Ulug‘bek qurdirgan ushbu madrasa, o‘z davrining ilg‘or, barcha sharoitlarga ega mukammal oliy o‘quv yurtidir. Sharqdagi birinchi dorilfunun va keng imkoniyatlarga ega ilmiy muassasa sifatida ham katta shuhrat qozondi. Butun dunyoda Ulug‘bek akademiyasi sifatida mashhur bo‘ldi. Bu fikrimizni isboti sifatida yevropalik mashhur yozuvchi, faylasuf va tarixchi olim Volterning (1694-1778 yy.) quyidagi fikrini keltirishni o‘zi kifoya „Transak-siyanada uning (Amir Temur) o‘rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi. Astronomik jadvallarni tuzishda ishtirok etdi“. - Ulug‘bek qurdirgan ushbu madrasa, o‘z davrining ilg‘or, barcha sharoitlarga ega mukammal oliy o‘quv yurtidir. Sharqdagi birinchi dorilfunun va keng imkoniyatlarga ega ilmiy muassasa sifatida ham katta shuhrat qozondi. Butun dunyoda Ulug‘bek akademiyasi sifatida mashhur bo‘ldi. Bu fikrimizni isboti sifatida yevropalik mashhur yozuvchi, faylasuf va tarixchi olim Volterning (1694-1778 yy.) quyidagi fikrini keltirishni o‘zi kifoya „Transak-siyanada uning (Amir Temur) o‘rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi. Astronomik jadvallarni tuzishda ishtirok etdi“.
- Ushbu akademiyada Mirzo Ulug‘bek bir necha yuzdan ziyod olimlarni tarbiyalagan. Nomi jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi esa ustoz va shogirdlarning koinot sirlarini o‘rganish markaziga aylangan. Bundan tashqari Ulug‘bekning Buxoro va G‘ijduvondagi madrasalari ham, poytaxtdagi akademiyaga qarashli zamona dorilfununlari edi.
- Ulug‘bek madrasasining kirish peshtoqi ikkinchi qavatidagi xonalarida diniy va dunyoviy fanlarga oid katta kutubxonasi mavjud bo‘lgan. Buyuk Amir Temur va farzandlari tomonidan jamlangan kitoblarning ko‘pi ana shu yerda saqlangan. Ulug‘bek madrasasida barcha diniy va dunyoviy fanlardan chuqur bilim, hamda taʼlim berish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Madrasada taʼlim beradigan yuzdan ziyod zamonasining mashhur olimlarning ishlashlari uchun kerakli barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lgan. Barcha olimlar bilan Ulug‘bekning o‘zi bevosita suhbat o‘tkazgan va ilmi mukammalligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, mudarrislikga ruxsat bergan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! - E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |