Mavzu-4: Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari (O‘zr mda). O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar
Esdaliklar, Kundaliklar va Maktublar
Download 261.48 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу пдф манба
Esdaliklar, Kundaliklar va Maktublar
Tarixiy shaxslarning xayoti va faoliyatini, ularning ma’naviy qiyofasini gavdalantirishga xalq turmushining maishiy tomonlarini yoritishda esdaliklar, kundaliklar va maktublar muxum rol o‘ynaydi. Komil YAshinning «YOdnoma», Komil YOrmatovning «Qaytish», T.N. Qoriniyoziyning «Xayot maktabi», Xabibullo Qodiriyning «Otam xaqida», Asil Rashidovning «Akam xaqida», N.A.Muxiddinovning «Kremlda o‘tgan yillarim», Said Olimxonning «Buxoro xalqining xasrati tarix», S.Ayniyning «Buxoro inqilobi tarixi» nomli esdaliklarida sovet davri tarixi turli nuqtai-nazardan va pozitsiyalardan turib jonli tarzda yoritiladi. Maskur esdaliklardan ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish o‘tmishni yanada teranroq tushinib etish imkoniyatini beradi. Memuar manbalarga xos bo‘lgan muxum xususiyat-bu ularning sub’ektivligidir. Faktlarni bayon qilish va taxlil etishda muallifning shaxsiy xislatlari va dunyoqarashi va siyosiy qiyofasi o‘z aksini topadi. Esdaliklarning yana bir xususiyati bu ularning ko‘p xollarda bir yoqlamaligidir. Bu hol ko‘pincha muallifning egallab turgan vazifasi, mansabi va tasvirlanayotgan voqealar aloqadorligiga bog‘liqdir. Esdaliklar mualliflari ko‘pincha voqealarni to‘g‘ri bayon etmaydi. Esdaliklarda ba’zi voqea xodisalarning qasddan «unitib qolishi» yoki mavjud bo‘lmagan faktlar «esga tushishi» extimoldan xoli emas. Ayrim mualliflar o‘tmish voqealarga yangicha yondashishni istamaydilar. (Komil YAshinning «YOdnoma»), boshqalari esa o‘tmishni modernizatsiya (yangilash) qilishga urinadilar. SHu boisdan tadqiqotchi esdaliklarda bayon etgan mateiallarni sinchkovlik bilan taxlil etishlari kerak. Memuar manbalarning yana bir turi kundaliklardir. Kundalik deganda biz voqealar jarayonida muallifning o‘z fikr muloxazalarini yozib borishini tushunamiz. Taasurotlar doirasi ko‘pincha muallifning ko‘rgan-kechirganlari bilan cheklanadi. Kundalik yozuvlarda ko‘pincha zamondosh shaxslarning jonli va yorqinli qiyofalar gavdalanadi. Mazkur manba muallifning ichki dunyosini bilib olish imkoniyatini beradi, voqealar bayoniga jonli tus beradi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bu davrda O‘zbekistonda kundaliklar yozish keng tarqalmagan edi. Xatlar (maktublar) ham memuar manbalar qatoriga kiradi. Ularning kundalik bilan o‘xshash tomoni ko‘p. Maktublar, asosan voqealar jarayonida yoziladi. Ular odamlarning o‘zaro muloqot qilish vositasidir. Xatlar odatda kundaliklagar nisbatan kengroq funksiyalarni bajaradi. SHaxsiy muqotaba orqali odamlar ma’lum masalalar bo‘yicha fikr almashib oladilar. Xatlarni o‘qiganimizda ko‘p voqealardan xabardor bo‘lamiz. Muallifning qiyofasi va dunyoqarashi ko‘z o‘ngimizda qiyofalanadi. Masalan, II-jaxon urushi frontlaridan janchilarimiz yo‘llagan maktublarda urushning dahshatli manzaralari, soldat va ofitserlarning og‘ir turmushi o‘z aksini topgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sovet davri tarixi bo‘yicha nixoyatda boy va xilma-xil manbalar mavjuddir. Bu manbalarning ko‘pi sotsialistik mafkura ruxi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsada, ularni tanqidiy ruxda tahlil etish bu davr tarixining real manzarasini yaratish imkoniyatini beradi. Download 261.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling