O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Qo’qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi, Turkiston general gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, shuningdek, O’zbekistonning oktyabr to’ntarishidan keyingi davr, sovet davri tashkilotlarining arxiv materiallari saklanadi. Bu arxivda bir milliondan ortik yigma jildlar bor. Bu Markaziy Osiyodagi eng katga va boy arxivdir. Insoniyat tarixida yozuv eng qadimgi jamiyatda bundan 3,5-4 ming yil oldin janubiy Mesopotamiyada vujudga keldi. Yzuvning vujudga kelishi o’sha davr uchun, davlatlar, xalqlar taraqqiyoti uchun muhim omil bo’lib xizmat qilgan, bugungi tariximizni o’rganishimizda qadimgi yozma manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon tarixidagi dastlabki o’ziga xos arxivlar albatta yozuv rivojlangandan keyin, asosan xukumdorlarning saroylarida to’plangan va asosan davlat boshqaruviga oid hujjatlar bilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |