2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
-bob. Monitoring va baholash (M&E). Kutilayotgan natijalar
Download 1.76 Mb.
|
PQ-436 02.12.2022
4-bob. Monitoring va baholash (M&E). Kutilayotgan natijalar
4.1. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va baholash ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar — har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Harakatlar rejasi hamda tarmoqlar kesimidagi resurs tejash dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtiradi, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar umumlashgan tahliliy ma’lumotlarni Idoralararo kengashga kiritadi; Idoralararo kengash har chorak yakuni bilan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritadi. 4.2. Amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligi Dasturga ilovada keltirilgan 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar asosida baholanadi. Monitoring va baholash Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Idoralararo ishchi guruhi vositasida amalga oshiriladi. Monitoring va baholash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoqlar, hududlar va har bir ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kutilayotgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar matritsasi ishlab chiqiladi. Mazkur matritsa va ko‘rsatkichlar asosida tizimli monitoring va baholash ishlari yo‘lga qo‘yiladi. 4.3. 2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi va Dasturni amalga oshirish natijasida 2030-yilgacha mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha quyidagilarga erishish kutiladi: issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish; qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish; sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish; yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish; iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish; yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish; respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish; hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish. 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash dasturiga ILOVA Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling