Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yilgi soliq konsepsiyasi doirasida soliq
qonunchilik hujjatlariga kiritilgan asosiy oʻzgarish va qoʻshimchalar
toʻgʻrisida
2023-yil soliq qonunchiligiga quyidagi qonunchilik hujjatlari bilan oʻzgartish
va qoʻshimchalar kiritildi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining
“Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga
moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni
(30.12.2022-y, OʻRQ-812-son).
2. Oʻzbekiston
Respublikasining
“2023-yil uchun Davlat budjeti
toʻgʻrisida”gi qonuni
(30.12.2022-y, OʻRQ-813-son).
3. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining
“2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi
qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori
(30.12.2022-y,
PQ-471-son qaror).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Respublika hududlarini
toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan
tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni
(30.12.2022-y, PF-
287-son qaror).
Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar:
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha:
1. Soliq toʻlovchilarning toifasi, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi,
shuningdek, soliq hisobotini taqdim
etish muddatlari saqlab qolindi.
2.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi
15 foizdan 12 foizga pasaytirildi.
(258-
modda birinchi qismi)
3. Qoplanadigan (qaytariladigan) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining
asosliligi
yuzasidan kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish
muddatlari 60 kundan