2023-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


-bob. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti parametrlari


Download 292.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/43
Sana13.04.2023
Hajmi292.38 Kb.
#1354371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-813-сон 30.12.2022. 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida

2-bob. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti parametrlari
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va
xarajatlari
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma
parametrlari hamda 2024-2025-yillar uchun budjet mo‘ljallari 
1-ilovaga 
muvofiq, ularni tayyorlashda
asos bo‘lib xizmat qilgan 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2024-2025-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 
2-ilovaga
muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi va xarajatlari
2023-yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda
ularning xarajatlari 
3-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
5-modda. Respublika budjetining daromadlari prognozi va xarajatlari
2023-yil uchun respublika budjetining daromadlari prognozi 
4-ilovaga 
muvofiq ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
2023-yil uchun birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan
ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 
5-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud va prokuratura organlarining budjetdan
tashqari jamg‘armalariga soliqlar, davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy
jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning bir qismi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika
budjetiga o‘tkazilishi mumkin.

Download 292.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling