21-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari
O’zbekiston Respublikasining Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi
Download 66.54 Kb.
|
21-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funks
21.4. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi
O’zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan hamkorligi O’zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentyabrida Xalqaro valyuta fondining a’zosi bo’ldi. O’zbekistonning XVFdagi kvotasi 275,6 mln. SDRni tashkil etadi. Ovoz berishda O’zbekiston Respublikasi Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orollari, Samoa, Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshal orollari, Kiribatti, Tuvalu kabi 15 ta davlat guruhiga kiradi. XVFning O’zbekistonda vakolatxonasi 1993 yilning sentyabridan ish boshladi. XVF bilan hamkorlik asosan moliya sektorini rivojlantirish va makroiqtisodiy islohotlarni rag’batlantirishga qaratilgan. 1995-1996 yillar mobaynida XVF O’zbekiston Respublikasiga umumiy qiymati 165,2 mln. SDR bo’lgan kredit ajratdi, jumladan 99,75 mln. SDR tuzilmaviy qayta o’zgartirish mexanizmlari va 65,45 mln. SDR – «Stend-bay» kreditlarini tashkil etdi. Ushbu kredit liniyalari tarkibiy va institutsional islohotlarni amalga oshirish va iqtisodiyotda bozor munosabatlarini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini qo’llab-quvvatlashi yo’naltirildi. Moliyaviy sohaga ajratilgan mablag’lar ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarni kengaytirish, bank tizimi qonunchiligi va to’lov tizimini takomillashtirishga qaratilgan edi. 2001 yilning sentyabr va 2006 yilning fevral oylarida «Stend-bay» va tuzilmaviy qayta o’zgartirish kreditlari bo’yicha oxirgi to’lovlar amalga oshirildi, natijada O’zbekiston Respublikasining XVF oldidagi kredit qaytishi bo’yicha majburiyatlari to’liq bajarildi. 2002 yilda O’zbekiston Respublikasi Hukumati, Markaziy bank va XVFning hamkorligi jarayonida so’mning ayirboshlashi va O’zbekiston bilan XVF o’rtasidagi Kelishuvning VIII moddasida ko’zda tutilgan «Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo’yicha Memorandum» va «Joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha milliy valyutani ayirboshlashni ta’minlash ish rejasi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi. O’zbekiston va XVF o’rtasidagi konstruktiv muloqot Ish rejasida ko’zda tutilgan barcha choralarni bajarishga yordam berdi, natijada 2003 yilning 15 oktyabrida O’zbekiston Respublikasi tomonidan joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha milliy valyutani ayirboshlashini ta’minlash borasidagi VIII moddaning 2(a), 3 va 4 bo’limlari bo’yicha majburiyatni olishga erishildi. Oxirgi yillarda XVF turli yo’nalishlar bo’yicha texnik ko’maklashuvni amalga oshirib keldi. Ulardan biri Markaziy bankka bank tizimida korporativ boshqaruvni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha ko’rsatilgan yordamdir. XVFning tavsiyalariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «Tijorat banklarining kapital adekvatliligiga bo’lgan talablar to’g’risida», «Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan rezervlarni shakllantirish va foydalanish, aktivlar sifatini klassifikatsiyalash», «Tijorat bankning likvidlilik boshqaruviga bo’lgan talablar to’g’risida», «Banklar va ularga tegishli shaxslar o’rtasidagi bo’lgan operatsiyalar to’g’risida» va «Bir qarzdorning yoki o’zaro aloqador qarzdorlar guruhining maksimal risk miqdori to’g’risida»gi nizomlarning yangi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu o’zgartirishlar milliy qonunchilikda bank nazoratining halqaro talablarini (Bazel III) maksimal darajada hisobga olinishga sharoit yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi UP-4720-sonli «Aktsiyadorlik jamiyatlarda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PP-2344-sonli «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan hamda Xalqaro valyuta fondining tavsiyasiga muvofiq Markaziy bank tomonidan «Tijorat banklaridagi korporativ boshqaruvi to’g’risida»gi Nizomga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Ushbu Nizomga muvofiq davlat mulkchilik ulushidan qat’i nazar, barcha tijorat banklariga korporativ boshqaruvidagi printsiplarga amal qilish bo’yicha muayyan talablar o’rnatildi. Xalqaro valyuta fondi missiyasi O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga va Markaziy bankga konsultatsiya o’tkazish hamda texnik ko’maklashish maqsadida doimiy ravishda tashrif buyuradi. Missiyaning faoliyati iqtisodiyot sohasining ahvolini, moliya sektori va statistikani o’rganish hamda istiqboldagi iqtisodiy islohotlar yo’nalishini aniqlashga qaratilgan. Download 66.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling