21. Банкларда дастлабки назоратни ташкил қилиш. Bank dastlabki nazorati


Download 18.05 Kb.
Sana19.03.2023
Hajmi18.05 Kb.
#1284464
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi fanidan oraliq nazorat


Banklarda buxgalteriya hisobi fanidan oraliq nazorat
HBA-81i guruh talabasi Xatamova Mohinur
21. Банкларда дастлабки назоратни ташкил қилиш.
Bank dastlabki nazorati. Front-ofis xodimlari yoki mas'ul ijrochi buxgalter operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning samaradorligini bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mijozlardan hisob-kitob huiiatlarini qabul qilishda, ularning Markaziy normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozib to'g'ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to'liq va to'g'ri to'ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida chizish va tuzatishga yo'l qo'yilmaganligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf etuvchilarningimzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi. To'lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo'yish foydaianiladigan e'lonlarningsanasi uni bankka taqdim sana bir xiI bo'lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi.
Bankning mas’ul ijrochi buxgalteri yoki Front-ofis xodimi to'lov hujjati nusxalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o'zaro bir xilligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shundan so'ng, ijro etish sanasi ko'rsatilgan holda mas'ul xodim imzosi bilan va unga biriktirilgan bank shtampi qo'yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu nusxa huiiatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini bajaradi.
Naqd pulni berishda ishlatiladigan to'ldirilgan kundan boshlab, (to'ldirilgan kunni hisobga olmagan va huiiatda ko'rsatilgan sana to'g'rilanmagan holda) 10 kalendar
kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Chekni qabul qilishda mas'ul xodim dastavval unda ko'rsatilgan miqdor doirasida mijozning hisobvarag'ida mablag'lar yetarliligiga e'tibor qaratadi, shundan mas'ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasini, chekni topshirgan xo'jalik subyektining va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag'ning raqam va so'z bilan yozilgan summasini tekshiradi,
chekdagi irnzolar va muhr izini o'zidagi namunalari bilan
solishtiradi.
Download 18.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling