2.5. Barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish
Ustuvor vazifa — shaharlar va boshqa aholi punktlarining yashash qobiliyati va unumdorligini oshirish maqsadida aholi punktlarining “yashillik” darajasini oshirish, bino-inshootlar, shuningdek, transport va chiqindilarni boshqarishning barqarorligini ta’minlash hamda respublikada “yashil” (eko) turizmni rivojlantirish.
Ustuvor yo‘nalishlar:
a) ayrim hududlarning iqtisodiy asosini diversifikatsiya qilish — hududlarning YaHM yaratishga qo‘shgan hissasi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, ularni barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;
b) nomarkazlashtirish siyosatini davom ettirish — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish;
v) yo‘ldosh shaharlar yaratishni hisobga olgan holda, shahar aglomeratsiyasi shakllanishini boshqarish — ilg‘or energiya tejovchi va ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etishga asoslangan yo‘ldosh shaharlar yaratish, shu jumladan ijtimoiy, muhandislik, kommunal va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishni hisobga olgan holda, shahar aglomeratsiyasi shakllanishini takomillashtirish;
g) barqaror va yashash uchun qulay shahar infratuzilmasini yaratish — shahar aholisi va mehmonlarining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan barqaror va yashash uchun qulay shahar muhiti va infratuzilmasini (qurilish, binolar, energetika, transport, yo‘llar, suv ta’minoti va kanalizatsiya, “yashil” maydonlar va yo‘laklar, shahar va shahar atrofidagi o‘rmonlar) yaratish.
2.6. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida katta ta’sir ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aholi va ularning yashash joylarini qo‘llab-quvvatlash
Ustuvor vazifalar:
uzoq muddatli istiqbolda barqaror ish o‘rinlarini yaratish uchun “yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida aholining zaif hamda iqlim o‘zgarishi sababli ishsiz qolish xavfi bor qatlamlariga nisbatan qayta tayyorlash va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ishchi kuchi mobilligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli siyosat olib borish;
“yashil” iqtisodiyotga samarali o‘tish uchun yaratiladigan va mavjud ish o‘rinlari uchun yangi ko‘nikmalar bo‘yicha ishchi kuchini doimiy tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |