5. Barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish
31.
|
Respublikaning ayrim hududlari iqtisodiy bazasini diversifikatsiyalash, shahar va tumanlarni ularning ixtisoslashuvi asosida “yashil” iqtisodiyot tamoyillaridan kelib chiqib rivojlantirish.
|
Respublika hududlarining salohiyati va xususiyatidan kelib chiqib, ular iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish bo‘yicha quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
hududlarni klaster yondashuvi asosida sohalar bo‘yicha rivojlantirish, xususan mis qazib olish va metallurgiya (Olmaliq sh.), kon va kimyo texnologiyasi (Navoiy sh.), qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnopark (Chirchiq sh.), avtomobilsozlik (Jizzax sh.), farmatsevtika (Zangiota t.); axborot texnologiyalari (Qorako‘l t.);
Nukus, Buxoro, Jizzax va Namanganda innovatsion IT parklarni rivojlantirish;
salohiyatli chegara hududlarida transchegaraviy erkin savdo zonalarini rivojlantirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2023-yil iyul
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
32.
|
Nomarkazlashtirish siyosatini davom ettirish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish.
|
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning joylardagi ijrosi samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi yo‘nalishlarda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning ta’sirini kamaytirish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini ko‘rish bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiyalari va vakolatlarini mahalliy davlat boshqaruvi va hokimiyat organlariga o‘tkazish;
iqlim o‘zgarishi ta’siri yuqori bo‘lgan aholi qatlamini ushbu o‘zgarishlarga moslashishini qo‘llab-quvvatlash borasida mahalliy ijro organlari, fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqish;
mahalliy budjetlarning xarajatlar parametrlarida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini ko‘zda tutish, mahalliy budjetlardan yo‘naltiriladigan investitsiyalar va boshqa xarajatlar uchun “yashil” mezonlarni ishlab chiqish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2023-yil dekabr
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
33.
|
Yo‘ldosh shaharlarni yaratishni hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalari shakllanishini boshqarish.
|
1. Atrofdagi qishloqlarning birgalikda rivojlanishi va shaharlarning kelajakdagi iqtisodiy o‘sishiga asos bo‘luvchi drayverlarni aniqlagan holda saralab olingan 5 ta shaharning o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2023-yil noyabr
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Birinchi bosqichda amalga oshirilgan pilot loyihasi asosida qolgan �aharlarning rivojlantirish strategiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish.
|
2024 — 2030-yillar
|
34.
|
Barqaror va yashash uchun qulay shahar infratuzilmasini yaratish.
|
Quyidagilarni qamrab oluvchi 2030-yilgacha Barqaror shaharlarni rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
har yillik tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarida suv ta’minoti, oqova suv tizimi, maishiy chiqindilarni boshqarish, shahar jamoat joylari, turizm va servis infratuzilmalari barpo etish va yaxshilashni qat’iy tartibda kiritish mexanizmini joriy etish;
shaharlar boshqaruvini va institutsional salohiyatini mustahkamlash;
2030 va 2050 yillarga borib shaharlardagi havo sifatini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan chegaraviy ko‘rsatkichlarga yetkazish choralarini belgilash va amalga oshirish;
amaldagi/kuchaytirilgan Ekodizayn qoidalari va ekomarkirovkalash tartibiga (Ecodesign Directive and Ecolabel scheme) to‘g‘ri keluvchi energetika bilan bog‘liq mahsulotlarni va boshqa iste’mol mahsulotlarini bozorda joylashtirishni taqiqlash;
BMTning Atmosferani ifloslantiruvchi moddalarni uzoq masofalarga tashish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CLRTAP), Havo ifloslanishini nazorat qilish milliy rejasi (NAPCP), EVRO-4dan oldingi �izel yoqilg‘isi yo‘l transport vositalarini tartibga solish qoidalarini joriy qilish;
“Yashil makon” loyihasi doirasida shaharlarda yashil maydonlarni 30 foizga yetkazish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish uchun shahar o‘rmonlari va yashil maydonlarni xaritalarga solish va rejalashtirish.
|
Milliy dastur loyihasi
|
2023-yil iyul
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
O‘zgidromet,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|