4. Innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish
26.
|
“Yashil” investitsiyalar konsepsiyasini amaldagi investitsiya siyosati va loyihalariga integratsiya qilish.
|
Quyidagilarni nazarda tutgan holda “yashil” investitsiyalash va kreditlash tizimini (“yashil” maqsadlar va BRMlarga yo‘naltirilgan kreditlash amaliyoti) joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
barcha manbalar (davlat, xususiy) hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun “yashil” mezonlar, shu jumladan suveren “ESG” indikatorlarini ishlab chiqish va joriy etish;
“yashil” investitsiyalar va kreditlar uchun texnik tartibga solish talablarini ishlab chiqish;
“yashil” investitsiyalar (va kreditlar) uchun rag‘batlantiruvchi fiskal va monetar imtiyozlar ishlab chiqish;
amaldagi va/yoki yangi “yashil” bo‘lmagan loyihalarga bosqichma-bosqich moratoriy kiritish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2023-yil oktyabr
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
27.
|
Sanoat korxonalarining infratuzilmasini doimiy yangilab borish.
|
1. Ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik jihatdan toza va xavfsiz texnologiyalardan ko‘proq foydalanish, energiya tejaydigan texnologiyalarni kengroq joriy etish orqali sanoat korxonalari infratuzilmasining energiya samaradorligini oshirish.
|
Amaliy chora-tadbirlar dasturi
|
2023-yil sentyabr
|
Energetika vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Ekologik toza va xavfsiz texnologiyalarni joriy etayotgan sanoat korxonalari uchun maxsus imtiyoz va preferensiyalarni (subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar) ishlab chiqish va taqdim etish.
|
doimiy ravishda
|
28.
|
Moliyalashtirish va salohiyatni oshirish imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish orqali kichik biznes va xususiy �adbirkorlikning “yashil” iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirish.
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishdagi ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
“yashil” biznesga sarmoya kiritadigan istiqbolli, yuqori salohiyatga ega kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash (“yashil” kreditlash hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri va oraliq moliyalashtirish tizimini joriy etish, kichik grantlar va subsidiyalangan qarzlar, imtiyozlar);
mahalliy davlat va xususiy banklar orqali mahalliy tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash uchun xatarlarni taqsimlash mexanizmlarini joriy qilishga ko‘maklashish;
“yashil” o‘sishni rivojlantirish dasturi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokini kuchaytirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish.
|
Amaliy chora-tadbirlar dasturi
|
2023-yil oktyabr
|
Moliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
tijorat banklari,
Savdo-sanoat palatasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari
|
29.
|
Innovatsiyalarga asoslangan “yashil” o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion infratuzilmani takomillashtirish.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
maxsus iqtisodiy zonalar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularni innovatsion “yashil” loyihalarga yo‘naltirishga ko‘maklashish samaradorligini oshirish;
rezident kompaniyalarning “yashil” texnologiyalar global qiymat yaratish zanjirlariga kirishini osonlashtirish uchun maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy salohiyatini oshirish;
“yashil” texnologiyalarga asoslangan startap korxonalarga xizmat ko‘rsatish hamda moliyalashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha innovatsion markaz va inkubatorlar samaradorligini oshirish;
“yashil” texnologiyalar sohasidagi startaplarni har tomonlama va samarali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha akseleratorlar tashkil qilish va ularning salohiyatini oshirish.
|
Amaliy chora-tadbirlar dasturi
|
2023-yil may
|
Innovatsion rivojlanish vazirl�gi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
30.
|
Innovatsion “yashil” texnologiyalar borasida ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi tizimli aloqalarni takomillashtirish.
|
1. “Yashil” texnologiyalarni ishlab chiqish, transfer va joriy qilishni jadallashtirishda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish borasida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
“yashil” texnologiyalarga asoslangan korxonalarni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun tadqiqotlarni tijoratlashtirish jarayonini yengillashtirish hamda tadqiqot va ishlanmalarni (R&D) rag‘batlantirish va tegishli infratuzilmani takomillashtirish;
yangi texnologiyalarni joriy qilish vositasi va mexanizmi sifatida innovatsion faoliyatga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va “yashil” texnologiyalarning global qiymat yaratish zanjiri integratsiyasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2023-yil iyul
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining innovatsion “yashil” texnologiyalarni ishlab chiqish, transfer va joriy qilish sohasida salohiyatni oshirish uchun o‘rta va quyi bo‘g‘indagi malakali ishchi kuchi sifatini doimiy yaxshilab borish va korxonalar samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.
|
Amaliy chora-tadbirlar
|
doimiy ravishda
|
|