2023 yil 12 yanvar Jalaquduq tumani Yig’ilish raisi: F. Sh. Rustamova Kotiba: G. Karimova Qatnashdilar: 36 nafar pedagog xodimlar Kun tartibi
Download 19.62 Kb.
|
Оммалаштириш. jalaquduqdocx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi I. Maktabda ilg’or ish tajribali Texnologiya fani o’qituvchisi O. Qo’shaqovani ommalashtirish haqida. Eshitildi
- So’zga chiqdi
- Yuqoridagilardan kelib chiqib kengash qaror qiladi
- Kengash raisi: F. Sh.Rustamova
Andijon viloyati Jalaquduq tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 17- DIUMning ____ -sonli navbatdan tashqari pedagogik kengash yig’ilishi bayonnomasidan KO’CHIRMA 2023 yil 12 yanvar Jalaquduq tumani Yig’ilish raisi: F. Sh.Rustamova Kotiba: G.Karimova Qatnashdilar: 36 nafar pedagog xodimlar Kun tartibi I. Maktabda ilg’or ish tajribali Texnologiya fani o’qituvchisi O. Qo’shaqovani ommalashtirish haqida. Eshitildi: Yig’ilishni maktab direktori, kengash raisi F. Sh.Rustamova ochib, kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi va so’zini o’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari G.Karimovaga berdi. U o’z so’zida Texnologiya fani o’qituvchisi O. Qo’shaqovani ( pedagogik staji 12 yil, birinchi toifali, 2022 yil malaka oshirish kursidan o’tgan) ning ish salohiyati bilan tanishtirdi. Texnologiya fani o’qituvchisi O. Qo’shaqova o’zining “Izonit texnikasi asosida tasvirlar yaratish” 4-8-sinflarda ochiq dars o’tkazdi. Darsdan maqsad o’quvchilarga olgan bilim va ko’nikmalarini hayotga tadbiq qilishni , o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash va bu borada yoshlar bilimini nazorat qilishga qaratilganligini aytib o’tdi. Tabiiy fanlar metodbirlashma rahbari F. Nizomiddinova O. Qo’shaqovaning “Izonit texnikasi asosida tasvirlar yaratish” nomli mavzusida 4-8-sinflarda o’tkazilgan ochiq darsidagi yangi innavatsion texnologiyalarni barcha texnologiya fani o’qituvchilari uchun muhim ekanligini aytib maktabda ommalashtirishga tavsiya etdi. So’zga chiqdi: Kun tartibidagi masala yuzasidan o’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari G.Karimova so’zga chiqdi. U o’z so’zida yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’qituvchilar dars ishlanmalarini yaratganligini aytib, bu dars ishlanmalar ko’rgazmali, o’quvchilarning yaxshi o’zlashtirishlari uchun metod va texnologiyalar to’g’ri tanlanganligini, multimediya orqali ko’rsatiladigan rasmlar yordamida qo’yilgan savollar o’rinli tuzilganligini ta’kidladi. Bundan tashqari darsda o’quvchilar bilan ham individual, ham guruhlarda ish olib borilish orqali samarali natijalarga erishish mumkinligi haqida gapirdi. Bu dars ishlanmalar maktabda ommalashtirilsa maqsadga muvofiq bo’lishini aytib o’tdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib kengash qaror qiladi: 1. Maktab o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari G.Karimovaning maktabda Texnologiya fani o’qituvchisi O. Qo’shaqova o’zining “Izonit texnikasi asosida tasvirlar yaratish” 4-8-sinflarda ochiq dars ishlanmasi ommalashtirish to’g’risidagi ma’lumotlari asos uchun qabul qilinsin. 2. Maktab o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari G.Karimova maktabda Texnologiya fani o’qituvchisi O. Qo’shaqova o’zining “Izonit texnikasi asosida tasvirlar yaratish” 4-8-sinflarda ochiq dars ishlanmasi maktab miqyosida ommalashtirilsin va shahar miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilsin. 3. Maktab o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari G.Karimovaga ommalashtirish uchun tavsiya etilgan texnologiya fani o’qituvchisinining ish tajribalarini shahar miqyosida ommalashtirish uchun taalluqli hujjatlarni tayyorlash va tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi kichik guruh rahbariga ko’ndirish vazifalari yuklatilsin. 4. Ushbu qaror ijrosi nazoratini o’z zimmamda qoldiraman. Kengash raisi: F. Sh.Rustamova ` Download 19.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling