2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash
Download 1.76 Mb.
|
PQ-436 02.12.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sish bo‘yicha Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
- Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha Idoralararo kengash TARKIBI
- Idoralararo kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kotibiyati TARKIBI
- Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish SXEMASI
O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash
TARKIBI
Izoh: Idoralararo kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi. Zarur hollarda, Idoralararo kengash ishiga boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari jalb qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga 6-ILOVA “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sish bo‘yicha Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi TARKIBI
Izoh: Muvofiqlashtirish guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi. Zarur hollarda Muvofiqlashtirish guruhi ishiga boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari jalb qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga 7-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-525-son qarorida: a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha Idoralararo kengash TARKIBI
Izoh: Idoralararo kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”; b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Idoralararo kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kotibiyati TARKIBI
Izoh: Kotibiyat a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3012-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida: a) 4-bandning birinchi xatboshisi, 7-bandning uchinchi xatboshisi va 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 11-bandda: birinchi xatboshidagi “D” toifadagi” so‘zlari “B” va undan quyi toifadagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “D” so‘zi “B” so‘zi bilan almashtirilsin; v) 4a-ilovaning nomidagi “D” so‘zi “B” so‘zi bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarorida: a) 2-bandning “b” kichik bandi va 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 5-bandda: uchinchi xatboshidagi “iqtisodiyot va sanoat vaziriga (B.A. Xodjayev)” so‘zlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziriga” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “(A.S. Sultanov)”, beshinchi xatboshidagi “(J.A. Xodjayev)”, oltinchi xatboshidagi “(Sh.R. Xamrayev)” va “(M.X. Saliyev)”, yettinchi xatboshidagi “(B.T. Qo‘chqorov)” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 1-ilovada: 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “5” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin; 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “25. Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga borib quyidagilarga erishish kutiladi: issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish; qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish; sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish; yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish; iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish; yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish; respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish; hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish”; d) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish SXEMASI ”. 7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi “Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 78-son qaroriga ilovaning 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son) Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling