21-mavzu: Globallashuv va ekologik ziddiyatlar. Reja


Ekologik ziddiyatlarning xavfsizlikka tahdid ekanligi va uning koʼrinishlari


Download 40.43 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi40.43 Kb.
#1540302
1   2   3   4
Ekologik ziddiyatlarning xavfsizlikka tahdid ekanligi va uning koʼrinishlari.
Mamlakatimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini shakllan-tirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar hamda globallashuv davrida yuzaga kelayotgan mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolar atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoya qilish masalalari sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirishni, yangi qonunlarni ishlab chiqishni taqqozo etmoqda.
Zero, qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ishlab chiqilayotgan qonunlarni xalqaro amaliyot va andozalarga mos bo‘lishi, ularni keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish hamda qonun ijrosini ta’minlash parlamentning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.
Shundan kelib chiqib, Ekoharakat deputatlari guruhi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan ekologik qonunchilikni yanada takomillashtirish, qonunlar normalaridagi ziddiyatlarni, “oq dog‘” larni aniqlash va bartaraf etish maqsadida sohaga oid qonun hujjatlari va ular bilan bog‘liq boshqa qonun xujjatlarini har taraflama xatlovdan o‘tkazilib tahlil qilindi. Uning natijasi o‘laroq, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamda Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari tomonidan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi, yangi qonun loyihasini ishlab chiqish hamda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi; “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.
Ushbu qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar birinchi navbatda O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy, shu jumladan biologik resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan iqtisodiy va ekologik siyosatni ro‘yobga chiqarish uchun qo‘shimcha huquqiy asoslar yaratish, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish masalalarini qonunchilik jihatidan samarali tartibga solishga, huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirishga, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf qilishga, jamoatchilik nazorati tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish nafaqat O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi, balki ekologiya va aholi salomatligini saqlash bilan bog‘liq dolzarb muammolarni ham hal etishga yo‘naltirilgan1.
Fan-texnikaning jadal rivojlanishi, aholi sonining keskin oshishi oziq-ovqat, yoqilg‘i va boshqa mahsulotlarni ko‘proq ishlab chiqarishni taqozo etmoqda. Hozirgi davrga kelib, tabiiy zaxiralardan foydalanishning keskin ko‘payishi, insoniyatning tabiat qonuniyatlariga bo‘ysunmasligi oqibatida ekologik muammolarning dolzarbligi yanada oshib bormoqda.
Bugungi kunda sayyoramiz aholisining har oltinchisi ekologik nomaqbul hududda yashaydi, har o‘ninchi katta daryo bir necha oy mobaynida dengizga etib bormaydi.
Ekologik xavfsizlikning eng nozik va murakkab qirralaridan biri – toza ichimlik suvi muammosi dunyo aholisini jiddiy tashvishga solmoqda. Chunki ayni paytda jahon aholisining 40 foizi toza ichimlik suvi etishmaydigan joylarda yashamoqda. Bu holat 2025 yilga borib yanada murakkablashib, har o‘n odamdan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi tanqis bo‘lgan hududlarda yashash ehtimoli bor.
Yiliga er yuzidan 13 mln. gektar o‘rmonzor yo‘qolib ketmoqda. 2050 yilga borib hayvonot turlarining 25 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida qolishi mumkin. Biologik turlarning tabiiy sur’atlardan 100 marotaba tezroq tugab bitish xavfi bor. Iqlim geografiyasi o‘zgarmoqda. So‘nggi 15 yilda o‘rtacha harorat eng yuqori ko‘rsatkichga etdi.
Bu muammolar mintaqamiz uchun ham o‘ta dolzarb. Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojialardan biridir. Sayyoramizdagi qadimiy yopiq suv havzalaridan biri bo‘lgan Orol dengizi yirikligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan. Bugun dengizning hajmi 13 barobarga, maydoni 7 barobarga qisqardi. Suv chegarasi yuzlab kilometrga chekindi, sho‘rlanish, ya’ni minerallashuvi g‘arbiy qismida 120 g/l ga, sharqiy qismida 280 g/l gacha etdi.
Ekologik halokat oqibatlari Orolbo‘yi aholisining turmush tarziga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Bugun xalqaro miqyosdagi ekologik muammolarning murakkab majmui Orol fojiasida o‘z aksini topdi. Ochig‘i, mintaqadagi barcha jarayon va holatlar global iqlim o‘zgarishi sharoitida yanada keskinroq, shiddatliroq namoyon bo‘lmoqda.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga bo‘lgan ehtiyoji asosan transchegaraviy daryolar – Amudaryo va Sirdaryo hisobiga qondiriladi. Iqlim o‘zgarishi, global haroratning oshishi tufayli Amudaryo va Sirdaryoning suv zahirasi manbai bo‘lgan muzliklar yaqin kelajakda 15–20 foizga kamayishi kutilmoqda.
Orol dengizining qurigan qismida maydoni taxminan 5,5 mln. gektar bo‘lgan yangi cho‘l – Orolqum, oppoq tuz bilan qoplangan keng hududlar paydo bo‘ldi. Undan yuzlab kilometrga millionlab tonna tuz, chang va qumlarni tarqatuvchi dovullar ko‘tariladi. Tuz shleyflari 400 km. dan oshadi, qumli va tuzli bo‘ronlarning ta’sir doirasi – 300 km. gacha etmoqda. Har yili atmosferaga 100 mln. tonnagacha qum aralash tuzli changlar ko‘tariladi. O‘tgan asrning 80-yillari boshidan buyon bunday dovullar yiliga 90 kundan ortiq sodir bo‘lmoqda.


Download 40.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling