2023 yil “ ” “ ” son
Download 45 Kb.
|
347 ot 23.02.23 - Sunnat Spets Stroy litsenziya bekor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshliq o`rinbosari U.M.Djabbarov
- Markaziy mintaqaviy inspeksiya boshlig`i X.L. Abdullayev 2023 yil “_____” “_________” ____________________ -son “ SUNNAT STEPS STROY” MChJ
- Aks holda, Qonunga xilof ravishda yer qa’ri uchastkalaridan o`zboshimchalik bilan ruxsatsiz foydalanuvchilarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi
2023 yil “_____” “_________” ____________________ -son
O`zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023-yil 21-fevraldagi 21-0266-sonli topshirig`i ijrosini ta’minlash maqsadida, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Markaziy mintaqaviy inspeksiya mutaxassislari tomonidan “SUNNAT STEPS STROY” MChJ ga tegishli bo`lgan Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani hududida joylashgan “Sunnat steps stroy” lyossimon jinslar uchastkasida kuzatuv ishlari olib borildi. O`rganish ishlari yuzasidan tegishli tartibda ma’lumotnoma tuzilib ko`rib chiqish va umumiylashtirish uchun yuborilmoqda. Ilova: jami 3 (uch) varoqda. Boshliq o`rinbosari U.M.Djabbarov Ijrochi: X.L. Abdullayev Tel:(71) 281-45-56 E-mail: geoinspeksiya@exat.uz O`zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023-yil 21-fevraldagi 21-0266-sonli topshirig`i ijrosi yuzasidan MA’LUMOTNOMA 2023-yil 02-mart Toshkent shahri O`zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023-yil 21-fevraldagi 21-0266-sonli topshiriq xatiga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani hududida joylashgan “Sunnat steps stroy” lyossimon jinslar uchastkasini geologik jihatdan o`rganish huquqini beruvchi TV 0525 G5 shakldagi litsenziya 2021-yilning 17-iyun sanasida “SUNNAT STEPS STROY” MChJ ga berilgan. Ushbu uchastka Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani “Istiqbol” MFY Jangaboy mahallasida joylashgan. Kuzatuv jarayonida geologik jihatdan o`rganish uchun litsenziyalangan hududda qazish ishlari olib borilganligi ma’lum bo`ldi. Biroq hozirgi davrda ushbu hududda faoliyat olib borilmayotganligi sababli jamiyat vakillari bilan suhbatlashishning imkoni bo`lmadi. Shu bilan birga Stat.uz sayti orqali olingan ma’lumotlar bazasida korsatilgan jamiyat rahbarining telefon raqami (+99897-753-72-72) vaqtinchalik ish faoliyatida emasligi ma’lum bo`ldi. Geologik jihatdan ajratilgan maydonda litsenziya olingan davrdan shu kunga qadar qanday ishlar bajarilganligiga hamda maydondan qancha miqdorda lyosimon jinslar qazib olinganligiga oydinlik kiritish maqsadida ushbu jamiyatning faoliyatini o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi. Inspeksiya tomonidan yuqoridagi holatlarga oydinlik kiritish maqsadida “Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog`-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etish to`g`risida” Nizom tasdiqlangandan so`ng “SUNNAT STEPS STROY” MChJ da tekshiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kelgusida jamiyat tomonidan “Sunnat steps stroy” lyossimon jinslar uchastkasidan foydalanmasligi yuzasidan ogohlantirish xati berildi. Markaziy mintaqaviy inspeksiya boshlig`i X.L. Abdullayev 2023 yil “_____” “_________” ____________________ -son “SUNNAT STEPS STROY” MChJ ga Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumani, Istiqbol QFY Jangaboy mahallasi OGOHLANTIRISH XATI “SUNNAT STEPS STROY” MChJ ning 2023-yil 8-fevraldagi 3/02-sonli murojaat xatiga asosan jamiyatga 2021-yilning 17-iyun sanasida rasmiylashtirilgan TV 0525 G5 shakldagi litsenziya O`zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi (Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi) tomonidan muddatidan oldin bekor qilindi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Markaziy mintaqaviy inspeksiyasi Sizdan O`zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to`g`risida” gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Noruda foydali qazilmalarni o`z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” gi PQ-4078-sonli Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi 133-sonli Qarorlari talablari asosida noruda foydali qazilmalar joylashgan yer qa’ri uchastkalarida, shuningdek korxonangizga geologik jihatdan o`rganish uchun ajratilgan yer maydonlarida geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirmaslik hamda ushbu hududda qazish ishlarini olib bormasligingiz to`g`risida ogohlantiramiz. Aks holda, Qonunga xilof ravishda yer qa’ri uchastkalaridan o`zboshimchalik bilan ruxsatsiz foydalanuvchilarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Qonunlari asosida belgilangan tartibda chora ko`rilishi haqida Sizni ogohlantiramiz. Markaziy mintaqaviy inspeksiya boshlig`i X.L. Abdullayev Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling