207-guruh talabasi Kadamova Munira Fan: Aruz nazariyasi asoslari Mavzu: Mustaqillik davrida aruz. Gʻazal toʻplash va tahlil qilish
Download 116.39 Kb.
|
Kadamova Munira aruz
- V - - /- V - - /- V - - /- V-
-V - -/ - V - - /- V - -/ - V - bo'lib, o'qilish ohangi foilotun foilotun foilotun foilundir. Agar sof bo'g'in nuqtai nazaridan hisoblab ko'riladigan bo'lsa, u har bir misrada o'n beshtadan bo'g'in bo'lishini taqozo etadi. Vaholanki, keltirilgan misolimizda har bir misrada o'n to'rt bo'g'in mavjud. Biroq A.Oripov aruzning o'ziga xos xususiyatlarini nozik darajada o'zlashtirgani uchun, alohida bir undoshning qisqa hijo vazifasini bajara olish imkoniyatidan o'z o'rnida foydalana olgan. Shunga ko'ra oxirgi rukndagi «xorlar» va «morlar» ko'rinishda ikki bo'g'in bo'lsada, hijo nuqtai nazaridan uch qismdan iborat. Demak, ularning o'qilishi xor-lar hamda mor-lar tarzida bo'ladi. Xuddi shu holda vazn ham o'z mukammalligiga erishadi.Shoir yolg'iz ramalda emas, balki hazajda ham o'z mahoratini ko'rsata bilgan. Xullas, A.Oripovning g'azallarida mumtoz an‘ananing asosiy xususiyat va fazilatlari to'lig'icha namoyon bo'lgan. Ammo, shoir faqat shu bilangina chegaralanib qolganida, badiiy kashfiyot haqida, an‘ana zaminida yuzaga kelgan yangi topildiklar haqida gapirib o'tirish ortiqcha bo'lardi. Buning ustiga mavjud adabiy muhit va real-tarixiy sharoitning ham mutlaqo boshqacha ekanligini unutmaslik lozim. «Harf o'yin aylay desam, o'zga erur imlo bugun» misrasi vositasidagi ta‘kid ayni shu haqiqatni ifodalamoqda. Bugina emas, dadil aytish mumkinki, A.Oripov yigirmanchi asr oxirida aruzni barmoqqa yaqinlashtirgan yoki aruzda barmoq ohanglarining ham mujassamlashuvini ta‘min eta olgan shoirdir. Gap shundaki, A.Oripov g'azallarining ko'pchiligi shubhasiz aruzda yozilgan bo'lishiga qaramay ularni barmoq ohangi bilan ham o'qish mumkin. Yuqorida keltirilgan g'azalni aruzning ramali musammani mahzuf vaznida yozilganini qayd qilgan edik. Bu vaznning rukn ko'rinishlari so'zlarning chegarasiga daxldor emasligi ham ma‘lum. Vaholanki, turoqlarni so'zlar chegarasi bilan uyg'un bo'lishini taqozo etadigan barmoq ham ayni shu g'azalning boshidan oxirigacha tadbiq etilishi mumkin. Unda har bir misraning ko'rinishi 7+7=14 shakliga ega bo'ladi. Masalan: Download 116.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling