21-Mavzu: Reklama va savdo-sotiqni rag`batlantirish Reja


Download 36.98 Kb.
bet6/7
Sana14.12.2022
Hajmi36.98 Kb.
#1001269
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reklama va savdo-sotiqni ragʻbatlantirish

Uchinchi usuldagi «pablik rileyshnz» atamasi «jamoatchilik bilan murosa» ma’nosini beradi, uning turli ta’riflari mavjud. Ulardan eng muvaffaqiyatlisi – bu atamani jamiyatda tovar va firma haqida yaxshi taassurotlar yaratish maqsadlarida о‘tkaziladigan tadbirlar majmui, deb ta’kidlaydilar. «Pablik rileyshnz» va marketing bir-birini tо‘ldiradi. U yashirin shakldagi reklamaning bir turi bо‘lib, maqsadga muvofiqligi va tadrijiyligi bilan ajralib turadi.
Talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirishda «pablik rileyshnz» tadbirlari katta yordam beradi. Bu atama «jamoatchilik bilan murosa» ma’nosini beradi, «pablik rileyshnz»ning turli ta’riflari bor, ulardan eng muvaffaqiyatli chiqqani - bu atamani jamiyatda tovar va firma haqida yaxshi taassurotlar yaratish maqsadlarida о‘tkaziladigan tadbirlar majmui deb ta’kidlaydilar. «Pablik rileyshnz» va marketing bir birini tо‘ldiradi. «Pablik rileyshnz» yashirin shakldagi reklamaning bir turi bо‘lib, maqsadga muvofiqligi va tadrijiyligi bilan ajralib turadi. Agar pasayib borayotgan talab sharoitida reklama faroliyati tо‘xtatiladigan bо‘lsa, «Pablik rileyshnz» ni firmaning bozorga о‘rnashgan kunidan boshlab to uning bozorda bо‘ladigan oxirgi kuniga qadar о‘tkazish zarur.
Shuningdek, kо‘rgazma va yarmarkalar marketing va reklamaning samarali vositalari sanaladi.
Kо‘rgazma va yarmarkalarning eng yaxshi tomoni - xaridorlarga tovarni uning haqiqiy kiyofasida taqdim etish imkoniyati borligidadir. Kо‘rgazma ham, yarmarka ham tijorat-tomosha tadbirlari hisoblanadi. Ularning о‘rtasidagi farq shundan iboratki, kо‘rgazma istalgan shaharda har xil sabablar bilan, hatto tovarsiz tashkil etish mumkin. Yarmarka esa qat’iy sur’atda va muntazam ravishda bir joyda о‘tkaziladi. Bundan tashqari, kо‘rgazma garchi unda bitishuvlar о‘tkazilgan bо‘lsa ham о‘z ruhiga kо‘ra asosan ma’rifiy-targ‘ibot yо‘nalishiga ega, kо‘p hollarda unda «kelajak tovarlari» ham namoyish qilinadi. Yarmarka esa birinchi navbatda tijorat yо‘nalishi bilan ajralib turadi, unda hali talabdan qolmagan «eski» tovarlar ham bо‘lishi mumkin.
Shunday qilib, yarmarka - bu davriy faoliyat qiluvchi, bozor ya’ni belgilangan muddatlarda bir joyda muntazam tо‘planadigan bozordir. Yarmarkaning maqsadi - uning ishtirokchilariga о‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini kо‘rsatishga imkoniyat yaratib berish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuqlar va texnik kamolatni namoyish qilishdan iborat. Savdo-sanoat kо‘rgazmalari bir yoki bir qancha mamlakat ishlab chiqarishning bir yoki bir necha sohalarida, fan va texnika sohasida erishgan ilmiy-texnika yutuqlarini kо‘rsatish maqsadlarida tashkil etiladi. О‘z ishtirokchilari va tashqi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy ahamiyatga kо‘ra, kо‘rgazma hamda yarmarkalar milliy va xalqaro turlarga bо‘linadi. О‘z mamlakatida о‘tkaziladigan milliy kо‘rgazma va yarmarkalarda chet el xaridorlari ham qо‘yiladi, lekin tovar sotish huquqi milliy firmaga qat’iy berilgan bо‘ladi.
Hozirgi zamon sharoitlarida bir mamlakatning hukumati yoki sanoat birlashmalari boshqa mamlakatda tashkil etadigan milliy kо‘rgazmalarda о‘z mamlakatining yutuqlari va tovar munosabatlarining rivojini namoyish qiladi. О‘tkazish muddati va usullariga kо‘ra, ular quyidagi turlarga bо‘linadi: qisqa muddatli kо‘rgazmalar, kо‘chma kо‘rgazmalar, namunalar doimiy kо‘rgazmasi, savdo markazlari, savdo haftaliklari.
Qisqa muddatli kо‘rgazmalar uch haftadan ortiq bо‘lmagan muddatda о‘tkaziladi. Bunday kо‘rgazma yo umumiy mazmunda, ya’ni о‘z mamlakatining barcha ishlab chiqarish faoliyati sohalaridagi yutuqlarini namoyish etadi yoki ixtisoslashgan bо‘lib, biron bir tarmoq yutuqlarini kо‘rsatadi.
Kо‘chma kо‘rgazmalar turli transport vositalaridan foydalanib, tomoshabinlar doirasini kengaytirish maqsadlarida tashkil etadi. Keyingi yillarda yirik kemalarda kо‘rgazmalar tashkil etish tobora keng rasm bо‘layotir. Yaponiya, Angliya, Shvetsiyada bunday kо‘rgazmalar yirik kema bortlarida tashkil etiladi, ketma bir qancha davlatlarning savdo shaharlarida bо‘lib, qо‘yilgan tovarlarni namoyish etadi, shuningdek savdo-sotiq ham qiladi.
Namunalar doimiy kо‘rgazmasining aksariyati о‘z mamlakatining chet yellardagi diplomatik konsul xonalari va boshqa vakolatxonalarida tashkil etiladi, chet ellardagi ehtimol tutilgan xaridorlarga namunalar bо‘yicha shartnomalar tuzish uchun eksport mahsulot namunalari namoyish etiladi. Milliy tashkilotlar tomonidan chet yellar tashkil qilinadigan doimiy savdo markazlari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday markazlar о‘zlari joylashgan mamlakatda ixtisoslashtirilgan kо‘rgazmalar tashkil etish bо‘yicha keng faoliyat olib boradi: ekspotsent firmalarga bepul kо‘rgazma maydonlari beradi, о‘z hisobidan kо‘rgazmani loyihalash va rasmiylashtirish, ochishni amalga oshiradi, kо‘rgazma ishtirokchilariga bozordagi holatlar haqida axborot yetkazib beradi.
Kо‘rgazma va yarmarkalarning yangi turi savdo haftaliklari nomini oldi. Bunday tadbirlar odatda yirik shaharlardagi universal magazinlarda iste’mol tovarlarini namoyish tadbiq sotish uchun tashkil etiladi.
Xalqaro kо‘rgazma va yarmarkalar tovar muomalasiga xizmat kо‘rsatadi. Ularda har qanday mamlakat firmalari xech qanday cheklashlarsiz ishtirok etishi mumkin. Xalqaro kо‘rgazma va yarmarkaning eng afzal tomoni - ularda turli mamlaktlarda ishlab chiqariladigan juda kо‘p tovarlarning namunalari tо‘planadi. Bu esa xaridorga qisqa vaqt davomida bozorda mavjud takliflar bilan tanishib chiqish, mutaxassislardan kerakli maslahatlarni qiyoslash, muzoqaralar о‘tkazish, tijorat shartlarini kelishib olish va eng muhimi, kontrakt imzolash imkonini beradi.
Namoyish etiladigan eksponatlar xarakteriga kо‘ra xalqaro kо‘rgazma va yarmarkalar universal va ixtisoslashgan turlarga bо‘linadi. Universal kо‘rgazma va yaramarkalarda eksponatlar muayyan tovarlar guruhlari bilan chegaralanmaydi. Ularda barcha yoki kо‘pgina sanoat tarmoqlari mahsulotlari namoyish qilinishi mumkin. Ixtisoslashgan kо‘rgazma va yarmarkada esa faqat bir yoki bir necha turdosh sanoat tarmoqlari tovarlari, ba’zan biron bir amaliy fan yutuqlari namoyish qilinadi.
Kommunikatsion siyosat deganda bozorga tovar siljitish uslublarining majmui tushuniladi. Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar), reklama, sotishni rag’batlantirish va shaxsiy sotish kiradi. Kengaytirilgan ma'noda siljitish - bu tovarlar sotilishini tezlashtirish va bozorda ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida axborot olish, xaridorni ishontirish va o’z faoliyati haqida ma'lumot berish uchun korxonaning bozor bilan doimiy aloqalarini o’rnatish va saqlab turishdir.
Korxonalarning bozorda muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishi uchun faqatgina sifatli tovarlarni ishlab chiqarish etarli emas, balki bu borada iste'molchilarni shu tovarlarning iste'mol xossalari haqida har tomonlama xabardor qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, birinchi navbatda, korxonalar reklama vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim. Reklamaning vazifasi - xabar berish, ishontirish va eslatishdan iboratdir. Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan dalolatdir.

Download 36.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling