Insoniyat tarixidagi qadimgi yozuvlar


Download 41.49 Kb.
bet1/8
Sana09.05.2023
Hajmi41.49 Kb.
#1448746
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ochilova Dilshoda


INSONIYAT TARIXIDAGI QADIMGI YOZUVLAR
Reja.

  1. O‘rta Osiyodagi qadimgi yozuvlar

2.Arab paleografiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi.
3.O‘rta Osiyoga arab paleografiyasining kirib kelishi.
4.O‘ra Osiyoda arab paleografiyasining takomillashuvi bosqichlari.

Insoniyat tarixidagi yozuv turlari. Insoniyat tarixida yozuv juda qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ibtidoiy jamoa davrida odamlar o‘z fikrlari, xohish-istaklarini, biror voqyea-hodisa haqidagi xabarni turli xil narsa-predmetlar yordamida ifodalaganlar (yetkazganlar). Lekin bu hali yozuv hisoblanmas edi. Ma'lum muddat vaqt o‘tganidan keyin u yoki bu fikrni bildira oladigan shartli belgilar paydo bo‘lgan. Bu shartli belgilardan keyin biz yozuv deb ataydigan va ma'lum tizimga ega bo‘lgan belgilar vujudga kelgan.
Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikda Arabiston yarim orolidagi qadimgi davlatlar hududlarida misr va shumer yozuvlari paydo bo‘lgan. Ikkinchi ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida ossuriylar va bobiliylar yozuvi shakllangan. Hozirgi Hindistonning shimoliy qismi va Old Osiyo hududlarida esa hind yozuviga asos solingan. Undan ham keyinroq, yozuvning g‘arbiy-somiy tizimi vujudga kelgan.
Umuman, insoniyat tarixi yozuvning to‘rt qadimiy turini biladi:
1. Piktografik yozuv. Piktografiya (lot. pituschizilgan, tasvirlangan va ...grafiya) – yozuvning rivojlanish bosqichlaridan, fonetik yozuvdan oldingi yozuv turi: muayyan axborot mazmunini biron-bir rasm yoki qat'iy ketma-ket kelgan rasmlarda aks ettirish usuli. Amerika indeyslari, Tropik Afrika xalklari, Avstraliya va Okeaniya tub aholisi, Sibirdagi ayrim elatlar (yukagir, nanay va b.) orasida tarqalgan va hatto 20 asr gacha amal qilib kelgan. Piktografiyaning kad. namunalari paleolitga (ayrim olimlarning fikricha – neolitga) mansubdir. Garchi, shuni aytish kerakki, paleolit davridagi suratlar bilan piktografiya orasiga chega-ra qo‘yish mumkin emas.
Yozuvning bu turi juda katta hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning bu turida konkret narsa-hodisa to‘g‘risidagi xabar oson yetkazilgan bo‘lsa-da, abstrakt (mavhum) tushunchalarni yetkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bo‘lgan. Shu sababli yozuvning bu turi insonning talabiga to‘la javob bera olmagan.

Download 41.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling