2023-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


-modda. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga


Download 292.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana13.04.2023
Hajmi292.38 Kb.
#1354371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-813-сон 30.12.2022. 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida

13-modda. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga
oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha
tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan
to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar uchun xarajatlar rejalashtirilishini nazarda
tutgan holda shakllantiradi.
Choraklar yakunlari bo‘yicha ushbu Qonunga 
6-ilovada
keltirilgan daromadlarning prognoz
ko‘rsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra
5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmagan va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish
ehtimoli bo‘lmagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha choralar
ko‘rish bilan birga tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan so‘rov
bilan murojaat qiladi hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda
belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tegishli chorakdagi mahalliy ijro hokimiyati organlarining
faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bajarilmagan va moliya yili oxirigacha ushbu
mablag‘larning tushish ehtimoli mavjud bo‘lmagan budjet daromadlari turlarining prognoz
ko‘rsatkichlari aniqlashtiriladi hamda ushbu summa boshqa daromad manbalari yoki respublika


budjeti hisobidan qoplanadi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari ham Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xuddi shunday
tartibda murojaat qiladi.
2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining umumiy o‘rta
ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari obyektlarini
loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlashga, shuningdek
sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni
loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklash
ishlariga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi.
Hududlardagi barcha issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik
ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) O‘zbekiston Respublikasi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy organlarining xulosalariga ko‘ra, tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida qayta
ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar aholiga pasaytirilgan tariflar
qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan
talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va
Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.

Download 292.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling