2
Shuningdek, 2023-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston
Respublikasi Milliy
gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari xizmatlari boʻyicha taqdim etilgan
imtiyozlar bekor qilindi.
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini
toʻlovchilar deb eʼtirof etilishi belgilandi.
(237-modda uchinchi qismining 1-bandi)
6.
2023-yil 1-yanvardan boshlab QQS guvohnomasining amal qilish muddati
toʻxtatilganligi munosabati bilan
hisobga qabul qilinmagan, haqiqatda olingan
tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasiga,
guvohnomaning amal qilish muddati tiklangan taqdirda, soliq toʻlovchida va
uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davr uchun
tuzatishlar kiritilishi (hisobga qabul qilinishi) huquqi berildi.
(266
1
-modda)
7.
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida
hisobda turadigan soliq toʻlovchilarga tovarlarni import qilish chogʻida qoʻshilgan
qiymat soligʻi toʻlovi hisobiga budjetdan qoplanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat
soligʻi summalarini
oʻzaro hisobga olish huquqi berildi.
Bunda hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan
avtomatik rejimda
amalga oshiriladi. Buning uchun soliq toʻlovchi BYUDni rasmiylashtirayotganda
Do'stlaringiz bilan baham: