Mavzu-4: Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari (O‘zr mda). O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar
Download 261.48 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу пдф манба
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
MAVZU-4: Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari (O‘zR MDA). O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar. Reja: 1. Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O‘rta Osiyo tarixiga oid manba sifatida. 2. Turkistonni o‘rgangan rus olimlarining asarlari. 3. Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi materiallari tarixiy manba sifatida. 4. XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi Turkistonga oid statistik ma’lumotlar, arxiv materiallar va davriy matbuot («Turkestanskie vedomosti», «Turkestanskiy vestnik» va b.) xabarlari tarixiy manba sifatida ahamiyati. 5. 1941-1945 yillar urushi tarixiga oid materiallar, O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid hujjatlar. 6. Statistik to‘plamlar va ih yuritish hujjatlari O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid muhim tarixiy manba sifatida. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati 1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг кўшма мажлисидаги нутқ. - Т.: Ўзбекистон, 2016. 2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. -Т.: Ўзбекистон, 2017. 3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. -Т.: Ўзбекистон, 2017. 4. Madraimov A., Fuzailova U. Tarixiy manbash unoslik . O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan, 2010. 5. Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари (қадимги замон ва Ўрта асрлар). – Т., 2001. 6. Арслонзода Р.А. Источниковедение. Фергана, 2019. 7. Бобоёров Ғ., Ғойибов Б., Кубатин А. Ўрта Осиё битиклари. I. Сўғдий ёзма ёдгорликлар. Тошкент: Tafakkur, 2020. 8. Захир ад-Дин Бабур. Бобур-наме. Тошкент, 1992. 9. Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. Тошкент: Ўқитувчи, 1996. 10. Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. Тошкент: Ўқитувчи, 1996. 11. Саидбобоев З. Европада Ўрта Осиёга оид тарихий-картографик маълумотлар(XVI- XIX асрлар). – Т.:Фан, 2008. 12. Тарихий манбашунослик муаммолари / Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Т., 2008, 2013. 13. Тарихий манбашунослик. Бакалавр учун (Электрон дарслик). Тошкент, 2007. www.ziyonet.ru Turkiston o‘lkasi chor Rossiyasining mustamlakasiga aylantirilgandan so‘ng, bu erda statistika xizmati yo‘lga qo‘yildi. Muntazam ravishda butun Turkiston general- gubernatorligi, viloyatlar va uezdlar miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy xayotga doir ma’lumotlar yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Ayrim burjua tashkilotlari (birjalar, banklar, shirkatlar sarmoyadorlar uyushmalari) o‘z faoliyatlariga doir ma’lumotlar yig‘ishga va e’lon qilishga kirishdilar. Bu ma’lumotlarni bir qismi o‘sha davrda aloxida statistik to‘plamlar shaklida nashr etildi. Boshqa qismlari esa arxivlarda saqlanmoqda. Statistik manbalar aloxida axamiyati shundaki, ular juda ko‘p asosan miqdoriy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrga oid statistik ma’lumotlardan ilmiy maqsadda foydalanish qator qiyinchilik bilan bog‘liqdir. Birinchidan, ayrim statistik xisobotlarda «sanoat», «ishlab chiqarish», «korxona» singari atamalarda yagona yondashuv yo‘q. Ikkinchidan, statistik ma’lumotlar ba’zan bir yoki ikki viloyat miqyosida yig‘ilgan. Lekin butun o‘lkani qamrab oluvchi ma’lumotlar uchraydi. Uchinchidan, juda ko‘p statistik xisobotlarda bir xillilik xos emas. To‘rtinchidan, ayrim statistik ma’lumotlar ishonchli emas. Bunday ma’lumotlardan foydalanish tanqidiy yondashuvni talab qiladi. Masalan, Rossiya «1897 yilgi Rossiya imperiyasi axolisini umumiy ro‘yxatga olish» nomli statistik to‘plamida Turkiston o‘lkasi axoli savodxonligi 2 foiz deb berilgan. Bunda maxalliy axolini arab yozuvini bilishi e’tibora olinmagan. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan qa’tiy nazar, statistik manbalar Turkiston o‘lkasining bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti xususida eng ishonarli va keng ko‘lamli ma’lumotlar beruvchi muxim manbadir. Rossiya xukmronligi davrida Turkistonda gazeta va jurnallar nashr etish, matbaalar qurilib, kitob chop etish yo‘lga qo‘yildi. 1870 yilda «Turkestanskie vedomosti» gazetasi bilan bir vaqtda o‘zbek tilida birinchi ro‘znoma «Turkiston viloyatining gazeti» nashr qilina boshlandi. XX asrning boshlarida jadidlarning sa’y-xarakatlari bilan «Xurshid», «Taraqqiy», «Tujjor», «Sadoiy Turkiston», «Sadoiy Farg‘ona», «Buxoroiy SHarif» singari gazeta va jurnallar nashr etildi. 1905 yilda bolshevik Morozov «Samarqand» nomli gazetani nashr eta boshladi. Fevral inqilobidan so‘ng «Xurriyat», «Turk eli» va boshqa ro‘znomalar chiqarildi. Matbuot saxifalarida e’lon qilingan maqola va xabarlar Turkiston o‘lkasi xayotining turli masalalariga oid juda ko‘p ma’lumotlar beradi. Lekin davriy ma’lumot materiallari xam ayrim nuqsonlaridan xoli emas. Birinchidan, juda ko‘p gazeta va jurnallar nashrlarining moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi sababli 1-2 yil, ayrimlari esa undan xam ozroq muddat davomida nashr qilingan xolos. (Mustamlakachi ma’murlar organi bo‘lmish «Turkestanskie vedomosti» va «Turkiston viloyatining gazetasi bundan mustasno). Ikkinchidan, matbuot organlarida ba’zi voqealar to‘g‘ri va ob’ektiv tarzda yoritilmagan. Masalan 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘olonidan so‘ng, Turkiston viloyatining gazeti Duchki eshon shaxsiga salbiy baxo bergan, bir necha maqola bir she’rlar e’lon qildi. Bu xolni mazkur gazeta mustamlakachi ma’murlarning pozitsiyasida turgani bilan izoxlash mumkin. Demak, gazeta va jurnallar materialaridan foydalanilganda bu matbuot organlarining siyosiy pozitsiyasi va mafkuraviy yo‘nalishini e’tiborga olish zarur. SHunday bo‘lsada, davriy matbuot saxifalarida e’lon qilingan materiallar muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Mustamlakachilik davri tarixiga oid muxim manbalardan yana biri bu ko‘p jildlik «Turkestanskiy sbornik» nomli to‘plamdir. (594 jilddan iborat.) Ushbu davrda matbuot saxifalarida e’lon qilingan minglab materiallarni o‘z ichiga olgan mazkur to‘plam o‘lkamizning tabiiy sharoiti, tarixi, iqlimi, iqtisodiyoti, axolisi, xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalari xususida nixoyatda boy ma’lumotlar beradi. Turkiston o‘lkasining tarixi o‘sha davrda yashab o‘tgan arboblarning esdaliklari, kundaliklari va maktublarida xam o‘z aksini topgan. Rus zobiti V. Tixmenevning «Xiva xonligining zabt etilishi» rassom V. Vereshchaginning «1868 yilda Samarqanda» xamda Fedchenko, Logofet, Xoroshxin, Aminov kabi olim va sayyoxlarning xotiralarida chor Rossiyasining Xiva xonligi va Buxoro amirligini bosib olish tafsilotlari, mustamlaka Turkistonning siyosiy va iqtisodiy axvoli aks etgan. Maxalliy mualliflar qalamiga mansub bo‘lgan esdaliklar xam e’tiborga loyiqdir. Axmad Donish, Sadriddin Ayniy, Sadr Ziyo, Mirzo Abdulazim Somiy kabi tarixchi va yozuvchilarning qalamiga mansub asarlarda xuddi shu voqealar boshqacha nigox bilan yoritiladi. Muxammad Aziz Marg‘iloniyning «Tarixiy Aziziy», Mirzo Olim Maxmud Xo‘janing «Tarixi Turkiston», Avaz Muxammad Attor Xo‘qandiyning «Tarixiy jaxonnomoyi», Muxammad YUsuf Bayoniyning «SHajarayi Xorazmshoxiy» nomli asarlarida Rossiya istilosi va uning og‘ir oqibatlari konkret faktlar va jonli lavxalarda ko‘rsatilgan. 1917 yil oktyabr to‘ntarishi natijasida Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik xarakati bostirilgandan so‘ng, o‘lkada uzil-kesil Sovet xokimiyati o‘rnatildi. 70 yildanziyodmuddatdavomidaxalqimizSSSRdebatalgandavlattarkibidaxayotkechirdi. Bu davrda yurtimizda sodir bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar nixoyatda xilma-xil tarixiy manbalarda o‘z aksini topdi. Sovet davri tarixini o‘rganishda Turkiston SSR (1918-1924) va O‘zbekiston SSR (19225-1991) Buxoro va Xorazm respublikalari (1920-1924)ning oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining xujjatlari asosiy axamiyatga egadir. SHuni aloxida ta’kidlab o‘tish kerakki, yuqorida eslatib o‘tilgan respublikalar rasman mustaqil davlatlar deb tan olinsada, amalda ular xaqiqiy suverinitetdan maxrum edilar. SHu boisdan ular oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari qabul qilgan qarorlar asosan yuqoridan belgilab berilar edi. O‘rta Osiyo respublikalari markaz belgilab bergan yo‘ldan borishga kommunistlik partiya (RKP (b) VKP (b) KPSS)ning strategik maqsadlarni amalga oshirishga majbur edilar. Xozirgi O‘zbekiston xududida mavjud bo‘lgan respublikalarning oliy qonun chiqaruvchi organlari 1937 yilga qadar, ishchi, dexqon va soldat deputatlari s’ezdi xisoblanardi. Muntazam ravishda chaqirilib turgan sovetlarning s’ezdlarida mazkur respublikalar konstitutsiyalari, qonunlar va qarorlar qabul qilinar edi. Sovetlar s’ezdlari xujjatlarida urushdan oldingi yillarda Sovet davlatining O‘zbekistonda amalga oshirgan iqtisodiy siyosati, ijtimoiy tadbirlari o‘z ifodasini topgan. 1937 yilda qabul qilingan O‘zbekiston SSRning yangi konstitutsiyasiga muvofiq, respublikamizning Oliy qonun chiqaruvchi organi O‘zbekiston SSR Oliy Soveti (1989 yildan so‘ng - O‘zbekiston SSR Oliy Kengash) edi. Oliy Sovet odatda xar 3-4 oy bir marta sessiyaga yig‘ilib, unda turli qonun va qarorlar qabul qilinar, respublika konstitutsiyasiga tegishli o‘zgarishlar kiritilar edi. Mazkur xujjatlarni o‘rganish o‘sha davrda O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosat xaqida tasavvur qilish imkonini beradi. Sovet davrida yurtimizda sodir bo‘lgan siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar bu erda mavjud bo‘lgan respublikalar (TASSR, Buxoro va Xorazm SSR, O‘zbekiston SSR) oliy ijroiya organlari-Xalq Komissarlari Soveti (Buxoro va Xorazmda-Xalq Nozirlari Kengashi va Ministrlar Soveti (1946-1991)ning qarorlari va boshqa xujjatlarida o‘z aksini topgan. Mazkur xujjatlar Sovet davri tarixini o‘rganishda birinchi darajali axamiyatga ega manbalar sanaladi. Lekin bu xujjatlar sotsialistik mafkura ruxi bilan yo‘g‘rilganligini esdan chiqarmaslik kerak. O‘sha davrdagi barcha ijtimoiy jarayonlarga sinfiylik pozitsiyasidan yondashish tamayili bu xujjatlarda yaqqol namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin. Sovet davrida ijtimoiy davirda xayotda sodir bo‘lgan xodisalar, turli tarmoqlarda erishganlar yutuqlar xamda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar markaziy va maxalliy davlat muassasalarining ish yuritish xujjatlarida o‘z aksini topgan. Respublika vazirliklar va vazirliklarga tenglashtirilgan muassasalar, viloyat, shaxar va rayonlarning boshqaruv organlari xujjatlarida u yoki bu soxada, u yoki bu mintaqada ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar o‘z ifodasini topgan. Qisman nashr qilingan. Asosiy qismi esa markaziy va viloyat davlat arxivlarida saqlanayotgan oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari xamda davlat muassasalarining ish yurituvchi xujjatlari eng muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Xisobotlar, ma’lumotnomalar, maktublar va boshqa xildagi xujjatlardan iborat bu mansabalarsiz sovet davri tarixining to‘liq manzarasini yaratish mumkin emas. Sovet davrida O‘zbekistonda yagona partiya O‘zbekiston kommunistik partiyasi faoliyat ko‘rsatgan, xolos. Boshqa siyosiy partiyalar Oktyabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki yillardayoq ta’qiqlab qo‘ygan edi. O‘zbekiston kompartiyasi respublika xalqi manfaatlari savot bilan ximoya qilgan mustaqil siyosiy partiya bo‘lmasdan KPSS ning bir bo‘lagi xisoblanardi. SHu sababdan O‘zbekiston kommunistlari KPSS Markaziy organlari qabul qilgan qaror va ko‘rsatmalarni so‘zsiz bajarishga majbur edilar. SHuni eslatib qo‘yish kerakki, KPSS amalda xokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plab olgan davlatning oliy organlaridan xam yuqorida turgan tashkilot bo‘lgan. Demak, sovet jamiyatida, shu jumladan O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosat bevosita kommunistik partiyaning ko‘rsatmalaridan kelib chiqar edi. SHunday ekan, sovet davri tarixini to‘g‘ri yoritish uchun KPSS va uning O‘zbekistondagi filiali-O‘zbekiston Kompartiyasi xujjatlarini e’tibordan chetda chetda qoldirmaslik kerak. KPSS va O‘zkompartiyaning xujjatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. KPSS va O‘zkompartiyaning s’ezdlarida, konferensiyalarida, markaziy va maxalliy komitetlarning plenumlarida qabul qilingan xujjatlar partiya dasturi, qarorlar, murojaatnomalar va boshqalar bu davr tarixini teranroq o‘rganish imkonini beradi. Sovet davri O‘zbekistonda kasaba uyushmalari yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar qo‘mitalari, turli ijodiy va kasbiy uyushmalar (teatr xodimlari uyushmasi, yozuvchilar ittifoqi, sport jamiyatlari, rassomlar uyushmalari va xakozo)lar faoliyat ko‘rsatar edi. Bundan qa’tiy nazar, jamoat tashkilotlarining s’ezdlari, konferensiyalari va yig‘ilishlarida qabul qilgan qarorlar, ularning dastur va murojatnomalari ijtimoiy xayotning turli qirralarini yoritishda muxim o‘rin tutadi. Ammo bu uyushmalar xujjatlaridan tanqidiy ruxda foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki ularning ko‘pida mazkur tashkilot va uyushmaning faoliyatiga ba’zan ortiqcha baxo beriladi. Siyosiy partiyalar jamoat tashkilotlarining ayrim xujjatlari nashr qilingan. Rus tilida nashr qilingan «Turkiston kompartiyasining s’ezdlari va Markaziy komitet plenumlari revolyusiyalari», «O‘zbekiston kompartiyasi s’ezdlarining qarorlari», «O‘zbekiston Kompartiyasi fakt va raqamlarda», «O‘zbekiston komsomoli s’ezdlari qarorlari» nomli to‘plamlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari partiyalar va jamoat tashkilotlarining turli yig‘inlarida qabul qilingan ayrim xujjatlar o‘z vaqtida matbuot saxifalarida e’lon qilingan edi. Partiyalar va jamoat tashkilotlari xujjatlarining asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xuzuridagi arxiv va uning viloyatlardagi bo‘limlarida, O‘zbekiston Kompartiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanmoqda. Download 261.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling