21- ma’ruza Sanitar suv o‘tkazish sxm qatnashuvchisi Reja


Download 38.73 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi38.73 Kb.
#1121255

21- Ma’ruza
Sanitar suv o‘tkazish SXM qatnashuvchisi
Reja:

  1. Sanitar suv o‘tkazishni SXM qatnashuvchisi sifatida ta’riflashni zaruriyati;

  2. Daryoga yo‘l-yo‘lakay tashlanayotgan oqova suvlarni sifati qanday talablar qo‘yiladi;

  3. SXM qatnashuvchilarini suvdan foydalanishini takomillashtirish asosida sanitar suv utkazish imkoniyatini yaxshilash va miqdorini kupaytirish tadbirlari;



Tayanch so‘z iboralar: Sanitar suv utkazish, stvor, chikindi va zovur suvlar, tabiiy muhit, suv balansi, foydalanish, yerning yillik suv balansi, faraziya, gidromelioratsiya, isrofgarchilik, havza, ta’minlanganlik, suv ombori.

Sanitar suv utkazish deganda daryoni xisoblanayotgan (oxirgi) stvordan pastda uni suvini qabul kiluvchi o‘zani buylab va deltasida normal ekologik vaziyatni va suvni urnatilgan sifatini ushlab turish uchun utkazilishi kerak bo‘lgan ilmiy asoslangan suvni minimal xajmi tushuniladi. Suv resurslariga va atrof muhitga odamni xo‘jalik faoliyatini faol ta’sir kuratayotgan sharoitda sanitar suv utkazish miqdorini to‘g‘ri aniklash nixoyatda ahamiyatlidir.


Birinchi navbatda sanitar suv utkazshini miqdorini ekologik talablar asosida aniklanadi, lekin uni aniklash turli mamlakatlarda bir xil emas. Masalan AQShda kafolatlangan sanitar suv utkazish sarfini iqtisodiy kursatkichlar bilan aniklanadi. Kup davlatlarni (GFR, Vengriya, Avstriya, Yugoslaviya, ChF,SR, Rumыniya, Bolgariya) maydonini kisman yoki to‘liq o‘z ichiga olgan "Dunay daryosi" xavzasini shakliy loyixasini ishlab chikishda sanitar suv utkazish miqdorini suv transportini talablari va tabiat manzaralarini saqlash zarurligi bilan aniklanadi; GFRda - baliqchilik xo‘jaligini, suv sportini va grunt suvi satxini ma’lum chukurlikda ushlab turish manfaatlari bilan; Ruminiyada - daryo deltasidagi xo‘jaliklarni suvga bo‘lgan talablari bilan va xokazo.
Sobiq Sovet Ittifokida sanitar suv utkazishni xajmini xisoblash uchun qo‘yidagi yondoshishlarni o‘z ichiga olgan maxsus "Texnik sharoitlar" ishlab chiqilgan:

  • tartibga solingan daryolar uchun tugonni sanitar suv utkazishni garantiyalngan sarfi ekologik va suv xo‘jalik talablarini xisobga olgan holda urnatiladi;

  • suv tanqisligi sharoitida sanitar suv utkazish miqdori butun ko‘zatish davrida ulchangan tarixiy mutlak minimumdan kam bulmasligi kerak;

  • tartibga solinmagan daryolarda ekologik muvozanatni bo‘zilmasligi uchun sanitar suv utkazish miqdorini daryoni 95% li ta’minlangan yildagi urtacha minimal oyli sarfiga teng deb qabul kilinadi.

Izoxlangan sanitar suv utkazish miqdorini aniklash uslubi daryodagi suvni sifatini unga tashlanayotgan chikindi va zovur suvlar bilan bog‘liq holda o‘zgarishini va suvni sifatini urnatilgan xolatda saqlash kerakli gini xisobga olmaydi. Bu masalani echish uchun daryoga chikindi suvlarni tashlash natijasida suvni sifatini o‘zgarishini xisobga olmasdan turli suvlarni aralashishidan hosil bo‘lgan suvni sifatini urtacha miqdori kurinishida xisoblash mumkin. SRMF va MK shakliy loyixasida daryoni oxirgi stvorida suvni sifatini (kattik qoldik bo‘yicha) qo‘yidagi formula bo‘yicha xisoblash mumkin:

bu yerda: Sx - xisoblanayotgan stvordagi daryo suvini kidirilayotgan mineralizatsiyasi, g/l
Wo,So - tranzit suvini xajmi (m/yil; m/sut; m/s) va uni mineralizatsiyasi g/l;
W'1...W'n - turli suv iste’molchilardan daryoga tashlanayotgan chikindi suvlarini xajmi(m/yil; m/sut; m/s);
C1...Cn - suvni muxofaza qilishni ko‘zda to‘tgan tadbirlarni ta’sirini xisobga olgandagi turli suv iste’molchilardan chikayotgan chikindi suvlarni mineralizatsiyasi (g/l).
Shunga uxshash formula bo‘yicha oxirgi stvorda suvni sifatini boshqa kursatkichlarini xisoblash mumkin.
Yuqorida keltirilgan shartlarga muvofik loyixada bashorat xisoblash lar 3-variant (davr) uchun bajariladi: bor sharoit (200... y.), yaqin va o‘zoq kelajaklar. Bunda ikki xodisa ko‘zatiladi:

  • oxirgi stvorda suvni sifati undan past joylashgan SXK qatnashuvchilarini talabiga muvofik bo‘ladi, bu holda qo‘shimcha tadbirlar rejalashtirilmaydi;

  • oxirgi stvordagi suvni sifati undan pastda joylashgan SXK qatnashuvchilarini talablariga muvofik emas, bu holda daryodagi ifloslangan suvni sifatini suv bilan suyultirib muvofiklashtirish uchun daryo buylab utkazilishi kerak bo‘lgan suvni miqdori aniklanadi yoki iflos chikindi suvlarni birlamchi hosil bulish joylarida tozalash va qayta foydalanish tadbirlari tuziladi. Bu holda daryodan okizilishi kerak bo‘lgan sanitar suv utkazishni miqdorini keltirgan formula bo‘yicha W miqdorini Sx ni berilgan kursatgichida aniklanadi.

Ekologik vaziyatni saqlash uchun (masalan, daryo deltasida tabiiy sharoitni saqlash) oxirgi stvordan utkazilishi kerak bo‘lgan (sanitar) suvni miqdorini xar bir anik shu tadbirni ijtimoiy - iqtisodiy samaradorligidan chiqqan holda baxolanadi.
Sanitar suv utkazishni rejimi ko‘zda tutilgan tadbirlarni belgilanishiga bog‘liq (daryo suvini sifatini yaxshilash yoki ekologik vaziyatni saqlash). Agarda bosqich loyixasida sanitar suv utkazish oxirgi stvorda suvni sifatini yaxshilash uchun loyixalashtirlsa, unda shu oxirgi stvordan utayotgan suvni sarfini va sifatini yillik rejimini taxlil qilish kerak. Xuddi shundaykritik davrlarda suv iste’molchilarini talablarini kondirilishiga karatilgan daryo o‘zani buylab qirgoqni suv bostirish yoki baliq urchitish uchun maksimal suv okizish, daryoga minimal miqdorda chikindi suv tashlash va boshqa tadbirlar ham kuriladi.
Shundayqilib oxirgi stvordan utadigan sanitar suv rejimini talabalar daryo suvini rejimini, tashlanayotgan chikindi suvlarni xajmini va rejimini va shu stvorda kutilayotgan suvni sifatini urganish asosida urnatadilar.
SRMFvaMK shakliy loyixasida suvni (kerak bo‘lganda) tozalash insho otlarini tipik loyixalarini va boshqa ekologik va sanitar talablarni ta’minlash bo‘yicha suvni muxofaza qilish tadbirlari asoslanadi va ularni qiymati yiriklashtirilgan me’yoriy kursatgichlar (normativlar) bo‘yicha baxolanadi.
SXM katnushuvchilarini suv iste’mol qilish va chikindi suv chiqarish rejimi. Suv xo‘jalik balansini tuzish uchun suv resurslarini, SXM qatnashuvchilarini suv iste’molini va chikindi suvlarini umumiy yillik xajmini bilish kifoya emas, balki bu miqdorlarni yilning oylari davomida o‘zgarishini bilish zarurdir. Shuning uchun xar bir SXM qatnashuvchisi uchun umumiy yillik suv iste’moli va chikindi suv miqdorini aniklash bilan birga bu miqdorlarni yilning oylari davomida o‘zgarishini ham belgilangan % lar bo‘yicha xisoblanadi.
Download 38.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling