21-mavzu: Globallashuv va ekologik ziddiyatlar. Reja


Ekologik muammolar va uning g’oyaviy-mafkuraviy ta’sirining oldini olishda jahon hamjamiyati


Download 40.43 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi40.43 Kb.
#1540302
1   2   3   4
Ekologik muammolar va uning g’oyaviy-mafkuraviy ta’sirining oldini olishda jahon hamjamiyati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar salmog‘i aholi jon boshiga yiliga bir foizga ortib bormoqda. Xo‘jalik faoliyati natijasida atrof-muhitga yuzlab turdagi chiqindilar chiqariladi. Bugungi kunda ularning atigi bir necha turlaridan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanilmoqda, xolos. Chiqindilardan foydalanish atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq bir qator muammolarni hal etishga xizmat qiladi. Jumladan, bunda birlamchi xomashyoni ishlatish sezilarli darajada qisqaradi, atrof-muhitning ifloslanishi, xomashyoni qayta ishlash jarayoniga sarflanadigan mehnat sarfi kamayadi. Ba’zi mamlakatlarda birlamchi xomashyo resurslarining tugab borayotganligi ishlab chiqarish texnologiyalarining faqat ikkilamchi xomashyoni qayta ishlashga tatbiq etilishiga olib kelmoqdaki, bu o‘zining sezilarli iqtisodiy samarasini berayotir. Masalan, chiqindi qog‘ozni qayta ishlashdan olingan qog‘ozga yog‘ochdan olinadigan qog‘ozga nisbatan 60 foiz kam energiya sarflanadi va bunda havoning ifloslanishi 15 foizga, suvning ifloslanishi esa 60 foizga kamayadi.
Insonning tabiatga noto‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi natijasida yuzaga keladigan salbiy holatlarning oldini olishda ekologik ta’lim-tarbiyaning o‘rni nihoyatda katta. Ota-bobolarimiz qoldirgan nodir meros – musaffo osmon, tiniq suv, toza tuproq, er osti va yer usti boyliklarini asrash, ularni asl holida kelgusi avlodlarga topshirishni tushuntirish eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan umummilliy masaladir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, Vatan ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog‘liq. Bu, o‘z navbatida, har bir yurtdoshimiz zimmasidagi yuksak fuqarolik mas’uliyatini his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi. Yuksak ma’naviyatli xalqimiz ona Vatanni asrash muqaddas burch ekanligini e’tirof etib kelgan. Qarangki, xalqimiz mo‘‘tabar «Ona» so‘zini tabiatga nisbatan ham qo‘llab, Ona tabiat deb, tabiatimizni ham e’zozlaydi.
Darhaqiqat, milliy ma’naviyatimiz ildiziga chuqur singib ketgan va asrlar osha uning takomil bosqichlarida chuqurlashib, teranlashib borgan xalqimiz qadriyatida tabiatga bo‘lgan ehtirom beqiyosdir, yurtimizda uni e’zozlash an’anasi esa insoniyat tarixi qadar qadimiydir.
Ekologik ta’lim tizimining dolzarbligi mamlakatimiz tabiatini asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o‘ta jiddiy, hayotiy masalaga aholining barcha qatlami, ayniqsa, yoshlar tomonidan salmoqli hissa qo‘shilishi zarurligi bilan belgilanadi.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi qarorida belgilangan aniq maqsad va vazifalarni hamda yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi «O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish» konsepsiyasi respublikamizda ekologik ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
E’tirof etish joizki, Prezidentimizning 2017 yil 12 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzalarida ham ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, har bir insonda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hissini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratib, «...Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur. Albatta, bunday muammolarni faqat ma’muriy yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi, bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin», – deb ta’kidlagan edi. Mazkur sohadagi vazifalarning ko‘lami mamlakatda ekologik holatni yaxshilash va yuzaga kelgan muammolarni yaxlit holda hal etishda jamiyatning barcha kuchlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish zaruratini qo‘ymoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tgan yil dekabr oyidan Orol dengizining qurigan maydonining 363 ming gektariga saksovul urug‘ini ekish boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi «Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» – himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish, ushbu hududlarda cho‘l o‘simliklaridan himoya o‘rmonzorlari barpo qilishni samarali tashkil etish hamda global iqlim o‘zgarishlari, Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida 2019 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar uchun 100 milliard so‘m ajratildi.
Yuqoridagi sa’y-harakatlar bu boradagi amaliy ishlarning ilk qadamlari sanaladi. Darhaqiqat, ekologik muammolar ijtimoiy-g‘oyaviy va hududiy chegara bilmaydi. Ularning oldini olishda yagona samarali yo‘l, dunyo xalqlari, barcha millat va elatlar e’tiborini tabiat hamda jamiyatdagi nomutanosiblik, uning kun sayin keskinlashib borayotganligiga qaratish lozim.
Xulosa shuki, ota-bobolarimizdan meros hisoblanmish ona tabiatni sofligicha kelgusi avlodlarimizga etkazish nafaqat tabiatni muhofaza qiluvchi mutaxassislar, balki har bir inson uchun ham qarz, ham farzdir2.

Download 40.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling