7 Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari Birja savdolarini o’tkazish qoidalari
Download 161.84 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3.Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari 7.4.Birja savdolarini o’tkazish qoidalari 7.5.Yarmarka va ko’rgazmalarning tashkil etilishi
- 7.2. Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari
7-mavzu: Birja va vositachi korxonalarning tijorat faoliyati Reja: 7.1.Vositachilik faoliyatining mazmuni va vositachilik faoliyatining asosiy turlari 7.2.Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari 7.3.Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari 7.4.Birja savdolarini o’tkazish qoidalari 7.5.Yarmarka va ko’rgazmalarning tashkil etilishi 7.1. Vositachilik faoliyatining mazmuni va vositachilik faoliyatining asosiy turlari Vositachilar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga bog’liq bo’lmagan tovar (xom-ashyo, material, mashina, uskuna)larni sotishda to’lovli xizmat ko’rsatadigan shaxs, firma tashkilotlardir. Har xil turdagi vositachilarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi quyidagi omillardan kelib chiqadi. Birinchidan, vositachilar bozorni yaxshi bilishlari, savdo dunyosidan keng aloqalari tufayli tovarlarning tez sotilishini ta’minlaydilar. Buning ahamiyati kattadir, chunki kapitalning oboroti tezlashadi. Ikkinchidan, vositachilar iste’molchilarga yaqinrok turganliklari uchun iste’molchilar (aholi) talab va ehtiyojlaridagi o’zgarishlarni ishlab chiqaruvchidan ko’ra tezroq qayd etadilar, bu ko’p hollarda xato va kamchiliklarni istisno qiladi, ishlab chiqarishda tavakkalchilikni kamaytiradi. Uchinchidan, vositachilar yetkazib berish muddatlarini qisqartirish hisobiga mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishni, tovarlarga sotuv oldi xizmatini uyushtirishni, ayrim holatlarda esa tovarlarga maromiga yetkazish bo’yicha ishlov berish hisobiga ularning sifatini oshirishni ta’minlaydilar. To’rtinchidan, vositachilar bilan doimiy hamkorlik ko’pincha firma-ishlab chiqaruvchiga, agarda vositachi savdo ishlarini mablag’ bilan ta’minlasa va yaxshi yo’lga qo’yilgan sotuv aloqalariga ega bo’lsa, qo’shimcha daromad keltiradi. Bular tovar sotish chiqimlarini kamaytiradi. Shunday qilib, hozirgi kunda vositachilik faoliyatining ahamiyati kattadir. U jahon savdosini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. O’zbekiston respublikasida milliy vositachilar xizmatlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligining tashqi savdo birlashmalari, savdo va aloqani boshqa turlarining rivojlanishiga yordam beruvchi vazirlik hamda mahkamalar va ularning tashkilotlari bajaradilar. Bundan tashqari, respublikaning tashqi bozorda eksport-import ishlarini mustaqil amalga oshiruvchi tashkilot va korxonalari xorijiy sheriklar xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Vositachilik faoliyati xilma-xillik xususiyatiga ega. Shunga ko’ra vositachilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslarni quyidagi turlari farqlanadi: oddiy vositachilar, ishonchli vakillar, komissionerlar, konsignatorlar, savdo agentlari, sotuvchi vositachilar (distribyuterlar). Birja, auksion va xalqaro savdolar vositachilikning alohida turi hisoblanadi. Ayrim vositachilik turlariga izoh beramiz. Oddiy vositachilar. Oddiy vositachilik vazifasini firmalar, shaxslar va tashkilotlar bajaradilar. Bular manfaatdor sheriklar (sotuvchi va oluvchi)ni izlovchi va bir biriga tanishtiruvchi sotuvchilardir. Oddiy vositachilarni boshqalaridan farqlovchi xususiyati ularning bitimlarni to’zishda hyech qanday qo’rinishda ishtirok etmasliklaridir. Bu mijozlarning vazifasi hisoblanadi. Mustaqil yoki broker firma (kontora)lariga birikib faoliyat ko’rsatuvchi brokerlar oddiy vositachiliklarning tipik vakillari hisoblanadilar. Ular odatda tovar birjalarida faoliyat ko’rsatadilar. Brokerlik kontoralari o’z amalakatida ham, xorijda ham bo’linmalarga ega bo’lishi mumkin. Savdo vakillari. Vositachilikni bu shaklining mohiyati shundaki, unda sotuvchilar yoki xaridorlar vakolatnoma beruvchi shaxs nomidan va hisobiga bitimlar to’zish uchun vositachilarni jalb qiladilar. Bu turdagi vositachilik xizmatlari ishonchli vakillarning bitimlarni tijorat va texnik shartlarigi vakolatlari mufassan bayon qilinadigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Vositachilikning bunday ko’rinishi G’arbiy Ovrupo mamlakatlarida va boshqa joylarda keng rivojlangan, undan xalqaro miqyosida nisbatan kam foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo tashkilotlari boshqa mamlakatlar ishonchli vakillari xizmatidan foydalanadilar. Komissionerlar. Komissionerlik xalqaro savdoda keng rivojlangan. Komissionerlik vositachiligining mohiyati shundaki, unda komissionerga raqiblarni va ular bilan o’z nomidan kontraktlar imzolash (faqat sotuvchi hisobiga) huquqlarni beriladi. Komissionerlik vositachiligi komissionerlarning bitimlar shartlariga oid vakolatlari aks ettirilgan shartnomalar asosida tashkil etiladi. Shartnomaga ko’ra ular o’z vakolatlarini oshirishlari tufayli sodir bo’lgan zararlar uchun moddiy javobgar bo’ladilar. Savdo agentlari. Asosiy vositachiligining farqlovchi xususiyati vakillik va oddiy vositachilik vazifalarining bir vaqtda bajarilishidir. Savdo agenti vazifasini bajaruvchi firma, shaxs va tashkilotlar eksport va import qiluvchilar nomidan shartnoma asosida ish yuritadilar yoki bitimlar to’zadilar, ya’ni sotuvchilar va xaridorlar vakillari vazifasini bajaradilar. Savdo agentlarining faoliyati, odatda majburiyatlar va ish shartlarini nazarda tutuvchi agentlik bitimlariga asoslanadi. Sotuvchi vositachilar (distribyuterlar). Distribyuterlar boshqa vositachilardan farq qilib, sotuvchilar va xaridorlar bilan shartnomalar to’zib, keng doiradagi vazifalarni bajarib o’z nomi va hisobidan tovarlarni qayta sotish bilan shug’ullanadi. Masalan, tovarlarning bo’zilishi va yo’qotishi, xaridorlar bergan kreditlar bo’yicha barcha tavakkallarni o’z zimmasiga oladi. U tovarni sotish baholari va shartlarini belgilashi mumkin. Distribyuterlar tovarlarni reklama qilish bilan shug’ullanadilar, tovarlarga sotishdan oldingi xizmat ko’rsatish va uni maromiga yetkazishni amalga oshiradilar, mashinalarga texnik xizmat ko’rsatishni ta’minlaydilar, hududlarda sotish tarmog’ini tashkil etadilar. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo tashkilotlari tijorat ishida ko’pchilik xorijiy mamlakatlar distribyuterlari xizmatidan foydalanadi. Vositachilar faoliyatining mazmuni va xarakteri ko’p jihatdan ular bajarayotgan vazifalar va ularning huquqiy holatiga bog’liq bo’ladi. Sotuvchilar va vositachilar munosabati shartnoma va ulardan kelib chiquvchi huquqlar asosida tashkil etiladi. Shartnomalarning quyidagi turlari farqlanadi: shartnoma komissiyalar, bularning shartlariga ko’ra vositachi o’z nomidan ammo eksport-import qiluvchi hisobiga xorijiy firma bilan shartnomalar to’zib, komission taqdirlar soni; shartnomalar yetkazib berishlar, bunda vositachiga tovarni o’z nomidan va o’z hisobiga sotib olish, ishlardan ajratmalar olish huquqiga ega bo’ladi; shartnoma-topshiriq, vositachiga o’z nomidan va eksport yoki import qiluvchi hisobiga tegishli taqdirlash evaziga kontraktlar to’zish huquqini beradi; oddiy va agentlik vositachilik bitimlari. Tegishli shartnoma shartlari asosida mutlaq bo’lmagan va mutlaq (monopol) sotish huquqi, shunindek sotishda afzallik huquqi (birinchi qo’l huquqi) farqlanadi. Mutlaq bo’lmagan huquq vositachilarga ma’lum nomenklaturadagi tovarlarni shartnomada belgilangan muddat davomida aytib o’tilgan hududlarda sotishlariga imkon beradi. Bu huquq eksport qiluvchilar yangi bozorga chiqqanlarida qo’llanadi va samarali faoliyat ko’rsatuvchi va istiqbolli sherik (xaridor)ni tanlashni maqsad qilib oladi. Vositachining mutlaq huquqi eksport qiluvchiga bitimda kelishilgan ro’yxat bo’yicha tovarlarni mazkur hududlarda mustaqil yoki vositachilar orqali sotishni man etadi. Bu huquqqa ko’ra vositachi bozordagi monopolist hisoblanadi. Bu uni faoliyat ko’rsatishga, sotuv tarmog’ini rivojlantirish va shu kabilarga rag’batlantiradi. Vositachining mutlaq huquqi eksport qiluvchi uchun ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Ijobiy tomoni shundaki, mutlaq huquqining vositachiga berilishi uni bozorni egallash tashvishidan xalos etadi. Salbiy tomoni – qandaydir sabablarga ko’ra vositachining qiziqishlari so’nsa, bozorni to’sib qo’yilishi (blokirovka qilinishi) mumkin. Bunday holatlarning ro’y bermasligi uchun shartnomaga kafolatlar kiritiladi, tovarlarni sotish hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish, sotishning nazorat miqdorlari bajarilmagan holda muddatidan oldin bekor qilish va shu kabilar nazarda tutiladi. Sotishdagi afzallik huquqi. Bu huquqqa ko’ra vositachi sotish buyurtmasini birinchi bo’lib oladi. Vositachilarning tovarlarni sotishga aloqalar faoliyatlari ma’lum sarflarni talab qiladi, jumladan: ma’muriy chiqimlar, bunga bino, uskuna, avtotransportni saqlash xarajatlari ham kiritiladi; bojxona va transport xarajatlari; reklama xarajatlari; soliqlar va boshqa to’lovlar. Jahon amaliyotida vositachilar xizmatini taqdirlashning olti usulidan foydalaniladi. 1. Eksport qiluvchi narxlari va tovarlarni sotish narxlari o’rtasidagi farq tarzida haq to’lash. 2. Vositachi foydasiga eksport baholaridan foizlar hisoblab o’tkazish. 3. Aralash shakl (I va II). 4. Belgilangan taqdirlash. Vositachi alohida xizmatlar (reklama, bozorni tadqiq qilish va maslahat berish va boshqalar)ni bajarganda qo’llanadi. 5.«Cost +» tizimi bo’yicha rag’batlantirish – kelishilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bo’yicha haq to’lash, kelishilgan summaga oshirilgan (ish, xizmatlar summasidan foizlar). Bu nazarda tutilayotgan sarflar summasini oldindan aniqlash qiyin hollarda qo’llanadi. 6.Xizmat, majburiyatlarni yaxshi bajarganlik, tashabbusga tadbirkorlik uchun qo’shimcha to’lovlar. Vositachilar bilan ularning xizmatlari uchun hisob-kitobni ikki usulida foydalaniladi, birinchisi – tovarlar uchun eksport qiluvchilar to’lovlari summasidan ushlab qolish, ikkinchisi sotilgan tovarlar uchun to’lovlardan sotuvchilarga moddiy taqdirlar o’tkazish. O’zbekiston Respublikasida kooperasiyaning rivojlanish vositachilik faoliyatining tiklanishiga turtki bo’ladi. Ishlab chiqarish sohasida kooperativlar tarmog’ining jo’shqin rivojlanishi xom ashyo, material va uskunalar, shunindek tovarlar, mahsulotlarni xarid qilish sohasidagi xizmatlarning kengaytirilishini taqozo etdi. Vositachilikni yanada rivojlantirish yo’lidagi ichki rag’bat faoliyati davlat moddiy resurslari bilan ta’minlanmaydigan kichik korxonalar va xo’jalikni yuritishning boshqa yangi shakllarini tashkil etilishi bo’ldi. Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi vositachilik o’z rivojida ikki davrni bosib o’tdi. Birinchi davr bu faoliyatdagi demokratiyalashuv boshlanishidan oldin o’tgan bo’lib, rasmiy tusda bo’lgan, chunki tashqi savdo markazlashgan holda amalga oshirilgan. Eksport mahsulot ishlab chiqaruvchilar unda deyarli qatnashmaganlar. Bu davrda vositachilik vazifasini vazirlik va mahkamalar bajarganlar. Ikkinchi davr – korxona va tashkilotlarning tashqi bozorga mustaqil chiqishi bo’lib, bu jarayonda vositachilik xizmati bilan shug’ullanadigan ixtisoslashgan tashkilotlar paydo bo’la boshladi. Bozor iqtisodiyotini tashkil etilishi bilan vositachilik faoliyatining yangi shakl va turlari rivoj topdi, jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatda vositachilik bilan birjalar, ayrim jismoiy shaxslar shug’ullana boshladi. Vositachilik xizmatlarining rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish maqsadlarida uning yuridik asoslarini soddalashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun amaldagi ruxsat olish tartibini ro’yxatga olish tartibi bilan almashtirish, boshqa to’siqlarga barham berish lozim bo’ladi. MDH mamlakatlarida vositachilik faoliyatini rivojlantirishni jadallashtirishni talab etuvchi obyektiv sabablar quyidagilardir: a) bozor munosabatlariga o’tish, bu jarayonda sanoat mahsulotlari va tovarlarni fondlash va taqsimlash bilan erkin savdo shug’ullanadi; b) mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, bu mahsulotni sotishning yangi shakl hamda kanallaridan foydalanishni taqozo etadi; s) muomala sohasiga bozor sharoitidagi ish tajribasiga ega bo’lmagan, undagi qoidalardan bexabar tadbirkorlar armiyasining jalb qilinishidir. Hozirgi kunda MDH respublikalarida vositachilikning yorqin ifodalangan uchta shakli ko’zga tashlanadi. Birinchisi an’anaviy – bu hozircha saqlanib qolgan harbiy sanoat kompleksi, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan korxonalar (aviasiya, flot, temir yo’l, aloqa tizimi, maorif, tibbiy va kommunal xizmat va boshqalar)ni ish bilan ta’minlaydigan davlat ta’minot-sotish tashkilotlaridir. Ikkinchisi – brokerlik kontoralari tarmog’ini qamrab oluvchi birja savdosi tizimi. Uchinchisi – vositachi korxona va tashkilotlar. Bunga vositachilik xizmatlarining ayrim turlarini ko’rsatuvchi ixtisoslashgan tashkilotlar ham, masalan, savdo-sanoat palatasi tashkilotlari va xo’jalik yuritishning yangi keng rivoj topgan tashkiliy shakllari: uyushmalar, kichik korxonalar ham kiradi. Aytib o’tilgan shakllarning barchasi yaqin istiqbolda saqlanib qolsa kerak. Ammo bu shakllarda ma’lum o’zgarishlar sodir bo’lishini ham kutish mumkin. Xizmat ko’rsatish sohasining keng xususiylashtirilishi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar tajribasiga ko’ra fikr yuritadigan bo’lsak, ta’minot-vositachilik vazifalarini bajaruvchi ulgurji omborlar tarmog’ini tashkil etuvchi uyushma, birlashmalarning tarkib topishiga olib keladi. Masalan, do’kon yoki nonvoyxona egasiga unni birjaga borib xarid qilgandan ko’ra vositachidan olishi qulayroqdir. Buning ustiga vositachi kerakli hajmdagi unni yetkazib berishni zimmasiga olishi mumkin. Birjalar raqobati, uning belgilari ko’zga tashlanmoqda tabiiyki, ularni yashash yo’llarini izlashga majbur qiladi. Birja savdosida qanday o’zgarishlarni kutish mumkin? Raqobat natijasida birjalar soni kamayadi, birjalar uyushmasi tarkib topadi, bu hozor sodir bo’lmoqda. Brokerlik kontoralari soni kamayadi. Birja tashkilotlari sonining kamayishi ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi bevosita aloqalarning rivojlanishi ta’sirida ham sodir bo’ladi. Bundan tashqari, tashkilot ishlab chiqaruvchilar o’z savdo agentliklari tarmog’ini rivojlantirishlari ham mumkin. Bu o’rinda xorijiy mamlakatlarning yirik kompaniyalari vositachilar xizmatidan foydalanishni istisno qiluvchi o’z ta’minot sotish kanallari tarmog’iga ega bo’lishini ma’qul ko’rishlarini aytish mumkin, bu ma’lum foyda keltiradi, bozorning joriy ahvolidan nisbatan mustaqil bo’lish imkonini beradi. Xususiy vositachilar – jismoiy shaxslar va yashirin birja vositachilik faoliyati unsurlarning taqdiri qanday? Yaqin orada ularning yo’q bo’lib ketishiga umid qilmasa ham bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Polsha va boshqalar) tajribasi dalolat berishicha, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida odatda chayqovchilik va yashirin bitimlar avjiga chiqadi. Bu sodir bo’lishi muqarrar ko’ngilsizlikdir. Hozir biz buning guvohi bo’lib turibmiz. U bozor munosabatlari qaror topgan, ishlab chiqarish barqarorlashgan, tadbirkorlikning boshqa turlari bilan shug’ullanish foydaliroq bo’lgan hollarda yo’q bo’ladi. 7.2. Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari Birja faoliyatini amalga oshiradigan asosiy faoliyat bu - birja va brokerlik idoralaridir. Bular odatda, keng doiradagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan iboratdir. Avvalo ular savdo bitimini tuzish, ulgurji savdoni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha juda ko’p xildagi vositachilik xizmatlarini bajarishdan iborat demakdir. Ular odatda, katta hajmda nashriyotchilik faoliyatini olib boradilar. Birgina byuletenlari, qo’llanmalar, korpativ xujjatlar va boshqalarni chiqaradi, yuqoridagilardan tashqari, ular turli xil tovarlar, baholar bozori, kelgusida iste’mol mollariga bo’ladigan talab va takliflarni bashorat qilish, uni o’zgarish xolatlari to’g’risidagi axborotlarni to’playdilar va o’rganib chiqadilar va shunga qarab o’z faoliyatlarini yurgaizshga xarakat qiladilar. Birjalar keng doirada konsultasiya, xar-xil kerakli maslaxatlar berish va shu kabi boshqa xizmat turlarini ham bajaradilar. Ular bilan yaxshi va doimiy munosabatlarni saqlab turish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham ko’pgina korxonalar birjalar bilan ma’lum xil yo’nalishidagi kerakli va xar bir korxonani birjani faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shartnomalar tuzadilar yoki tuzishlari ham mumkin. Birjalar va brokerlik idoralarini faoliyati faqat shular bilan kanoatlanib qolmaydi. Ulardan tashqari ular ko’pgina mahsulot ishlab chiqarish, xar-xil to’qri keladigan ishlar va xizmatlarni bajarish soxasida juda ko’p turdagi faoliyat bilan shug’ullana oladilar, qo’shma korxonalar yaratdilar. Sug’urta, moliya-kredit va kommersiya operasiyalarini bajaradilar. Ko’p xollarda birja va brokerlik idoralari ko’p qirrali jamiyatni amalga oshiruvchi tashkilotdir. Shuningdek birjalar, o’zida sotiladigan tovarlar ro’yxatini aniqlanishi, Xususiy birja standartlarini o’xshash birja kontraktlarini ishlab chiqishi, birjadagi talashuv-tortishuv (kelishmovchiliklar) bo’yicha qarorlar qabul qilishi, vaqtincha savdoni to’xtatib qo’yishi, o’z xizmati uchun to’lovlar belgilashi, ustavni va savdo qoidasini, shunga o’xshashlarni buzganligi uchun seksiyalar yuklashi mumkin. Ammo xar bir birja shu va boshqa masalalarni o’zi xal etishi mumkin. Demak, turli xil birjalardagi qoida va talablar bir xil emas. Birja va ularda amal qilayotgan brokerlik idoralari mustaqil xuquqiy shaxs hisoblanadilar. Ular o’z faoliyatlarida uzviy bog’liqdir, lekin bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar. Brokerlar birjaning savdo zalida odatda savdo boshlanishidan yarim soat ilgari yig’iladilar. Ularning qo’llarida taklif sotilayotgan tovarlar ro’yxatining bahosi, miqdori, brokerlik idorasining tartibi: joylashgan yeri, hisoblash usullari va tovarni yetkazib berish muddatlari ko’rsatilgan ma’lumotlar varaqasi bo’ladi. Uch marta bong urilishi savdoni xar bir tovar seksiyasida boshlanganini xabar qiladi. Birja savdosi ochiq ovoz bilan takliflarga aniq to’g’ri deb javob berishi bilan bitimni xal bo’lganligi prinsipi, farvord bitimlari va shartli bitimlar qo’yilgan. Talablarga tomonlarning o’zaro roziligi prinsipida tashkil etiladi. Birja seksiyasida savdoni makler olib boradi. Dastlab u darhol sotish uchun taklif etilgan real tovarlar bo’yicha savdo olib boradi. So’ngra farvord bitimlari tuzish takliflarini muhokamaga qo’yadi. Xar bir seksiyada tovarlar savdoga quyidagi tartibda o’tadi. Farvord bitimlarini tuzish uchun takliflar muhokamasi bir muncha farq qiladi. Bunday holda makler yig’ilganlarga farvord bitimi tuzishini va shu tovarni tavsiya etgan brokerlik idorasi nomerini e’lon qiladi. Shundan so’ng sotuvchi broker seksiya markaziga chiqadi va bir necha daqiqa davomida yig’ilganlar bilan ularni qarshi takliflarini muhokama qiladi. Agar xaridor bilan sotuvchi bir-birlarini topgan bo’lmasalar, ya’ni bitim tuzuvchi tomonlar aniqlangan bo’lsa, unda maklerning vazifasi faqat og’zaki rozilikni belgilab qo’yishdan iborat bo’ladi, bitim tuzishdagi ishtirokchilari esa tovarni yetkazib berish shartnomasini tuzadi va bitimni birjaning ro’yxat bo’lishidan o’tkazadi. Agar brokerlarni qarshi takliflar qoniqtirmasa, unda maklerni bo’ to’g’rida xabardor qiladilar, makler bu taklif muhokamasini oxiriga yetkazadi. Lekin qarshi takliflar ko’p tushib, muhokama mobaynida tomonlar bitimi aniqlanmay qarshi holatlar ham bo’lishi mumkin. Unda broker tezlik bilan o’z talabiga mos keladigan foydaliroq variantlarni aniqlash lozim: ya’ni xaridor – brokerni, topish maklerni bu to’g’ida xabardor qilish kerak. Makler tomonlarini og’zaki roziligini qayd qiladi. Agar broker shoshilmaydgan, og’ir bo’lib bitim tuzuvchi tomonlarni aniq topa olmasa, barcha takliflar ish birja muhokamadan o’tib bo’lgandan so’ng, uning tovarlarini muhokamasi davom ettiriladi. Bir tomondan, bu brokerga barcha takliflarni ya’ni bir bor chamalab o’ylab ko’rish imkonini beradi, ikkinchi tomondan u eng foydali xaridorlardan ayrilib qolishi mumkin, chunki ularni ham yo’lab ko’rish va boshqa tovarnisotib olish uchun vaqtlari bo’ladi. Agar bitim tuzuvchi tomonlar yana aniqlanmasa, unda muhokama kelasi birja kuniga qoldiriladi. «Shartli» bitim tuzish takliflarini alohida seksiyalarda muhokama qilish xududi shu tarzda o’tkaziladi, «Shartli» bitim tuzishning xususiyat shundaki, bunda broker seksiyada savdo kuni sotilib ketgan bo’lsa uni savdodan tushirishi mumkin. Ammo tovarni boshqa seksiyada o’tkazish tshlari faqat savdo ishlari bitgandan keyingina amalga oshiriladi. Shunday qilib, sotuvchi va sotib olib oluvchi brokerlar birja ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab bitimga kelishadilar. Demak, broker-oldi-sotdi bitimlari tuzishida o’z mijozlarining topshirishiga binoan va ularning nomidan vositachilik xizmatini amalga oshiruvchi shaxsdir. Broker mijoz uchun ishlaydi. Brokerlik ishlarida muvoffaqiyatga erishmoqchi bo’lgan xar bir kishi bu quyidani yaxshi bilib olish kerak. Broker to’liq ravishda mijoz hisobidan, uning o’z nomidan ish olib berish, bilim tuzish mumkin. Amalda broker bilan mijozlarning o’zaro munosabatlari quyidagi xujjatlarni o’tkazishni taqazo etadi: 1. Buyurish shartnomasi: 2. Komissiya shartnomasi: 3. Ishonch qog’ozi: 4. Bankning kafolat qog’ozi yoki bank ma’lumotnomasi: 5. Brokerning mijozga hisoboti: 6. Bor bo’lgan tovar bilan oldi-sotdi bitim tuzilgan bo’lsa tovarni yetkazib berish shartnomasi: 7. Xabarnoma. Agar brokerlik xizmatlari o’zgarish ro’y bersa, mijoz bunda belgilangan muddatda xabardor qilinadi. 8. Aloqa bog’lash shartnomalarini kelishish protokoli. Protokol shartlari bo’yicha broker mijozga kod belgilaydi va barcha shartnomalarning tepa chap burchagida ko’rsatilgan bo’ladi. Bu kommersiya ishlarini sir saqlash va mijozni broker bilan aloqa bog’lab turish imkoniyatini beradi. Buyurish shartnomasi va komissiya shartnomasida nimalar ko’rsatiladi? Broker birjada bitim tuzishda uncha sotish yoki xarid qilish topshirilgan tovar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun u mijoz bilan tovarning nomi, uni ishlab chiqargan korxona nomi, tovar miqdori va sifati, uni joylashtirilishi kabilarni kelishib olishi lozim. Agar tovar sotiladigan bo’lsa, broker va mijoz uchun tovarni saqlab turilgan joyi, unga xaq to’lash tartibi va shaklini yetkazib berish muddati kabilar shartnomada ko’rsatiladi. Agar broker birjada xarid qiluvchi sifatida chiqsa, unda shartnomada yoqtirgan tovar xillarini batafsil tafsilotini berish lozim. Bundan tashqari xaq to’lash shartlari ham ko’rsatiladi. Ish shartnomalarida mijoz broker uchun buyurish turlarini ham belgilaydi, yozadi. Masalan, u nimalarni buyurishi mumkin. Birinchidan, tovarni birja kunidagi bahoda sotish yoki olinishi kerakmi? Ikkinchidan, tovarni belgilangan narxdan yuqori bo’lmagan darajada sotish yoki olish kerakmi? Uchinchidan, yoki narx ma’lum darajada oshganda sotilishi kerakmi, shu kabilar ko’rsatiladi. Shartnomada ko’rsatiladigan yana bir muhim bandi shuki, u ham bo’lsa majburiyatni bajarish kafolati. Shartnomani tuzish broker va mijozlarning rekvizitlarini, nomlarini, yuk jo’natuvchilarning manzilgoxlari va rekvizitorlarini ko’rsatish bilan tugallanadi. Broker birjada mijozning nomidan chiqib xarakat qila olishi uchun buyurish shartnomasiga ishonch qog’ozi brokerlik xizmati shartnomasini barcha muddatiga berilishi mumkin. Mijoz ishonch qog’ozini brokerga o’zini birjada qiziqtirgan barcha ishlarini ishonib topshiradi. Demak, broker birjada o’z nomidan va mijoz nomidan xarakat qilsa, buyurish shartnomasi tuziladi, agarda broker o’z nomidan mijoz uchun savdo bitimini amalga oshirsa komissiya shartnomasi tuziladi. Komissiya shartnomasi broker uchun katta erkinlik beradi. Lekin bu erkinlikni aks tomoni ham bor. U ham bo’lsa – javobgarlik va tavakkalchilik. Buyurish shartnomasi va komissiya shartnomasi ko’pincha tovarlar va kimmatli qog’ozlarga tuziladi. Hozirgi vaqtdan bizning tovar birjalarimizda ma’lumki bitimning ikki turi bor bo’lgan tovar bilan va «shartli» bitim ko’proq tuziladi. Broker uchun mijozni pul to’lay olishga kafolat berish muhim ahamiyatga ega. Bunday kafolatni bildirish uchun mijozni hisob schyotida pul mablag’lari birinchi to’g’risidagi bank ma’lumotnomasi yoki bankning kafolat qog’ozi brokerlik xizmatlari shartnomasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Kafolat ma’lumotnomasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Kafolat ma’lumotnomasi berilgan kuch ishonch qog’ozi tuziladigan kundan ilgari turishi zarur. Shunday qilib, mijozda ma’qullangan va o’zida barcha zaruriy kafolatlarni aks ettirgan shartnomani broker olib birjada mijozni barcha topshiriqlarini bajarish uchun ish boshlashi lozim. Tovarni sotish yoki olish bo’yicha topshiriqlarni bajarib, broker kelishilgan muddatda mijozga hisobot berishi shart hisobotga amal oshirilgan bitim bo’yicha kontragentning taklif etilgan tovarni olishi yoki sotishi to’g’risidagi xujjatlar qo’shib beriladi. Birjada kontragent shartnomasi bir brokerlik bilan, ikkinchi idora o’rtasida tuziladi. Bunday shartnoma oldi-sotdi shartnomasi hisoblanib haqiqiy tovar asosida bitim tuzilganda amalga oshiriladi. Sotuvchi va oluvchi brokerlar o’rtasida tezda tuziladigan bitim asosida tovarni iste’molchiga yetkazib berish shartnomasi tuziladi. Mijoz brokerdan hisobotni olgandan so’ng shu muddatda brokerga: 1. Mukofot tuziladi: 2. Birjada bitimni ro’yxatdan o’tkazish qiymatini: 3. Bitimni yuklatilgan barcha majburiyatlarni bajarishi shart. Brokerlik xizmati shartnomalari amaliyotida ro’y beradigan xar qanda o’zgarishlarni inobatga olgan bo’ladi. Masalan, birja savdosi qoidalariga muvofiq tovar savdodan tushirilgan bo’lishi mumkin. Bunday hollarda broker mijozga kelishilgan vaqtda paydo bo’lgan muvaffiqiyatsizlikning sababini tushuntirish va qilingan xarajatlarni qoplash mumkinligini bildirib xabarnoma yuboradi. Shartnoma muddati tugamasdan avval, broker o’ziga bog’liq bo’lmagan sabablar tufayli topshiriqni bajara olmay qolishi mumkin. Bunday xolda broker mijozni xabardor qilishi lozim. Ko’rib turibsizki, bunda tavakkalchilik to’liq ravishda mijozning zimmasiga tushadi. Shuning uchun birja va brokerlik faoliyatini rivojlana borishi bilan shunga yarasha sug’urta qilish soxalari ham rivojlanish zarur. Brokerlik xizmatlariga tuziladigan shartnomada mijoz va brokerga yuklatiladigan o’zaro javobgarliklar qayd qilingan bo’lishi kerak. Ikki tomon ham birja faoliyatini tartibga soluvchi 1992 yilning 24 iyulida O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq bitim ishtirokchisi bo’lgan uchinchisi shaxs emas o’zlari javob beradilar. Broker o’z aybi bilan topshirishni bajarmasa mijozga jarima to’laydi. Shtraf shartnoma topshirishda miqdordan foiz hisobida to’lanadi va shartnoma avvaldan ko’rsatilgan bo’ladi. Amaliyotda ikki tomonning ham majburiyatni bajara olmay qolishning turlicha hollari sodir bo’ladi. Albatta, ularning sababi boshqa xususiyatlarini bilgan xoldagina oldi-sotdi masalalari aniqroq xal qilnadi. Agar mijoz tomonidan uch kun ichida to’lanmasa va birja xizmatlari bajarilmasa, bunday xolatda mijoz shtraf to’laydi. Diler - birja o’z nomi o’z hisobidan vositachilikni amalga oshiruvchi shaxsdir. Shunday qilib, bitimni tuzilishi, tomponlarini ya’ni oluvchi va sotuvchi brokerlarni og’zaki kelishuvi asosida maklerni bitimi asosiy parametrlarini birjadagi kartochkasini yozish bilan tugallangan hisoblanadi. Birja faoliyati to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida ko’rsatilgan qoidalarga rioya qilishi zarur. Bu qoida birja a’zolarining umumiy yig’ilishi vakolat bergan birjaning boshqaruv idorasi tomonidan tasdiqlanadi. Birja savdo-sotig’i qoidalarida quyidagilar man etiladi: 1. Narx navoni o’zgarishiga ta’sir ko’rsatish maqsadida bir shaxs tomonidan bevosita yoki soxta shaxslar orqali tovarlarni oldi-sotdi qilish: 2. Birja savdo-sotig’i va qatnashchilari tomonidan kelishib turib, birjadagi kundalik narx-navoni o’zgartirishi yoki belgilab berish mumkin bo’lgan xar qanday xatti-xarakatlar: 3. Bozor kon’yukturasini sun’iyo ravishda o’zgartirishga olib kelishi mumkin bo’lgan soxta ma’lumotlar tarqatish man etiladi. Download 161.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling