Jahon moliyaviy inqirozi va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi
Rivojlanayotgan bozorli mamlakatlardagi moliyaviy institutlar past sifatli ipoteka kreditlari ta’sirining cheklanganligi, ipoteka inqirozining boshlang’ich bosqichida ularning iqtisodiyotiga sezilmaydigan ta’sir ko’rsatdi. 2008-yilning oktabrida moliyaviy inqiriz eng xavfli darajasiga yetdi, ko’plab rivojlanayotgan bozorli mamlakatlar, jumladan Islandiya va sobiq kommunistik davlatlar o’z mahalliy banklarini bosim ostiga qo’yibgina qolmay, davlatlarning milliy alyutasining ham qadrsizlanishiga olib keldi.
Hozirda XVFning so’ngi xalqaro kreditor sifatidagi roli ahamiyati ortmoqda. Shunda, Oktabr oyining oxirida XVF Vengriyaga 25 milliard AQSh dollari, Ukrainaga 16.5 milliard AQSh dollari va Islandiyaga 2 milliard AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Ushbu kreditlar mamlakatlarga o’z moliyaviy tuzilmalarini tartibga solish maqsadida ajratilgan edi.
XVF boshqaruvchi direktori Dominique Straus-Khan quyidagi fikrlarni aytib o’tgan edi, “noodatiy vaziyatlar noodatiy usullarni talab qiladi”, shunga ko’ra mamlakatlarga berilghan kreditlarni inqiroz davrida qaytib olish uchun yangicha turdagi qarz berishni topish lozim edi. Shunga ko’ra 2008-yil oktabri oxirida XVF yangi turdagi Qisqa muddatli likvidlik xizmatini joriy etdi va 100 milliard miqdorda kredit berishni boshladi. Bu qarz XVF tomonidan iqtisodiyoti bosim ostida deb topilgan mamlakatlarga 3 oy muddatga berilgan. Ushbu turdagi kreditlar tezda to’lab berilishi lozim edi. Qo’shimchasiga ushbu kreditlarda qattiqqo’llik dasturlari yo’q edi, bu esa ushbu kreditlarning qarz oluvchi mamlakatlar uchun yanada jozibador qilardi.
1999-yilda ham XVF shunga o’xshash Kontingent kredit liniyasi nomli kredit turini joriy qilgan edi, biroq bu dastur muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Chunki bu kreditni olish uchun mamlakatlar XVFdan oldindan ruxsat olishlari lozim edi, bunga esa mamlakatlar huddi muammoli vaziyatga tushib qolgandek ko’rinmaslik uchuin rozi bo’lishmagan. Qisqa muddatli likvidlik va boshqa turdagi qarzlar yuqoridagi kabi oldindan tasqid olishi shart emas. XVF shunchaki mamlakatning kreditni qaytara olishini o’rganib chiqadi holos.
|
XVFning eng so’ngi kredit instansiyasi sifatidagi rolining foydasi haqidagi qizg’in bahslar hozirgi kunga qadar davom etadi. Asosiy e’tibor uning kreditlash rolini yanada mukammallashtirishga qaratilmoqda. Hozirda jamg’armani qayta qurish, moliyaviy nostabillikni kamaytirishga qodir yangi xalqaro moliyalashtirish arxitekturasini yaratish bo’yicha takliflar ilgari surilmoqda.1
Do'stlaringiz bilan baham: |