Mug` hujjatlarining va ular topilish tarixi va ular haqidagi dastlabki ma`lumotlar 1934 yili maxsus to’plam shaklida («Sogdiyskiy sbornik», Leningrad, 1934) e`lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I.YU.Krachnovskiy va A.A.Freyman tomonidan 30 yillari e`lon qilindi. YUridik hujjatlar hamda maktublar tarjimasi, zarur izoh va tadqiqotlar bilan (sogdiyskie dokumenti s gori Mug, CHtenie, perevod, kommentariy. II chiqishi, M., 1962) 1962 yili V.A.Pivitsu tomonidan chop qilindi. 1961 va 1965 yillari O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya instituti ekspeditsiyasi afrosiyopda V -VII asrga oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy mexmonxonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bo’lib ular orasida oq kiyim kiygan CHag`oniyon elchisining surati ham bor. Uning otasiga sug`d tilida 16 satrdan iborat ishonch yorlig`i ham yozib qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |