oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan soliq summasini 
kamaytiradigan yoki ko‗rilgan zarar summasini ko‗paytiradigan 
aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi buyrug„i asosida o‗tkaziladi. 


Yuqoridagi kazusda ―GLP‖ MCHJ soliq qonunchiligi talablarining buzilish 
holati haqida soliq organiga murojaat qilsagina soliq organi tomonidan tegishli 
tartibda kameral soliq tekshiruvi o‘tkaziladi. MCHJ ning qilgan vajlari esa asosli, 
sababini esa keyingi savolga bergan javobimda keltirib o‘taman. 
4) 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 267-moddasi ikkinchi 
qismiga asosan soliq to‗lovchi amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‗liq 
bo‗lmagan yengil avtomobillar va ular uchun yoqilg‗ini sotib olishda to‗langan
QQS summasi hisobga olinmaydi. 
Shuningdek, mazkur moddaning birinchi qismida vakillik xarajatlari, 
soliq to‗lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga mo‗ljallangan hamda 
foyda solig‗ini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar 
(xizmatlar) sotib olinganda soliq summasi hisobga olinmasligi belgilangan. 
E‘tibor berish lozimki, sotib olingan yengil avtomobil tadbirkorlik subyekti 
amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‗liq deganda – ushbu asosiy vosita 
obyektidan bevosita foydalanish orqali daromad olishga qaratilgan faoliyat 
tushuniladi. Masalan, yengil avtomobillarda yo‗lovchi tashish (taksi), tovarlar yoki 
taomlar yetkazib berish va shunga o‗xshash xizmatlar. Aksincha, yengil 
avtomobildan xizmat avtomashinasi sifatida, shuningdek rahbar yoki ta‘sischining 
shaxsiy ehtiyojlari maqsadida foydalanish soliq to‗lovchining daromad olishga 
qaratilgan faoliyat turiga bog‗liq bo‗lmaydi va bunday hollarda QQS summasi 
hisobga olinmasligi kerak. 
Yuqoridagi vaziyatda esa GLP MCHJ tomonidan sotib olingan ―KIA‖ 
rusumli avtomashinasi jamiyat faoliyati uchun ekanligi sababli asosli ravishda 
soliq organidan QQS solig‘ini qaytarib olishni so‘ragan.
5) Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan: 
a) bepul olingan tovarlar, agar ularga soliq to‘langan bo‘lmasa; 
b) vakillik xarajatlari
c) soliq to‗lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga mo‗ljallangan 
tovarlar; 
d) tovarlar (xizmatlar) soliq to‗lovchi bo‗lmagan yuridik shaxslar yoki yakka 
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda; 
e) realizatsiya qilish bo‗yicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar 
(xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar 
ko‗rsatish) uchun sotib olinganda
f) realizatsiya qilish bo‗yicha aylanmalari ushbu bo‗limga muvofiq soliq 
solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish 
(xizmatlar ko‗rsatish) uchun mo‗ljallangan asosiy vositalar, ko‗chmas mulk 
obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda); 


Soliq to‗lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog‗ida to‗lagan soliq 
summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chog‗ida 
ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat 
turiga bog‗liq bo‗lmasa, hisobga olinmaydi: 
1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, 
samolyotlarni, shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun 
yoqilg‗ini; 
2) alkogol va tamaki mahsulotlarini sotib olganda soliq summasi hisobga 
olinmaydi va quyidagi holatlarda QQS daromad solig‘I soliq to‘lovchi tomonidan 
qaytarib olinmaydi. 

Download 426.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling