203-guruh Salimov Behruz


Registon maydonidagi meʼmoriy majmuani tarkib topishi, 1417 yilda yosh olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlandi. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan bo‘lib, u


Download 333.34 Kb.
bet3/4
Sana16.11.2023
Hajmi333.34 Kb.
#1781897
1   2   3   4
Bog'liq
G’aybiyev Ro’ziboy.

Registon maydonidagi meʼmoriy majmuani tarkib topishi, 1417 yilda yosh olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlandi. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan bo‘lib, uning sathi 81x56 m.

  • Registon maydonidagi meʼmoriy majmuani tarkib topishi, 1417 yilda yosh olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlandi. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan bo‘lib, uning sathi 81x56 m.
  • Bino loyihasining muallifi o‘z zamonasining mashhur olimi Qavmiddin Sheroziydir. Hirotdagi hukumdorlar uchun qurilgan aksar meʼmorchilik majmualari ham, uning ijodiga mansub bo‘lgan. Ulug‘bek madrasasi binosi meʼmorchilik asari sifatida Sharq binolarning mumtoz namunasidir. Avval taʼkidlaganimizdek, XV asrda Registonda qurilgan barcha inshootlaridan birgina shu Mirzo Ulug‘bek madrasasi bir muncha xaroba holida bo‘lsa ham, bizgacha yetib kelgan. Madrasa ikki qavatli bo‘lib, 55 ta hujra va to‘rt burchagida katta darsxonalar va ayvonlardan iborat bo‘lgan. Maxsus o‘qish uchun belgilangan hujralarda 2-3 tolibi ilmlar o‘qigan va yashagan. Har bir xona uch vazifani ijro etgan (o‘qish, yashash va alohida qismida kerakli narsalarni saqlash). Darsxonalarda alohida guruhlar uchun fan mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Ayvonlar yozgi darsxona vazifasini bajargan. G‘arbdagi ikki darsxona o‘rtasida, masjid xonaqosi joylashgan. Uning ikkita darsxona, hamda hovli bilan bog‘lovchi eshiklari bo‘lgan.
  • Madrasa baland peshtoqlidir. Uning yon tomon devorlari ko‘rinishlari, yirik xandasaviy naqshlar bilan qoplangan. Umuman olganda madrasa naqshlarga boy, chiroyli, ajoyib, o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Oddiy g‘isht bilan rangli bezaklangan, g‘ishtlarni birga qo‘shib ishlatish, hamda koshinburish va marmar o‘ymakorligi namunalari yaxlit, badiiylikni tashkil qiladi. Naqshlardagi rang-barang, yulduzsimon tasvirlar va suls xatida bitilgan muqaddas Qur’ondan keltirilgan oyatlarni o‘zi ham, Mirzo Ulug‘bekni buyuk donishmand olimi ekanligiga ishoradir. Madrasaning to‘rt burchagidagi baland minoralar, binoni yana ham ko‘rkam va salobatli qilib ko‘rsatib turibdi.

Download 333.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling