Insoniyat tarixidagi qadimgi yozuvlar


Arab paleografiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi


Download 41.49 Kb.
bet5/8
Sana09.05.2023
Hajmi41.49 Kb.
#1448746
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ochilova Dilshoda

1. Arab paleografiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi. Eramizning dastlabki yillarida Arabiston yarim orolining shimoliy-g‘arbiy qismida Nabatiylar davlati mavjud edi va bu davlatning yozuvi oromiy yozuvi edi. Bu yozuv nabatiylar davlatida ishlatilganligi sababli nabatiylar yozuvi deb ham atalgan. Bu alifbo 22 belgidan iborat bo‘lgan. Keyinchalik bu alifbodan hozirgi kunda Afrikaning shimoliy-g‘arbiy qismidan Hindistongacha bo‘lgan ulkan hududda amalda qo‘llanib kelinayotgan va arab yozuvi deb ataladigan yozuv shakllangan.
Ilk arab yozuvining eng qadimgi yodgorliklari Janubiy Suriyadan topilgan bitiklar bo‘lib, ular eramizning IV-VI asriga mansubdir.
Eramizning V-VI asriga kelib, arab yozuvi Shimoliy Afrikaga ham tarqalgan edi.
Arablar hayotidagi eng ulkan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma'naviy burilish VII asrning boshlarida vujudga kelgan islom ta'limotidir. Bu ta'limotning beshigi o‘sha davrdayoq umumarab ahamiyatiga ega bo‘lgan savdo markazi Makka shahridir. Islom ta'limotining va uning birinchi kitobi bo‘lgan Qur'oni Karimning sharofati bilan deyarli savodsiz hisoblangan ko‘chmanchi arablar juda boy va rang-barang yozuvga ega bo‘lgan, sivilizatsiyalashgan va madaniy xalqqa aylangan. Shuning uchun ham Qur'on ya'ni kitoblarning onasi deb ataladi.
Islom dini ildiz otib, aholi bu dinga e'tiqod qilishga boshlaganidan keyin, Qur'on va arablarning o‘sha davrdagi og‘zaki she'riyati asosida arab adabiy tili shakllana boshlagan. Arablarning harbiy sohadagi qo‘lga kiritgan yutuqlari, islom dinining qo‘shni hududlarda tarqalishi arab tilining obro‘-e'tiborini kuchaytirgan. VII asr oxirida (685-705 yy.) xalifa Abdulmalik davrida (ungacha to‘rtta dastlabki xalifalar va Muoviya, Yazid, Marvonlar xalifalik qilishgan edi) xalifalikning poytaxti Damashqda barcha davlat muassasalari va rasmiy yozishmalarni faqat arab tilida olib borish haqida farmon qabul qilindi va bu farmon xalifalikning barcha hududlari uchun umumiy deb e'lon qilindi. Chiqarilgan bu farmon arab tili va yozuvining jamiyatda tutgan mavqyeini yanada mustahkamladi.
Arab tilining rivojlanishi, uning xalifalikka tobe bo‘lgan hududlarda keng tarqalishi arab yozuvi va uning orfografiyasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Bu narsa esa, yozuvda isloh o‘tkazish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. Bu islohni amalga oshirishda o‘sha davrda Iroqning hukmdori bo‘lgan Al-Hajjojning tashabbusi va xizmati ulkan bo‘lgan. Yozuvda o‘tkazilgan bu islohotning vaqti aniq bilingan emas. Ehtimol u bosqichma-bosqich uzoq muddat davomida amalga oshirilgan va 680 yildan 780 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Umuman arab yozuvida o‘sha davrda o‘tkazilgan islohotning mohiyati qisqacha quyidagilardan iborat:
Yuqorida aytganimizdek, nabatiy yozuvida 22 ta harf mavjud bo‘lgan. Bu harflar orasida 4 ta harf shaklan juda o‘xshash bo‘lgan. Ular deyarli bir xil yozilgan. Ilk arab yozuvida bu harflarni bir-biridan farqlash uchun ularning ustiga yoki ostiga nuqtalar qo‘yittt joriy etilgan. Shundan keyin bu harflarning shakli bir xil yozilavergan va ular faqat tepa yoki pastdagi nuqtalar va ularning soni bilangina farqlangan. Hudda shunday uslub bilan nabatiy tilida bo‘lmagan, lekin arab tilida mavjud bo‘lgan undosh tovushlar uchun yettita harf ijod etilgan. Nabatiy yozuvidagi bitta harf arab tilida yo‘q bo‘lgan tovushni ifodalaganligi uchun u iste'moldan chiqarib yuborilgan. Shunday qilib 28 ta harfdan iborat bo‘lgan arab yozuvi shakllangan. Bu yozuvdagi bir-biridan shaklan farq qiladigan harflar nabatiy yozuvida bo‘lgani kabi 15 tadir.
Nabatiy yozuvida so‘z tarkibidagi harflar asosan bir tomondan ulab yozilgan. Ilk arab yozuvida esa, harflarning ko‘pchiligi har ikki tomondan qo‘shib yozilgan. Shu sababli shakllanib takomiliga yetgan arab yozuvida har bir harfning so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida yoziladigan va alohida shakllari ishlab chiqilgan va amalda qo‘llana boshlagan. Istisno tariqasida 6 ta harf ilgarigi xususiyatini saqlab qolgan va ular faqat o‘ng tomondagi harf bilan qo‘shib yoziladi. Shuning uchun ularning ikkitagina shakli mavjud. Shunday qilib, arab yozuvidagi 28 harfning 100 ta ko‘rinishi shakllangan.
Ilk arab yozuvida ayrim harflarga nuqtalarning qo‘yilishi, ko‘pchilik harflarning har ikki tomondan qo‘shib yoziladigan shakllarini ishlab chiqish bilan bir qatorda harflarning o‘zaro katta-kichiklik normalari ham ishlab chiqilgan.
Nabatiy yozuvida cho‘ziq unlilar harflar yordamida ifodalanar edi. Bu qoida arab yozuvida ham saqlab qolingan. Shuning uchun arab yozuvidagi , harflari undosh tovushlar­ni ifodalash bilan birga cho‘ziq A, U, I unlilarni ham ifodalaydigan bo‘lgan.
Qisqa unlilar esa, alohida harflar yordamida emas, balki shu unlilardan oldingi harflarning ostiga yoki ustiga qo‘yiladigan Zabar, Zer, Pech harakatlari bilan ifodalanadigan bo‘lgan. Bu harakatlardan tashqari turli vazifalarni bajaruvchi bir necha qo‘shimcha harakatlar ham joriy etilgan.
Shunday qilib, Qur'on va o‘sha davr og‘zaki poeziyasi talaffuz normalariga to‘la javob bera oladigan yozuv ishlab chiqilgan. Arablarning bu yozuv sistemasi VII asrning o‘rtalariga kelib, takomiliga yetgan.
Shu tariqa arablar chetdan olib kirgan yozuvni takomillashtirish yo‘li bilan kelajakda yozma yodgorliklarni yaratish uchun juda qulay va ixcham yozuvga ega bo‘lganlar. Bunda har bir undosh tovushni ifodalash uchun alohida harf mavjud bo‘lgan. Unli tovushlar ham qo‘shimcha belgilar yordamida yozilish imkoniga ega bo‘lgan. Bundan tashqari bu yozuv ixchamligi bois tejamkor hisoblangan. Bu esa arab tilida kitob yozish an'anasining shakllanishida muhim shartlardan biri bo‘lgan.
Arablar hukmronligining kengayishi, arablarning boshqa arab bo‘lmagan hududlarga tarqalishi, arab tili va islom dinining bosib olingan o‘lkalarning ziyoli aholisi orasida yoyilishi, arab tilining davlat tili sifatida mavqyeining mustahkamlanishi va nihoyat arab yozuvida imlo qoidalarining ishlab chiqilishi-bularning hammasi arab yozuvida imlo qoidalarining ishlab chiqilishi-bularning hammasi arab yozuvining kelajakda yanada keng tarqalishiga zamin yaratgan.

Download 41.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling