Soliq davri mobaynida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlovchining jami
daromadi 500 million soʻmdan oshgan taqdirda, qatʼiy belgilangan summadagi
soliq summasi u oshgan oydan boshlab joriy soliq davri oxirigacha, 500 million
soʻmdan ortiq jami daromadga ega soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq
stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.
Soliq davri mobaynida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashdan
qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan
summadagi soliq ushbu soliqlarga oʻtilgan oxirgi kalendar oyni hisobga olgan holda
toʻlanishi lozim.
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlovchilar dividendlarga foyda soligʻi
va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi hamda ushbu
soliqlar boʻyicha soliq hisobotini taqdim etmaydi.
Bunda ixtiyoriy yoki majburiy tartibda QQS toʻlashga oʻtishda bunday soliq
toʻlovchilarga QQS bilan xarid qilingan tovarlar qoldiqlari boʻyicha QQSni
hisobga olish huquqi berilmaydi.
3. Soliq davri mobaynida jami daromadi 1 milliard soʻmdan oshgan soliq
toʻlovchilar, shu jumladan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi
roʻyxatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadning
koʻrsatilgan miqdoriga yetgan kundan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi va
foyda soligʻini toʻlashga oʻtadilar. (470
1
-modda)
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq
boʻyicha:
1. Jismoniy shaxslar oʻz daromadlarini ipoteka kreditlarini soʻndirishga
yoʻnaltirganda, bir vaqtning oʻzida turar joy qiymati (bugungi kunga kelib 300 mln
soʻm) boʻyicha talabni bekor qilgan holda, jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad soligʻi boʻyicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln soʻmdan
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha (yoki 73,6 mln
soʻm) oshirildi. (378-modda 16-bandining beshinchi xatboshi)
2. 2023-yil 1-apreldan boshlab jismoniy shaxslarning hayotini uzoq
Do'stlaringiz bilan baham: |