Maqsadi:Bolalarda sog’lomi jismoniy shakllanishni rivojlantirish va immunitetini mustahkamlash. Hamda yurish va yugurishga oid malakani rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Turli xil rangdagi kotokchalar, rangli lentalar, yumoshoq yostiqchalar, halqalar.
I. Tashkiliy qism: yurish, yugurishlar. II. Asosiy qism: a) umumrivojlantiruvchi mashqlar (2–3 ta va 3–4 marta takrorlanadi); b) 1 yoki 2 ta asosiy harakatlarga o‘rgatish; d) harakatli o‘yin.
III. Yakuniy qism: sekin yurish yoki kam harakatli o‘yin. Ertalabki gimnastika ham 3 qismdan iborat: I. Tashkiliy qism: yurish va yugurishlar.
II. Asosiy qism: umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l va yelka, o‘mrov o‘stiradigan mashqlar, oyoq muskullarini mustahkamlovchi mashqlar. Shulardan 3 xil mashq tanlab olinib, 3–4 marta takrorlanadi.
III. Yakuniy qism: tinch yurish yoki nafas olish mashqlari. Tanlangan mashqlarni ana shunday taqsimlash 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalarga jismonan to‘g‘ri rivojlanishga, mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha asta-sekin murakkablashtirishga yordam beradi. Tarbiyachi o‘z ishida tayyor mashqlar kompleksidan foydalanishi mumkin yoki o‘zi ham tuzishi mumkin. Mashqlarni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak: a) bolalarni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olishi; b) mashqlarni tanlashda bola organizmiga asta-sekin ta’sir etishini;
d) tanlangan mashqlarni yarmisi bolalarga tanish, takroriy, yarmisi esa yangi mashqlar bo‘lishi; e) ko‘p mashqlarni dastlabki holati o‘tirish, qorinda va orqada yotish; f) mashg‘ulotlarni yakuniy qismida albatta harakatli o‘yinni qo‘shib olib borish kerak. 2–3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, chiniqtirish tadbirlari, tizimlilik va izchilik asosida o‘tkazilsagina samarali ta’sir ko‘rsatadi.
2 videorolik
5 mavzu
1 Katta va tayyorlov guruh bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotini plan – konspektini tuzish (Amaliy)
Katta va tayyorlov guruhlarda mashg’ulotning har bir qismini tuzilishi, mazmuni va ularga doir uslubiy ko’rsatmalar berish , farqlashga o’rgatish.
Turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya ish formalaridan jismoniy tarbiya mashg’ulotini va kundalik hayotda olib boriladigan jismoniy mashqlarni mustaqil olib borishni talab qilish.
Mustaqil ish. Amaliyotda jismoniy tarbiya mashg’ulotini mustaqil bajarish va tahlil qilish. O’quvchilarga dastur bo’yicha turli yosh guruhlarga mashg’ulot konspektini berish
Do'stlaringiz bilan baham: |