20–laboratoriya ishi. Amilazani kraxmalga ta'siri, kartoshka tarkibidagi tirozinazani aniqlash
Download 233.93 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya ishi-20
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar; 9 ta probirka, pipetka,sekundomer. Reaktivlar
20–LABORATORIYA ISHI. Amilazani kraxmalga ta'siri, kartoshka tarkibidagi tirozinazani aniqlash. 1- Laboratoriya ishi. Amilazaning kraxmalga ta’siri. Amilaza fermenti kraxmalni qandgacha parchalaydi. Amilaza fermentining muhim manbaalaridan biri don o’simliklari hisoblanadi. Ular quruq donda va ayniqsa unayotgan donlarning tarkibida ko’p miqdorda to’planadi. Unayotgan donlar tarkibidagi fermentlar eng yuqori aktivlikka ega bo’ladi. Kraxmal yod bilan ko’k rang beradi, uning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan dekstrin zarrachalar katta-kichikligiga qarab yod bilan binafsha, qo’ng’ir-qizil, sarg’ish va sariq ranggacha (yodning suvdagi rangi) o’zgaradi. SHuning uchun agar kraxmal eritmasiga amilaza fermentidan qo’shilsa maъlum vaqt ichida yod taъsirida aralashma avval ko’k, keyin esa binafsha, qizil, sarg’ish va sariq ranggacha o’zgaradi Kerakli asboblar; 9 ta probirka, pipetka,sekundomer. Reaktivlar: ferment shirasi (5-10) gramm ungan don yoki 5 kunlik don maysalari yaxshilab maydalanadi va kolbaga solinib ustiga 100 ml distillangan suv quyiladi. Yaxshilab aralashtirilib 30 minut davomida qoldiriladi, so’ngra fil’trdan o’tgan suyuqlik ferment shirasi hisoblanadi. Yodning 1% li eritmasi, kraxmalning 0,5% li eritmasi Ish tartibi. 9 ta probirka olib har biriga 2-3 ml distirllangan suv va bir tomchidan 1% li yod eritmasidan quyiladi. Alohida 10- probirkaga 2-3 ml kraxmalning 0,5% li eritmasidan olib uning ustiga 1 ml ferment shirasidan quyiladi. Vaqtni belgilab, probirkadagi aralashmani yaxshilab chayqatiladi. So’ngra pipetka yordamida 1 tomchi aralashma birinchi probirkaga solinadi. Probirkadagi suyuqlik ko’k rang beradi. Shunday qilib, har 30 sekunddan keyin 2-,3-,4-... va xakazo 9- probirkalarga bir tomchidan 10- probirkadagi aralashmadan solib chiqiladi. Probirkalardagi suyuqliklar yaxshilab aralashtiriladi va tegishli ranglar hosil bo’ladi. Agar ikkinchi probirkadagi suyuqlik ko’k rang bersa, undan keyingi probirkalarga birmuncha uzoqroq vaqtdan keyin, masalan, har bir minutdan so’ng solish kerak. Bordi-yu ikkinchi probirkada binafsha yoki qizg’ish rang hosil bo’lsa unda vaqtni tezlatish kerak, yaъni har 15 sekundda solish kerak bo’ladi. Probirkalardan biridagi sariq rang o’zgarmay qolsa, bu kraxmal gidrolizining tugaganligini bildiradi. Tajriba natijasi quyidagi jadvalga yoziladi. 1-jadval Amilaza fermentining kraxmalga taъsiri. Probirkalar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Suyuqlik rangi hosil bo’lgan mahsulot nomi Download 233.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling