20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги
Download 1.69 Mb.
|
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli tipdagi bug‘doy donlarining diafanoskopda ko‘rinishi
Ishni bajarish tartibi
Shaffoflikni DSZ- 2 diafanoskopi yordamida aniqlash Ishni bajarish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi. Kasseta asbobdan chikarilib, unga aralashmalardan tozalangan bug‘doy yoki qobig‘i olingan sholi donalari solinadi, kassetani aylanma harakatga keltirib, gorizantal yuzasi bo‘ylab joylashgan 100 dona xonachasiga bittadan don bilan to‘ldiriladi. Kassetani qimirlatib, ortiqcha donlar tushiriladi. Uning don bilan to‘laligi tekshiriladi. Agar xonalariga don tushmagan bo‘lsa, ulardan bittasi chiqarib. Kasseta asbobning korpusiga o‘rnatilib, chiroq yoqiladi. Buragich yordamida kasseta shunday siljitiladiki, bunda ko‘rish maydonida don bilan to‘lgan birinchi qator paydo bo‘lsin. Sanoqli boshqaradigan dastak yordamida hisoblagich shunday tayyorlanadiki, bunda yuqori tabloda 00 va quyi tabloda 50 raqamlari xosil bo‘lsin. Turli tipdagi bug‘doy donlarining diafanoskopda ko‘rinishi.
Asbobning ko‘rish maydonchasini himoya qiluvchi niqobi engashtirilib, linza orqali donning birinchi qatori kuzatiladi. Shaffof donlar (to‘la yorug‘likni o‘tkazadigan) va alohida unsimon mag‘izli donlar (yorug‘likni butunlay o‘tkazmaydigan) sanaladi. Dastakni soat strelkasi bo’yicha aylantirib, to‘la shaffof donlar, soat strelkasiga qarama-qarshi burab unsimon donlar soni hisoblagichda belgilanadi. Turli tipga tegishli bo‘lgan bug‘doy donlari diofanoskopda kuzatilganda ular orasidagi farqni ko‘rish mumkin. 3-rasm. Elektron diafanoskop “Yantar” Qisman yorug‘likni o‘tkazadigan yoki qisman yorug‘likni o‘tkazmaydigan donlar hisobga olinmaydi, so‘ngra burama dastak yordamida kasseta harakatlantirib, ikkinchi qatordagi donlar kuzatiladi. Hisoblagichga shaffof va unsimon donlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Barcha 10-ta qator donlar to‘g‘risidagi malumotlar shunday hisobga olinadi. Oxirgi qatorni tugashini kassetani ustidagi qizil chiziq bildiradi. Hisoblagichni quyi tablosida shaffof donlarning umumiy foizi. Yuqori tablosida esa butunlay shaffof donlarning miqdori foizlarda ko‘rsatiladi. Donning shaffofligini kesib tekshirish yo‘li bilan aniqlash. Shaffoflikni donning kesigini ko‘rish natijalari bo‘yicha aniqlashda bug‘doy yoki qobig‘i olingan sholi donining o‘lchanmasidan tanlamasdan 100 dona butun don ajratib olinadi. Xar qaysi donni tig‘ bilan o‘rtasidan (ko‘ndalangiga) kesiladi va kesim yuzasi qarab chiqilib, uning shaffof yoki unsimon donlar guruxiga taluqli ekanlligi aniqlanadi. Unsimon donlar yaqqol ajralib turgan donlarni kesmasida turib, qisman shaffof donlarga kiritish mumkin. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling