207-guruh talabasi Kadamova Munira Fan: Aruz nazariyasi asoslari Mavzu: Mustaqillik davrida aruz. Gʻazal toʻplash va tahlil qilish
Download 116.39 Kb.
|
Kadamova Munira aruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Choʻlponning "Tabiatga" gʻazalida ham vazndan chiqishlar mavjud. Gʻazalda shoir atay aruzdan chekingandek tasavvur uygʻonadi.
- Ramali musammani maqsur
Aruzda sifat oʻzgarishlari.
Choʻlponning " Turkistonlik qardoshlarimizga" nomli g'azali ramali musammani maxzuf vaznida yozilgan. Radifli qofiyasi mazkur gʻazalda birinchi misradanoq vazndan chiqish kuzatiladi. Il-mu ma'-ri/ fat ham hu-nar-dan/ qol-di max-rum/ biz-ni xalq, Ma'-ri-fat-siz/ like ba-lo-si/ ga yo'-liq-qan/ biz-ni xalq Birinchi misradagi dam soʻzi ortiqcha xijo boʻlib, undan voz kechilgandagina taqte quyidagicha koʻrinish oladi: —V— —/ —V— —/ —V——/—V— va foilotun foilotun foilotun foilun afoiliga ega boʻlamiz. Gʻazalda soʻzlar talaffuz bilan vaznga sozlangan oʻrinlar ham bor: Bo'l-di-lar boy / ar-ma-ni-lar / pi-vo sot-mak /lik i-la, –V– – / –V– – / –V– – / –V– foilotun foilotun foilotun foilun Top-ga-ni-ga/ o-li-b ich-gay/ xo- r bo'l-gay/ biz-ni xalq –V– – / –V– – / –V– – / –V– foilotun foilotun foilotun foilun tarzida. Bunda istixlof mavjud, ya'ni armanilar, topganiga soʻzlaridagi -ni qisqa hijo vazn talabi bilan choʻziq, ya'ni -niy tarzida talaffuz qilinadi. Istixlof vazndan chiqish emas, balki ohang imkoniyatlaridan kengroq foydalanisdir. Choʻlponning "Tabiatga" gʻazalida ham vazndan chiqishlar mavjud. Gʻazalda shoir atay aruzdan chekingandek tasavvur uygʻonadi. Kel ma-lak kel/ kel pa-ri kel / kel o'-pay bir / er-ka-lab, –V– – / –V– – / –V– – / –V– foilotun foilotun foilotun foilun Kel qu-yosh chiq/ qun-cha o'p-tir/ kel o'-pay bir / er-ta-lab –V– – / –V– – / –V– – / –V– foilotun foilotun foilotun foilun Ya'ni ramali musammani maxzuf vaznida. Keyingi baytni koʻraylik: Kel qu-choq-lay / kel qo'-ling-ni/ bar-mo-g'ing-ni/ bir ko'-ray –V– – / –V– – / –V– – / –V– foilotun foilotun foilotun foilun Kel ko'-zing-ga/ koʻz so-lay/ kel ko'-ray soʻng/ra o'-lay –V– – / –V– / –V– – / –V– foilotun foilun foilotun foilun Dastlabki uch misra ramal baxrida, ammo toʻrtinchi misrada oʻzgarish bor, unda uch misradagi ruknlar takrori yoʻq. Toʻrtinchi misrada ramal baxtiga mansub foilotun foilun ruknlari erkin takrorlanadi, ammo aruz amaliyotida bu ruknlar takroridan biror vazn tarmogʻi hosil boʻlmaydi.Bu oʻrinda shoir rukn va tuproqni tenglashtirishga urinadi, aruz ruknlarini erkin takrorlash orqali turoqlanishga yoʻl ochadi. Ruknni tuproqqa tenglashtirish bilan aruzdan barmoqqa oʻtib boriladi, yanada aniqroq ifodalasak, barmoqqa oʻtishda aruzdan toʻla voz kechmaydi, aruz asosiga tayangan xolatda oʻtiladi. Gʻazalning keyingi baytlari boʻlsa toʻliq ramal baxrida davom etgan boʻlib, shoir yana aruz chegarasida qoladi: Kel-ma-kel-ma /ey pa-ri sen/ tan-la-ring nur/ dir se-ning Tan-la-ring nur/ yuz-la-ring nur/teng-la-ring dur/dir se-ning –V– – / –V– – / –V– – / –V– foilotun foilotun foilotun foilun tarzida. Gʻazal masnaviy tarzida qofiyalangan boʻlib,uning janr belgilari ham oʻzgarishga uchragan. E.Vohidov "Uzum"radifli g'azali tahlili Ter-mu-lar shab/ nam-da yap-roq/ os-ti -dan pin/ hon u-zum -V - - / - V - -/ - V - -/ - V - Lab-la-ring-ga / yet-mo-q is- tab/ tong sa- har gir/ yon u-zum. -V - - / - V - -/- V - -/ - V - Ramali musammani maqsur vaznida bitilgan ushbu g"azalda fikrni oddiy tarzda ifodalash usuli orqali shoir dunyoqarashi hayotiy tirikchilik pallasidan pog'onama - pog'ona o'sib, umrboqiy mavzu sanalmish "ishq" mavzusi darajasiga ko'tarila olgan. Download 116.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling