21-Mavzu: Adobe Flash dasturi interfeysi


Download 1.15 Mb.
bet10/13
Sana26.01.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1125779
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kompyuter grafikasi ma`ruza matn 2-курс

Mustahkamlovchi savollar:
1.Elektron grafika elementlariga nimalar kiradi?
2. Belgi turlarini sanab bering?
3. Adobe Flash kutubxonasida belgilar bilan ishlash haqida ma`lumot bering?.


28-Mavzu: Avtomatik animatsiya va ularning turlari..

REJA:
1.Avtomatik animatsiyalar


2 . Kadrli animatsiyalar
3.Turli sohalarda qo`llaniladigan animatsiyalar

Kompyuter tasvirlariga bo’lgan qiziqish, ularda juda katta hajmdagi ma`lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo’lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.


Kompyuter grafikasi mustaqil yo’nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo’ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O’sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko’rinmas chiziqlarni o’chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo’nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya`ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo’naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va ob`ektlarni o’rganishga qaratildi. Bu yo’nalish uch o’lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o’lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o’lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog’lik masalalarning paydo bulishi uch o’lchovli grafikaga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirdi.
90-yillarda kompyuter grafikasining qo’llanish sohalari ancha kengaydi, ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo buldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo’nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Bu tamoyillarga ko’ra tasvirlarin bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro’yxatga olish imkoniyati mavjud bo’lishi kerak. Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo’ldi. EHMlar funktcional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatciyasini ta`minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarni quyidagi uchta guruhni ajratish mumkin:

  • kimyo, tibbiyot, astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko’rgazmali namoyish etish;

  • harakatdagi holatlar tasavvurini (imitatciya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter o’yinlari va boshqalar);

  • kino va televideniya uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar.

Aynan shu yo’nalishlarda kompyuter grafikasini rivojlantirishda asosiy qiyinchiliklarga duch kelindi. Ular uchun modellarning yuqori aniqligidan tashqari EHM imkoniyatlariga ham yuqori talablar qo’yiladi.
Kitobxonlar e`tiboriga taklif etilayotgan ushbu o’quv qo’llanmada kompyuter grafikasining

  • Nuqtali (rastrli);

  • Ob`ektli (Vektorli);

  • Fraktal

turlari haqida boshlang’ich tushunchalar keltirilgan.
Injenerlik grafikasida ilk bor haqiqiy ob`ektlarini uch o’lchovli koordinatada modellashtirish imkoniyati tug’ildi. Injenerlik grafikasi tasvirlarni avvalo o’zaro tutashtirilgan karkas shaklidagi rasmlardan boshlab zamonaviy murakkab ob`ektlarni ekranda turli ranglarda va turli ko’rinishdagi tasvirlarini olishgacha bo’lgan rivojlanish bosqichini bosib o’tdi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, ko’rgazma grafika tijorat va namoyish grafikasining yig’indisidan iborat. Shunday qilib ko’rgazma grafigi tijorat va namoyish grafikalarini bazaviy funktciyalari to’plamidan iborat va u quyidagi uch xil masalani echishga imkon beradi:

Bunday sinfdagi dasturiy ta`minotiga quyidagilarni kiritish mumkin:
HarvardGraphies, FreelancePlus, Hollywood, Microsoft Power Point for Windows va xokazo.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling