O’quv amaliyotini o’tkazish bosqichlari
| Faoliyat turlari |
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-bosqich.
O’quv mashg`ulotiga kirish 10 daqiqa
|
Mavzuni e’lon qiladi. Mavzu bo’yicha vazifalarni tushuntiradi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligi bilan tanishtiradi.
Ayollar xalatini bichish uchun qo’yiladigan texnik shartlar haqida ma’lumot beradi. O’quvchilarning nazariy bilimlarini test savollari bilan tekshiradi.
|
Eshitadi.
Eshitadi, kuzatadi. Test savollariga javob beradi.
|
2-bosqich.
Asosiy bosqich 210 daqiqa
|
Muayyan ayollar xalati modeli uchun gazlama tanlashni, bichishga tayyorlashni, tayyorlangan andozalarni texnik shartlarga asosan gazlamaga joylashni, bo’laklar qirqimlari bo’ylab andoza chiziqlari bo’yicha bo’rlashni, bo’rlangan gazlamani qirqishni amalda ko’rsatadi.
O’quvchilar bajarayotgan ishlarini kuzatadi va joriy yo’l-yo’riqlar beradi.
|
Usta bajarib ko’rsatayotgan ishni diqqat bilan kuzatadi.
|
3-bosqich.
Yakuniy 10-daqiqa
|
Har bir o’quvchining bajargan ishlarini qabul qiladi va yakun yasaydi. Bajarilgan ishlardagi yutuq va kamchiliklarni ko’rsatadi. Baholarni e’lon qiladi. Uyga vazifa va uni bajarish uchun yo’l-yo’riq beradi.
|
Bajargan ishini topshiradi. Baholarni eshitadi. Uy vazifasini daftarga yozib oladi.
|