Bular orasida Mug` qal`a xarobalaridan 1932 yilda topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega. Hujjatlar jami 80 nafar bilib bulardan 74 tasi qadimgi so’g`d, 1 donasi arab, 3 nafari xitoy va 1 tasi turk tilidadir. Ular har xil materialga: charmga, taxtaga va qog`ozga yozilgan. Hujjatlar so’g`d dehqoni va podshosi divashtich (708-722 y.y.) va yirik mansabdorning (framandar), shuningdek, Xoxsar hamda Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bilib, So’g`dning VIII asrning birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o’rganishda muhim manba ro’lini o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |