21-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari
Download 66.54 Kb.
|
21-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funks
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21.4. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi 21.1. Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari
21-MAVZU. XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI, ULARNING MAQSADI VA FUNKSIYALARI REJA: 21.1. Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari 21.2. Xalqaro Valyuta Fondi va uning xalqaro valyuta-kredit munosabatlaridagi faoliyati 21.3. Jahon banki guruhi va ularning o’ziga xos xususiyatlari 21.4. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi 21.1. Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari Xalqaro moliya tashkiloti – bu bir va undan ortiq mamlakat tomonidan tashkil etilgan va xalqaro huquq talablariga bo’ysinuvchi moliya muassasasidir. Boshqa bir xalqaro muassasalar va tashkilotlar XMTning aksiyadorlarini tashkil etsada, odatda, uning egasi milliy hukumatlar hisoblanadi. Eng keng tarqalgan XMT turi - turli millatli moliya tashkilotlari hisoblanadi, lekin XMT hisoblanuvchi ikki mamlakat birgalikda tuzgan moliya tashkilotlari ham mavjud. Eng mashhur XMT tashkilotlari 2-Jahon Urushidan keyin tashkil etilgan bo’lib, ularning asosiy maqsadi Yevropani qayta qurishda ko’mak berish va jahon moliya tizimini boshqarishdagi xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan edi. Turlari Ko’p tomonli (ikkidan ortiq davlat ishtirokida tuzilgan) rivojlanish banki (MDB) bir qancha mamlakatlar tomonidan tashkil etilgan muassasa bo’lib, rivojlantirish maqsadida moliyaviy va professional maslahatlar beradi. MDB rivojlangan donor mamlakatlar va rivojlanayotgan qarz oluvchi mamlakatlar ishtirokida yirik a’zolar ko’lamiga ega. MDB bozor qiymatida uzoq muddatli qarzlar shaklida, bozor qiymatidan past narxda juda uzoq muddatli qarzlar (kreditlar) shaklida hamda grantlar shaklida loyihalarni moliyalashtiradi. Quyidagilar asosiy MDB tashkilotlari hisoblanadi: Jahon Banki Xalqaro Qishloq xo’jaligi Taraqqiyoti Fondi (IFAD) Yevropa Investitsiya Banki (EIB) Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) CAF – Lotin Amerikasi Taraqqiyot Banki (CAF) Inter-Amerika Taraqqiyot Banki Guruhi (IDB, IADB) Afrika Taraqqiyot Banki (AfDB) Osiyo Infratuzilma Investitsiya Banki (AIIB) Shuningdek, yana bir qancha sub-mintaqaviy ko’p tomonlama rivojlanish banklari mavjud. Ularning a’zolik ko’lami, odatda, faqatgina qarz oluvchi davlatlar bilan cheklanadi. Ya’ni banklar xalqaro kapital bozorlaridan qarz olib, a’zo davlatlarga taqdim etishadi. Chunki bu a’zo davlatlarning o’zi yakka holda qarzni olganiga nisbatan birmuncha arzon narxda tushadi va qarzni to’lab berish uchun javobgarlikni taqsimlaydi. Bunday banklarga quyidagilar kiradi: Karib Taraqqiyot Banki (CDB) Markaziy Amerika Iqtisodiy Integratsion Banki (CABEI) Sharqiy Afrika Taraqqiyot Banki (EADB) G’arbiy Afrika Taraqqiyot Banki (BOAD) Qora Dengiz Savdo va Taraqqiyot Banki (BSTDB) Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Savdo va Taraqqiyot Banki (ETDB) Yevrosiyo Taraqqiyot Banki (EDB) Yangi Taraqqiyot Banki (NDB) (oldingi BRICS Taraqqiyot Banki) Bundan tashqari, bir qancha ko’p tomonlama moliyaviy muassasalar (MFI) ham mavjud. MFI xuddi MDB ga o’xshash tashkilotlardir, lekin ular yanada chegaralangan a’zolik ko’lami va faqatgina ma’lum loyihalarni moliyalashtirishiga ko’ra farq qiladi. Ular: Yevropa Kommissiyasi (EC) Xalqaro Immunizatsiya Moliya liniyasi (IFFIm) Xalqaro Qishloq xo’jaligi Taraqqiyoti Fondi (IFAD) Nordic Investitsiya Banki (NIB) OPEK Xalqaro Taraqqiyot Fondi (OFID) Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Golland Moliya Kompaniyasi (FMO) Jahon Investitsiya Banki (IIB) Afrika Iqtisodiy Taraqqiyoti Arab Banki (BADEA) Bretton Woods tashkilotlari Eng mashhur xalqaro moliya muassasalari (IFI) 2-Jahon Urushidan so’ng Yevropani qayta qurishda ko’mak berish va jahon moliya tizimini boshqarishdagi xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Ularga Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi (IMF) va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi kiradi. Bugungi kunda eng yirik IFI Yevropa Investitsiya Banki bo’lib, 2011-yilda jami bo’lib dunyo bo’yicha 61 milliard yevrolik loyihalarni moliyalashtirgan. Mintaqaviy taraqqiyot banklari Mintaqaviy taraqqiyot banklari bir nechta mintaqaviy muassasalardan tashkil topgan bo’lib, ular Jahon Banki Guruhi kabi faoliyat yuritadilar, lekin faqatgina ma’lum mintaqalarga asosiy e’tibor qaratgan holda. Ushbu banklarning eng taniqlilari Birlashgan Millatlar Tashkilotining mintaqaviy guruhlariga deyarli mos bo’lgan mintaqalarni qamrab oladi, ular tarkibiga Inter-Amerika Taraqqiyot Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Afrika Taraqqiyot Banki, Markaziy Amerika Iqtisodiy Integratsion Banki hamda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki kabilar biradi. Islom Taraqqiyot Banki yetakchi banklardan biri hisoblanadi. Ushbu bank a’zolik ko’lami bo’yicha Jahon Bankidan keyin turuvchi yagona ko’p tomonlama taraqqiyot banki hisoblanadi. Osiyo, Afrika, Yevropa va Lotin Amerikasi qit’alari bo’ylab 56ta a’zo mamlakatga ega. Ikki tomonlama taraqqiyot banklari va agentliklari Ikki tomonlama taraqqiyot banki bitta alohida mamlakat tomonidan tashkil etilgan, rivojlanayotgan mamlakatlar va ularning bozorlarini shakllantirish loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tuzilgan moliyaviy muassasadir. Ularga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Nederlandiya Taraqqiyot Moliya Kompaniyasi FMO, bosh offisi Gaagada joylashgan; dunyo bo’yicha eng yirik ikki tomonlama taraqqiyot banklaridan biridir. DEG – Germaniya Investitsiya Korporatsiyasi yoki Deutsche Investitions-und Entwicklungsgesellschaft, bosh offisi - Köln, Germaniya Fransiya Taraqqiyot Agentligi va Caisse des dépôts – 1816-yilda tashkil etilgan, ikkala tashkilot ham Paris, Fransiyada bosh offisi mavjud. Boshqa mintaqaviy moliyaviy muassasalar Qo’shni mamlakatlarning o’zaro birlashgan holda umumiy ahamiyatga ega bo’lgan sohalarni moliyalashtirish maqsadida tuzilgan moliyaviy muassasalaridir. Ularning ko’chiligi markaziy banklar, taraqqiyot va investitsiya banklaridir. Download 66.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling