21-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari
Jahon banki guruhi va ularning o’ziga xos xususiyatlari
Download 66.54 Kb.
|
21-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funks
21.3. Jahon banki guruhi va ularning o’ziga xos xususiyatlari
Jahon Banki tarkibidaga 5 ta tashkilot kiradi: 1.Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki daromadi o'rta darajadagi davlatlarga yordam beradi. XTTB o'zining mablag'ini asosan xalqaro moliya bozoriga obligasiyalarni sotish yo'li bilan tashkil qiladi. 2. Xalqaro Taraqqiyot Assosiasiyasi - 1960- yilda tuzilgan bo'lib, asosan kambag'al davlatalar va aholi jon boshiga daromadi $885 gacha bo'lgan davlatlarga yordam beradi, foizsiz qarzlar beradi, texnik loyihalarni moliyalashtiradi va siyosiy muammolar bo'yicha yordam beradi. 3.Xalqaro Moliya Korporasiyasi 1956 – yilda xususiy sektorga hukumat kafolatlarisiz investisiya berib, uning rivojlanishiga ko'maklashish uchun tuzilgan. 4.Investisiyalarni Kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investorlarga ko'maklashish uchun tuzilgan,bundan maqsad investorlarni notijoriy xatarlardan (ya'ni, huquqiy yoki siyosiy xatarlardan urush, siyosiy larzalar, milliylashtirish xataridan investisiya beriladigan mamlakat hukumatining hatti- harakatlaridan) himoya qilishdir. 5.Investision kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi kelishmovchiliklarni tartibga solishni investor davlatlar va investisiya oluvchi davlatalar o'rtasidagi investisiyaga tegishli munozarali savollarining kelishuvi yoki muhokamasi ishlarini ta'minlash orqali amalga oshiradi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki II-jahon urushidan keyin Yevropani qayta qurishga yordam berish maqsadida 1944- yilda tashkil etildi. Hozirgi kunda XTTB o’rta rivojlanga mamlakatlarni kredit va boshqa turdagi ko’maklar bilan taminlaydi. Tiklanish va taraqqiyot xalqaro banki (XTTB, Tiklanish va taraqqiyot Xalqaro Bank) - Jahon bankining asosiy kredit muassasasi. Uning nizomi rasman BMT va Jahon banki shartnomalari qaroriga asosan va 1944 yilda Bretton-Vuds xalqaro valyuta va moliya konferensiyasi qaroriga muvofiq kuchga kirgan hisoblanadi, XTTB İMF bilan birgalikda tashkil etilgan ixtisoslashgan agentligi, davlatlararo investitsiya institute hisoblanadi, - Tiklanish va taraqqiyot xalqaro banki Vashingtonda - 1945 yildan boshlab, lekin bank Jahon banki tarkibida rasman 1946 yilda faoliyat boshlagan. Tiklanish va taraqqiyot xalqaro banki Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiyotni qayta tiklash Evropa mamlakatlarga yordam 1944 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Jahon banki asosan o'rta daromadli mamlakatlarda kredit va boshqa yordam shakllarini beradi. XTTB - Jahon banki muassasalari ichida birinchi yirik muassasa hisoblanib uning maqsadi - rivojlanayotgan mamlakatlar qashshoqlikni kamaytirishga yordam va iqtisodiy o'sishga erishish va farovonligini oshirish, Jahon banki guruhining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik. XTTB aktsiyadorlari 188 a'zo davlatlar 25 Ijrochi direktorlar iborat. Direktorlar kengashi vakil hukumatlar tomonidan saylanadi. Bu muassasa o'rta-daromad va kredit past daromadli mamlakatlarda davlatlari, jumladan, rivojlanayotgan davlatlarga, tahliliy, texnik va maslahat xizmatlari, bilan birga moliyaviy resurslarini taqdim etadi. Xalqaro qayta qurish va rivojlanish banki 1944 yil tashkil etilgandan buyon, Jahon banki yagona institutga ko’paydi va rivojlanga 5 ta institutlar grupasini o’zida jamladi. Bizning missiya XTTB orqali urush orqali vayron bo’lgan davlatlarni qayta qurish va rivojlantirish bugungi kunda dunyo bo’ylab qashshoqlikni oldini olish ishlarini Jahon bankining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish. Xalqaro Moliya korparatsiya Xalqaro Moliyaviy mussasa bo`lib uning mijozlari yani taklif kriitilib ochilish sababchilari bo`lib invistitsiyaga yo`naltirilgan tashkilotlar, muassasalari,maslahat ya`ni konsalt tashkilotlari asosiy vositalar ta`minotiga yto`naltirilgan tashkilotlar ,xususiy sektorlarni yo`naltirish muassasalari bo`lib rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan. Xalqaro Moliyaviy korparatsiya bu Jahon bankining bir a`zosi hisoblanib boshqaruv markazi Washington da AQSH da joylashgan. 1956 yilda Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki (XTTB) ning filiali tarzida tashkil etilgan, keyinchalik mustaqil yuridik shaxs. Aʼzo davlatlar soni 184 ta (1998). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Korporatsiyaning rasmiy maqsadlari: xususiy sektorga molshshiy yordam ko’rsatish bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning iqgisodiy o’sishiga ko’maklashish, shuningdek, i.ch. sohasida tadbirkorlikni rag’batlantirish orqali aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy o’sishiga yordam ko’rsatish. XMK faqat yuqori rentabelli loyihalarga kreditlar ajratadi. Qarzlar 15 yilga qadar muddat bilan ssuda kapitali bozoridagi o’rtacha yillik foiz stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalarida beriladi. 1961 yildan korporatsiya kreditlar ajratish bilan birga qurilayotgan korxonalar aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritish va keyinchalik bu aksiyalarni xususiy investorlarga sotishni ham amalga oshiradi. Korporatsiya ishtiroki hissasi, odatda, aksiyadorlik kapitalining 1/5 qismidan ortiq bo’lmaydi. 1986 yilda XMKda xorijiy investitsiyalar bo’yicha Maslahat xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat hukumatlarga uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlari uchun kapital jalb etish, maqbul investitsiya muhitini yaratish uchun qonunchilik, strategiyalar, qoida va tartiblar masalalarida maslahatlar beradi. XMK moliyalashtirishda hukumatlar kafolatlarini qabul qilmaydi va xususiy moliya tuzilmasi tarzida o’zining moliyaviy va boshqa xizmatlarini bozor narxlarida taqdim etadi. XMK tashkil etilgan paytdan boshlab 2004 yilgacha jahonning 140 ta rivojlanayotgan davlatlarining 2825 ta kompaniyasini moliyalashtirish uchun 34 mlrd. AQSH dollaridan ortiq mablag’larini yo’naltirgan. 2002 yilda Toshkentda XMKning missiyasi ish boshladi. Korporatsiya O’zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qo’shib kelmoqda. 2002 yilda XMK Uzbekistan, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash uchun 45,0 mln. AQSH dollari ajratdi. Download 66.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling