2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 43.22 Kb.
bet1/4
Sana26.06.2020
Hajmi43.22 Kb.
#121893
  1   2   3   4
Bog'liq
qaror


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini (keyingi o‘rinlarda BRM deb ataladi) izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar (keyingi o‘rinlarda Milliy maqsad va vazifalar deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

3. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari hisoblansin:

Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik hamda idoralarning samarali ishlarini tashkil etish, BRMga erishishda sektorlararo muvofiqlashtirish va uyg‘unlashgan yondashuvni ta’minlash;

Milliy maqsad va vazifalarning tarmoq, mintaqa va maqsadli rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarga kiritilishini ta’minlash;

vazirliklar, idoralar va ishchi guruhlarning Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda natijalarga erishish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish.

5. Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish davrida quyidagilar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi;

b) ishchi organ quyidagi huquqlarga ega:

Milliy maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan Milliy maqsad va vazifalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;

Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish va hal qilish uchun tegishli mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy, shuningdek, ilmiy va boshqa muassasalarni jalb qilish.

6. Milliy maqsad va vazifalarning izchil va zarur darajada bajarilishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ularga muvofiqligi yuzasidan vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Iqtisodiyot vaziri B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 20-oktabr,

841-son


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 841-son qaroriga
1-ILOVA

2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar

Oldingi tahrirga qarang.

Milliy maqsadlar*

Milliy vazifalar

Mas’ul ijrochilar

1-maqsad. Barcha joylarda aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish.

1.1-vazifa. 2030-yilgacha fuqarolarning o‘ta qashshoqlik shaklini bartaraf etish.

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.2-vazifa. 2030-yilgacha kam ta’minlangan erkaklar, xotin-qizlar va barcha yoshdagi bolalarning ulushini kam ta’minlanishning barcha ko‘rinishlarida ikki barobarga qisqartirish.

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Markaziy bank, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi



1.3-vazifa. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish, ijtimoiy himoya qilish xizmatlari sifatini oshirish, ijtimoiy himoya qilish choralari doirasiga muhtojlarning barchasi to‘liq qamrab olinishiga erishish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Markaziy bank, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha


Respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.4-vazifa. 2030-yilgacha butun aholining, jumladan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bazaviy zaxiralar (yer uchastkalari, yangi texnologiyalar, bank kreditlari va b.)dan foydalanishlari uchun qulay iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlar, yangi texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar, shu jumladan mikromoliyalashtirish bilan ta’minlash.

Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaziy bank,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.5-vazifa. 2030-yilgacha aholining ijtimoiy zaif qatlamlarining yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning iqlim o‘zgarishi yuzaga keltirgan kutilmagan holatlar va boshqa iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik larzalar va musibatlar oldidagi himoyalanmaganligi va zaifligini kamaytirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

1.a-vazifa. Aholining kam ta’minlanganligini uning barcha shakllarida tugatish bo‘yicha dasturlar va strategiyalarni amalga oshirishga yetarli va prognoz qilinadigan mablag‘ni ta’minlash uchun turli manbalardagi, jumladan, rivojlanish maqsadida hamkorlikni faollashtirish asosidagi salmoqli zaxiralarning safarbar etilishiga erishish.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi



1.b-vazifa. Aholining kam ta’minlanganligini tugatish bo‘yicha tadbirlarga tezkor sarmoya kiritilishiga ko‘maklashish uchun kam ta’minlangan fuqarolarning manfaatlarini hamda gender jihatlarni inobatga oladigan rivojlanish, monitoring va baholashni strategik prognozlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish.

Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi

2-maqsad. Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.

2.1-vazifa. 2030-yilgacha zarur hajmda ovqatlanishning yuqori sifati va balanslashganligini ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, go‘daklar bilan bir qatorda, ijtimoiy zaif kishilarning hayot uchun muhim va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan yil bo‘yi erkin foydalanishlariga erishish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.2-vazifa. 2030-yilgacha to‘yib ovqat yemaslikning barcha shakllariga barham berish, jumladan, 2025-yilgacha besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘sishi va vaznidagi kech�kishga qarshi kurashishga oid xalqaro darajada kelishilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda o‘smir qizlar, homilador va emizuvchi xotin-qizlar, keksa odamlarning ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari



2.3-vazifa. 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha samaradorligini hamda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat yetishtiruvchilarining daromadini ancha oshirish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Markaziy bank,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari



2.4-vazifa. 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror tizimlari yaratilishini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligin� oshirish imkonini beradigan qishloq xo‘jaligini yuritish usullarini joriy qilish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi

2.5-vazifa. Urug‘ va madaniylashtirilgan ekinlarning, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlarining hamda ularning tegishli yovvoyi turlarining genetik rangbarangligi saqlanishini, jumladan urug‘ va ekinlarning turli-tuman zaxiralarini tegishli tarzda saqlash orqali, ta’minlash.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2.a-vazifa. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi salohiyatni mustahkamlash maqsadida qishloq infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va agrotashviqot, texnologiyalarni rivojlantirish hamda o‘simlik va hayvonlarning genetik zaxiralarini yaratishga sarmoya kiritilishini, jumladan, xalqaro hamkorlikni faollashtirish yo‘li bilan, ko‘paytirish.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi

2.b-vazifa. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozorlarida savdo cheklovlari kiritilishi va xatolar yuzaga kelishini bartaraf etish hamda bunga yo‘l qo‘ymaslik.

Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

2.c-vazifa. Oziq-ovqat mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlari bozorlarining tegishli tarzda faoliyat yuritishini ta’minlash choralarini ko‘rish, oziq-ovqat narxlarining keskin o‘zgarishini cheklashga yordam berish maqsadida bozor ma’lumotlaridan, jumladan oziq-ovqat zaxiralari haqidagi ma’lumotdan o‘z vaqtida foydalanishga ko‘maklashish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Markaziy bank


3-maqsad. Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish

3.1-vazifa. 2030-yilgacha onalar o‘limi ko‘rsatkichini uchdan bir baravarga qisqartirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xotin-qizlar qo‘mitasi,



3.2-vazifa. 2030-yilgacha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasidagi o‘limni ikki baravarga kamaytirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.3-vazifa. Aholining tuberkulyoz va OIV bilan zararlanish darajasini kamaytirish hamda suv orqali yuqadigan gepatit va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.4-vazifa. 2030-yilgacha aholi o‘rtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt o‘limni 30 foizga qisqartirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.5-vazifa. Ruhiy faollashtiruvchi moddalarga qaramlik, shu jumladan, giyohvand moddalar va alkogolli ichimliklarni suiiste�mol qilishning profilaktikasi va davolanishini yaxshilab borish (alkogolning zararli iste’mol qilinishini 10 foizga kamaytirish).

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.6-vazifa. 2025-yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish.

Ichki ishlar vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



3.7-vazifa. 2030-yilgacha jinsiy va reproduktiv salomatlikni asrash bo‘yicha xizmatlardan, shu jumladan, oilani rejalashtirish va o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun nikoh yoshini uzaytirish xizmatlaridan umumiy foydalanishni hamda milliy strategiya va dasturlarda reproduktiv salomatlikni asrash masalalarining hisobga olinishini ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi,

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi �azirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi



3.8-vazifa. Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrab olishni, shu jumladan, sog‘liqni saqlashga sarflanayotgan katta xarajatlar tufayli himoyalashni, asosiy sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish va barcha uchun xavfsiz, samarali, sifatli va arzon asosiy dorivor va emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

3.9-vazifa. Xavfli kimyoviy moddalarning ta’siri, havo va suvning ifloslanishi natijasida, jumladan kimyoviy ishlab chiqarish hamda zararli moddalar ko‘milgan joylarda, o‘lim va kasallanish holatlarini qisqartirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi



3.a-vazifa. Zaruratga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurash Hadli konvensiyasi (2003-yil may oyida qabul qilingan xalqaro bitim) amalga oshirilishini faollashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.b-vazifa. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolash uchun emlash va dorivor vositalar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarga ko‘maklashish; Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha bitimining aholi salomatligini asrash maqsadida moslashishini namoyon etish va, xususan, barcha uchun dorivor vositalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha qoidalardan rivojlanayotgan mamlakatlarning to‘liq hajmda foydalanishi ko‘zda tutilgan “TRIPS bo‘yicha bitim va jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash” Doxa deklaratsiyasiga (Jahon savdo tashkiloti (JST) homiyligidagi muzokaralar turkumiga) muvofiq, arzon asosiy dorivor hamda emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Intellektual mulk agentligi

3.c-vazifaSog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni izchil oshirish, kadrlarni tayyorlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, munosib ish haqi bilan ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


3.d-vazifa. Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (XTSQ JSTning bazaviy hujjati, qoidalarning hozirgi tahriri Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 2005-yil 25-maydagi 58 sessiyasida qabul qilingan) joriy qilinishi hamda umumiy sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarda chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlikni ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi



4-maqsad.Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish.

4.1-vazifa. 2030-yilgacha boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’limni, umumiy qamrovni saqlab qolgan holda, o‘qitishning dolzarb va samarali natijalariga erishishni ta’minlaydigan yangi sifat bosqichiga ko‘tarish.

Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat test markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

4.2-vazifa. 2030-yilgacha barcha o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha o‘qitishning sifatli tizimlaridan ular boshlang‘ich ta’limni olishga tayyor bo‘lishlari maqsadida bemalol foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi



4.3-vazifa. 2030-yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklar uchun arzon va sifatli o‘rta maxsus, oliy, kasb-hunar hamda qo‘shimcha ta’limdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat test markazi



4.4-vazifa. 2030-yilgacha ishga joylashish, munosib ishga ega bo‘lish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ko‘nikmalarga, shu jumladan, kasbiy-texnik ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsi�larini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

4.5-vazifa. Ta’lim muassasalari sharoitlarini imkoniyati cheklangan bolalarning manfaatlarini hisobga oladigan darajada yaxshilash bilan nogironlar uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini, barcha uchun xavfsiz va samarali o‘qitish muhitini ta’minlash.

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Nogironlar jamiyati


4.7-vazifa. 2030-yilgacha barcha o‘quvchilar va talabalarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashlarini ta’minlash.

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



4.a-vazifa. O‘quv muassasalarining barcha uchun xavfsiz va samarali o‘quv muhitini ta’minlaydigan shart-sharoitlarini yaxshilash.

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi


4.b-vazifa. 2020-yilgacha oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun kreditlar va grantlar, shu jumladan xalqaro miqdorini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi



4.c-vazifa. 2030-yilgacha malakali o‘qituvchilarning sonini, jumladan o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali, jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi



5-maqsad. Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.

5.1-vazifa. H�mma joyda barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat qo‘mitalari va idoralar

5.2-vazifa. Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini, shu jumladan, odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya hamda ekspluatatsiyaning boshqa shakllarini tugatish.

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi,
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

5.3-vazifa. Erta nikohlar va zo‘rlab nikohlashni tugatish.

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

5.4-vazifa. Kommunal xizmatlar, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimlarini taqdim etish orqali parvarishlash va uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha haq to‘lanmaydigan mehnatni tan olish va qadrlash, milliy sharoitlarni hisobga olgan holda oilada xo‘jalik yuritish uchun umumiy mas’uliyat tamoyilini rag‘batlantirish.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari



5.5-vazifa. Xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida har tomonlama ishtirok etishlarini hamda qaror qabul qilishda yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari



5.6-vazifa. Reproduktiv salomatlikni asrash sohasida umumqamrovli tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish uchun sog‘liqni saqlash xizmatlaridan umumiy foydalanishni ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.a-vazifa. Xotin-qizlarni ularning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishlarida qo‘llab-quvvatlaydigan dasturlarni kengaytirish.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi



Download 43.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling