2023-yil soliq qonunchiligiga quyidagi qonunchilik hujjatlari bilan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi: 1


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana08.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1253001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
soliq o\'zgarishlar

koʻrinishida chegirilishi nazarda tutilgan. (311-modda) 
Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha: 
1. Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq toʻlovchilarning barcha 
toifalari uchun 4 foiz miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda 
birxillashtirildi.
Bunda soliq toʻlovchining joylashgan joyi, aholi soni va faoliyat turiga 
bogʻliq holda pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolindi(467-modda) 
2. 2023-yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar ixtiyoriy 
asosda qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni tanlashga haqli. Bunda jami 
daromad summasi 500 million soʻmdan oshmaganda yiliga 20 million soʻm qatʼiy 
belgilangan miqdordagi soliqni, jami daromad summasi 500 million soʻmdan 
oshganda esa yiliga 30 million soʻm toʻlashni tanlash huquqi berildi. 
Qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan 
keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi. 
Mazkur soliqni toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchi soliq hisobiga qoʻyilgan 
joydagi soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma 
yuborishi zarur. Mazkur norma 2023-yil 1-yanvardan kuchga kirishini eʼtiborga 
olgan holda, birinchi marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtayotgan 
soliq toʻlovchilar soliq organlariga xabarnomani 2023-yil 25-yanvardan 
kechiktirmay taqdim etishga haqli. 
Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyxatidan oʻtish chogʻida 
qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli



Qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etish navbatdagi soliq davri 
boshidan amalga oshiriladi. 
Soliq davri mobaynida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtishda 
soliq miqdori qatʼiy belgilangan summani 12 ga boʻlish va olingan natijani joriy 
soliq davri oxirigacha qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling