2023 Mavzu: Sotsialistik iqtisodiyot to’g’risidagi fikrlar, Markaziy yevropa

Download 28.57 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi28.57 Kb.
#1447443
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Urozmamatov Zufar

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
OBR-61- guruh talabasi Urozmamtov Zufarning
Iqtisodiy ta`limotlar tarixi fanidan tayyorlagan referati.

2023
Mavzu: Sotsialistik iqtisodiyot to’g’risidagi fikrlar, Markaziy yevropa.
Reja.
Kirish.

  1. Oʻzbekistonning sovet davri tarixi.

  2. Sovetlar davrida O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy qaramligi hamda uning oqibatlari.

  3. Markaziy Yevropa.

Kirish.
Oʻzbekistonning sovet davri tarixi muayyan yoʻqotishlar va fojialar bilan birgalikda katta qurilishlar va sanoat korxonalari bunyod etilgan davr hamdir. Aynan shu davrda Oʻzbekiston SSR zamonaviy qishloq xoʻjaligi respublikasiga aylantirildi. Bu yillarda iqtisodiyot, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi.
Oʻzbekiston SSRda 1925–26-yillarda ishchilar soni 11 900 kishiga yetdi. Ularning 29,3 foizini mahalliy millat vakillari tashkil etardi. Oʻzbekiston uchun sanoat qurilishini keng surʼatda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki respublika iqtisodiyoti XX asrning 30-yillari boʻsagʻasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927-yilda Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligining salmogʻi 62,6 foiz, sanoatning salmogʻi 37,4 foizni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning 90 foizi qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. Iqtisodiyot xom ashyo yoʻnalishida boʻlganligi sababli Oʻzbekiston SSR sanoati faqat bir tomonlama ixtisoslashtirilayotgan edi: uning 2/3 qismiga yaqini paxta tozalash sanoati hissasiga toʻgʻri kelardi, u butunlay metropoliya ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilardi, uning boshqa tarmoqlari oʻz holicha rivojlanib, umuman, SSRI iqtisodiyoti bilan zaif bogʻlangan edi.
Oʻzbekistonning sovet davri tarixi.
Sovetlar davrida O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy qaramligi hamda uning oqibatlari 20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat O`zbekistonning ham iqtisodiyotida jonlanishga olib keldi. Lekin 20-yillarning oxirida bu siyosat o`zining mohiyatini yo`qota boshladi va 1929-yilda batamom bekor qilindi. Yerkin savdo, xususiy tadbirkorlikka chek qo`yildi. O`zbekistonda sovet hokimniyatini mustahkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashtirish siyosatini amalga oshirish boshlandi. San’ati koloq, malakali ishchi kadrlar mutaxassislari deyarli yo`q, og`ir sanoati rivojlantirish tajribasi yo`q o`lkada industriyalashtirish og`ir kechdi.
Industriyalashtirishning dastlabki paytida kichik suv elektrostantsiyasi hamda qishloq xo`jaligiga, paxtachilikka qaratilgan xom-ashyoni qayta ishlash korxonalari qurilib ishga tushirildi. Chirchiqdagi GESlar Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki. Farg’ona to`qimachilik, Samarqand va Marg`ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir. 30-yillarda Toshkent to`qimachilik kombinati, qishloq xo`jalik mashinasozlik zavodi, Chirchiq kimyo kambinati va boshqa ko`plab yirik korxonalar ishga tushirildi. 30-yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil sanoat korxonalari mavjud bo`lib, bularda 142 ming ishchi mehnat qilar edi.

Sovetlarning o`z kuchimiz bilan qisqa muddatda deb olib borgan industriyalashtirish siyosati O`zbekiston uchun g`oyat og`ir kechdi. Markaz respublikamizning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo manbalarini talon-taroj qilib, arzon ishchi kuchidan foydalanib, o`lkadan mumkin qadar ko`proq foyda olish harakatida bo`ldi. Bu siyosat ayniqsa millionlab dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. Chunki qishloqda zo`rlik bilan olib borilgan jamoalashtirish siyosati g`arazli maqsad uchun juda ham qo’l keldi. 1930-yilning boshlaridan yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o`rta hol dehqonlar va kambag`allarning yerlari jamoa xo’jaliklariga birlashtirildi, ularning qo`llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham
Sovetlarning o`z kuchimiz bilan qisqa muddatda deb olib borgan industriyalashtirish siyosati O`zbekiston uchun g`oyat og`ir kechdi. Markaz respublikamizning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo manbalarini talon-taroj qilib, arzon ishchi kuchidan foydalanib, o`lkadan mumkin qadar ko`proq foyda olish harakatida bo`ldi. Bu siyosat ayniqsa millionlab dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. Chunki qishloqda zo`rlik bilan olib borilgan jamoalashtirish siyosati g`arazli maqsad uchun juda ham qo’l keldi. 1930-yilning boshlaridan yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o`rta hol dehqonlar va kambag`allarning yerlari jamoa xo’jaliklariga birlashtirildi, ularning qo`llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi.
Davlat, jamoa xo`jaliklari orqali rejalashtirilgan yo`l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig`ib oladigan bo`ldi, Buning natijasida dehqonlar xo`jaligi xonavayron bo`ldi. Ommaviy jamoalashtirishga suyanib, badavlat xo`jaliklar ayrim o`rtahol dehqonlardan 5,5 mingdan ortig’i o`z oilasi bilan uzoq o`lkalarga surgin qilindi. O`z-o`zidan ravshanki jamolashtirish siyosati natijasida qishloq xo`jaligida mehnat unumdorligi pasayib, moddiy manfaatdorlik yo`qoldi, qishloq aholisi qoshshoqlashdi, dehqonni espluatatsiya qilishning birdan-bir takomillashgan usuli kashf etildi. O`zbekistonda paxta yakka hokimligini kuchaytirish yo`li bilan SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling