207-guruh talabasi Kadamova Munira
Fan: Aruz nazariyasi asoslari
Mavzu: Mustaqillik davrida aruz. Gʻazal toʻplash va tahlil qilish
A.Oripovning g'azallari faqat mazmunda emas, balki shakliy poetik xususiyatlari bilan ham klassik janrlar nazariyasining asosiy talablariga javob bera biladi. Ularga xos bir xususiyatni alohida tilga olish joiz. Bu - ularning, asosan, ramal vaznida yozilgani hisoblanadi.Ramal mumtoz adabiyotimizda turkiy tilning vazni, turkiy tilning tabiatiga nihoyatda muvofiq kelishi ilmda isbotlangan. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy g'azallarining katta qismi ayni shu vaznda ekanligi ham bu da‘voning dalilidir.
Abdulla Oripovning "Furqat nidosi", "Ketmoqdaman", "Bul ajab", "Bu kun", "Noma" singari g'azallari ham ramalda bitilgan.
Vah-ki ishq sah/ro-si-da qol/dim be-ishq tan/ho bu kun,
Chiq-ma Qays o/him bi-lan yon/moq-da bu sah/ro bu kun.
- V - - /- V - - /- V - - /- V~
-V - -/ - V - - /- V - -/ - V ~
Ushbu g'azalda ramalning rukni-foilotun sakkiz marta qo'llanilgan. Faqat
oxirgi ruknda u to'liq holda emas, balki maqsur holatida uchraydi. Shunga ko'ra bu vazn nomi - ramali musammani maqsurdir.
Yax-shi qol ey/dil-ba-rim dil/da qa-dar ket/moq-da-man,
Ishq a-ro en/di ho-lim ze/ru-za-bar ket/moq-da-man
- V - - /- V - - /- V - - /- V~
-V - -/ - V - - /- V - -/ - V ~
matla‘li g'azal ham, shuningdek, "Noma", "Furqat nidosi" kabi g'azallari ham shu vaznda yozilgan. Bularning hammasida an‘anaviy shakllarda yangi ma‘no, yangi mazmun ifodalanishiga ham boy imkonlar berishini ko'rsatib turibdi.
Endi boshqa bir misolga murojaat qilaylik:
Bul a-jab xor/kim-sa-din im/dod so‘-ray/di xor-lar,
Siz bemor ko‘ksiga bosh urmangiz, ey bemorlar.
Bu satrlar ham ramal bahrida yozilgan, faqat u ramali musammani mahzufdir. Bir qarashda sodda ko'ringan bu vazn shoirdan ancha mahorat talab qilganiga shubha yo'q, uning paradigmasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |