21-mavzu: Globallashuv va ekologik ziddiyatlar. Reja


Download 40.43 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi40.43 Kb.
#1540302
  1   2   3   4

21-mavzu: Globallashuv va ekologik ziddiyatlar.
Reja

  1. Globallashuv va ekologik ziddiyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va munosabatlari.

  2. Ekologik ziddiyatlarni xavfsizlikka tahdid ekanligi va uning ko‘rinishlari.

  3. Ekologik muammolar va uning g’oyaviy-mafkuraviy ta’sirining oldini olishda jahon hamjamiyati.


Globallashuv va ekologik ziddiyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va munosabatlari.
Ekologik ziddiyat - inson va tabiat o’rtasidagi uyg’unlikning buzilishi bilan bog’liq hodisadir. 1972 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan 5 iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni deb e’lon qilingan. Mana 45 yildirki, ushbu bayram dunyo mamlakatlarida atrof-muhitni muhofaza qilishdek ezgu ishga jamoatchilikni yanada kengroq jalb etish maqsadida keng nishonlanib kelinmoqda. Ayniqsa, bugun dunyoning u yoki bu burchagida ekologik vaziyat murakkablashib borayotgan bir paytda atrof-muhit muhofazasi jahon hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan.
Ekologiya (yun. — uy, turar joy va logos – fan, ta’limot) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʼrganadigan biol. fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarni oʼrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. «Ekologiya» terminini 1866-yil nemis olimi E. Gekkel organizmlarning atrof-muhit bilan munosabatlarini belgilash uchun taklif etgan. Ekologiyaning fan sifatida yuzaga chiqishi XVIII — XIX-asrlarda yashagan naturalistlar va geograflarning ishlari bilan bogʼliq. XIX-asrning oxiri va XX-asr boshlarida tadqiqotchilar ayrim omillar, ayniqsa, iqlimning organizmlarning tarqalishi va dinamikasiga taʼsir etishiga eʼtibor berishdi.
Mamlakatimizda ham bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqilligimizning o‘tgan yillari mobaynida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligini himoya qilish borasida sohasida ulkan ishlar qilindi.
Yurtimiz Ona-tabiatini saqlash, aholi salomatligini himoya qilish munosabatlarini tartibga soluvchi o‘ziga xos qonunchilik bazasi yaratildi. Ular jumlasiga 30 dan ortiq qonun va 150 dan ortiq qonunosti hujjati, hukumat qarorlari, mas’ul tashkilotlarning me’yoriy-huquqiy aktlari, texnik reglamentlar, uslubiy ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar kiradi.
Global ekologik muammolar keskinlashgan sharoitda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishga qaratilgan qonunlar, qonunosti hujjatlari, davlat dasturlarining qabul qilinishi va ularning ijrosi bo‘yicha izchil ish olib borilayotgani tufayli istiqlol yillarida atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi qariyb ikki barobarga, ozonni emiruvchi moddalardan foydalanish 99,5 foizga, ifloslangan chiqindi suvlar hajmi 2 barobarga kamaydi. O‘simliklarni himoya qilishning biologik usullariga o‘tildi.
Ekin maydonlari tizimida don, sabzovot va kartoshka ekinlarini ko‘paytirish tendensiyasi o‘rnatildi va bugungi kunda paxta ekini maydonlari qisqarib, umumiy ekin maydonlarining 30 foizidan oshmaydi.
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tadbirlar faollik bilan amalga oshirilmoqda. Betakror, noyob flora va fauna vakillarini, shuningdek, biologik xilma-xillik geofondini saqlab qolish uchun milliy qo‘riqxonlar, bog‘lar, buyurtmaxonalar va ekologik markazlar rivojlantirilmoqda.
Suv manbalarini muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish mamlakatimizning barqaror taraqqiyotida hal qiluvchi masalalardan biriga aylandi.
Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, ayrim hududlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashning bir qancha echilmagan muammolari hamon saqlanib qolayotganligi kafolatlangan suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilashni talab etmoqda.
Mavjud muammolar echimini topish, ularni bartaraf etish, chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, hududlar sanitariya holatini yanada yaxshilash, aholi salomatligini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda chiqinidilarni boshqarishning yangicha mexanizmini joriy etish borasida ishlar olib borilmoqdaki, bu o‘z navbatida ekologik muammolarni hal etishda turli xil chiqindilarni qayta ishlash va uning me’yor hamda turlarini kamaytirish, ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida qayta foydalanish orqali atrof muhitga chiqadigan ekologik salbiy oqibatlarning oldini olish va bundan tashqari, aholini, ayniqsa yoshlarni chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish ta’limi asosida o‘qitish, ularning bu sohadagi bilimini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi 11 ta xalqaro konvensiya, bitim va ular doirasidagi 7 ta ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaga qo‘shilgan. Bioxilma-xillikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha 4 ta konvensiya va 5 ta xalqaro kelishuv, transchegaraviy suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi 2 ta konvensiya hamda BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi va Kioto protokoli, Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya va Monreal protokoli, Chiqindilarni transchegaraviy tashishni tartibga soluvchi Bazel konvensiyasi shular jumlasidandir.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, atrof- tabiiy muhitga, aholi sogʼligʼi va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarning oldini olishni oʼz faoliyatimizning ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida belgilab oldik.
2019 yil 9 oktyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 11 oktyabr kuni Senat tomonidan maʼqullangan Oʼzbekiston Respublikasining "Biologik xilma-xillik haqidagi Konventsiyaning bioxavfsizlik boʼyicha Kartaxena protokoliga qoʼshilishi toʼgʼrisida" qonuni imzolandi. Ushbu Protokol 2000 yil 29 yanvarda Monrealь shahrida qabul qilingan boʼlib, hozirga qadar unga 171 ta davlat hamda xalqaro tashkilot sifatida Yevropa Ittifoqi qoʼshilgan. Mazkur Konventsiyaning asosiy maqsadi madaniy oʼzini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va ragʼbatlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlik hamda hamfikrlikni mustahkamlash asosida turli madaniyatlarning erkin hamkorligi uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
2019-2028-yillarda Oʼzbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etilmoqda. Uning asosiy maqsadi biologik xilma-xillik Konvensiyasi talablarini amalga oshirishdan iborat.
Unga koʼra, biologik xilma-xillikni saqlash va undan oarqaror foydalanish, ekologiktizimlarni muhofazaqilishni, oziq-ovqat xavfsizligini, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni, mamlakat barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun 2030 yilgacha Milliy strategik maqsadlar belgilandi.


Download 40.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling