7 Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari Birja savdolarini o’tkazish qoidalari


Yarmarka va ko’rgazmalarning tashkil etilishi


Download 161.84 Kb.
bet3/3
Sana21.07.2020
Hajmi161.84 Kb.
#124445
1   2   3

7.5.Yarmarka va ko’rgazmalarning tashkil etilishi
Zamonaviy marketingda ko’rgazma va yarmarkalarning o’rni juda katta. Xaridor uchun ko’rgazmalar tashkil qilinganida, agar unda shou-dasturlar, viktorinalar va lotoreya o’yinlari tashkil qilinsa yanada taassurotni kuchli qoldiradi. Ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish mehmonxona uchun marketing kommunikasiyalarini yanada mustahkamlaydi, reklama, shaxsiy sotuv, jamoatchilik bilan aloqalar qay darajada ekanligini aniqlashga yordam beradi.

Yarmarka va ko’rgazmalarga tashrif buyurganingizda juda qiziq holatga duch kelasiz: chiroyli ko’rgazmalar, bashang kiyingan omma, rang-barang bukletlar bularga qarab, ish yuzasidan tashrif buyurganigiz bir dam yodingizdan ko’tariladi.

Tarixda yarmarkalar deganda doimiy o’tkaziladigan keng miqyosidagi tadbirlar tushinilgan. Yarmarkalar doimiy kelishilgan joyda, an’anaviy tarzda tashkil qilinadigan bozorlar, mavsumiy arzonlashtirilgan tovarlar bilan ajralib turadi.

Yarmarkalar va ko’rgazmalarning ilk ko’rinishlari XII asrning birinchi yarmida paydo bo’la boshlagan. Bu vaqtda yarmarkalar Fransiyada, Angliyada, Shvedsariyada, Rim imperiyalarida keng miqyosda tarqalgan. Bu vaqtgacha yirik yarmarkalar Yaqin Sharqda, diniy bayramlar vaqtida shaharlarning markazlarida o’tkazilgan.

XIX asrda bu faoliyat ancha faollashdi. Shu yillar butun dunyo miqyosida yarmarkalar va ko’rgazmalar o’tkazila boshlandi. Ulardan eng birinchisi 1851 yil Londonda o’tkazildi.

Ko’rgazma. Xalqaro ko’rgazmalar byurosi ko’rgazmani ko’rsatish, demonstrasiya qilish yo’li bilan insonlar ehtiyojini qondirib yoki ularning kelajakdagi ehtiyojlarini aniqlab, o’z faoliyatini namoyish qilishdir.

Yarmarka. Xalqaro yarmarkalar birlashmasining aniqlashicha, yarmarka bu –iqtisodiy ko’rgazmalar namunasi bo’lib, oldindan kelishilgan vaqtda, ma’lum bir chegaralangan va kelishilgan joyda, o’sha mamlakatning an’analariga zid kelmagan, o’zida o’lkan bozorlarning mahsulotlarini qamrab oladigan, eksponentlarga o’z mahsulotlarining namunalarini ko’rsatishga ruxsat beriladigan va har xil shartnomalar imzolanadigan, milliy va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan tadbirlar tushuniladi.

Hozirgi kunda o’tkaziladigan yarmarka va ko’rgazmalarning soni bo’yicha G’arbiy Yevropa yetakchilik qilmoqda. Yevropa ittifoqining har oltinchi fuqarosi har yili ko’rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurishadi. Eng ko’p ko’rgazma va yarmarkalar o’tkaziladigan davlat esa Germaniya davlati hisoblanadi. Bu mamlakatning ko’rgazma uchun maydoni taxminan 2 mln. m2 atrofida, bu joy yiliga 80 ming eksponent va 7 mln. tashrif buyuruvchilarni sig’dira oladi. Ko’rsatilgan maydon chorak qismi Hannoverga (489900 m2) to’g’ri keladi. Germaniyadan tashqari, yarmarka va ko’rgazmalarni o’tkazishda Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya va boshqalar muhim rol o’ynaydi.

AQSh va Kanadada ham xuddi Yevropadek, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyati keng tus olgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo ham ko’rgazma va yarmarkalar o’tkazish bo’yicha odim rivojlanmoqda.

Ko’rgazma tadbirlari qatnashchilar tarkibiga ko’ra xalqaro, mintaqalar bo’yicha va milliy ko’rgazmalarga bo’linadi.



1. Xalqaro ko’rgazma ishtirokchilarning turli millat vakillaridan iborat ekanligi bilan ajralib turadi, doimiy o’tkazish joyi, doimgi erkin grafik uchrashuvlar va yirik ko’rgazma kompaniyasi tashkilotchilaridan iborat. Eng mashhur va noyob bo’lgan tashkilotchilar, bular Berlindagi xalqaro turistik birja (International Tourismus Borse - ITB) va Lodnondagi butun dunyo turistik ko’rgazmasi (World Travel Market - WTM).

ITB mehmonlarni puxta tashkil etilgan ekspozitsiyalar bilan jalb qiladi, undan tashqari ITBda ko’p miqdorda profesional ishtirok etadi va tasodifan tashrif buyurgan mehmonlar bo’lmaydi. Turizm dunyosi uchun va forum muloqat uchun yoqimli hamda tijorat aloqalarini o’rnatish uchun qo’layligi bilan ajralib turadi. Berlinda turizm industriyasining barcha elementlari qamrab olingan: sayohat, yo’l-transport kompaniyalari, turoperatorlar, xalqaro turistik ittifoqlar va boshqalar. Bu birjada 170 mamlakatdan kelgan vakillar va 140 ming tashrif buyuruvchilar ishtirok etadi.

WTM (World Travel Market) – butun dunyo turistik ko’rgazmasi Londonda joylashgan. Ushbu ko’rgazma ish faoliyati dunyo mehmonxonalari va turistik firmalarning reklama ishlarini tashkil etish, afishalarini o’rnatish asosida faoliyat olib boradi.

FITUR – Madriddagi xalqaro turistik ko’rgazma – birja dunyodagi eng yirik ko’rgazmalardan biri hisoblanadi. Bu ko’rgazmaning doimiy qatnashchilarining fikricha, bu ko’rgazmaga xalqaro mashtabdagi tijorat bitimlarini tuzish va imzolash, turmahsulotlarning ulgurji sotish, tajriba almashish va maslahat uchun tashrif buyurishadi.

Shu jumladan ishtirokchilar – turoperator, transport firmalari, mehmonxona va restoran biznesi, rasmiy turistik tashkilotlar va assosiyalar, OAV uchrashuv va konferensiyalarni tashkil qiluvchi firmalar ishtirok etadi.

BIT – Milanda joylashgan xalqaro turistik ko’rgazma – birjasi Italiyadagi eng yirik va mashhur yarmarka hisoblanadi. Bunda mahalliy kompaniyalarning eng yaxshi takliflari taqdim etiladi. Yarim asr davomida bu yarmarkaning doimiy ishtirokchilari paydo bo’ldi va ularning soni yildan-yilga oshmoqda. Milan yarmarkasi bitim va kontraktlar tuzish uchun juda qo’lay, shuningdek, unda barcha turfirmalar ishtirok etadi.

British Travel Trade Fair 2008 – Buyuk Britaniyadagi eng katta turistik ko’rgazma bo’lib, turistik mavsum boshlanayotganida, ya’ni mart oyining boshlarida o’tkaziladi. Bu ko’rgazmada har yili turizm sohasiga tegishli bo’lgan 300 ga yaqin eng nufuzli kompaniyalar ishtirok etadi: turoperatorlar, turagentliklar, mehmonxona va kurortlar, sport kiyimlari va turistik ashyolarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar shular jumlasidandir. Ko’rgazmada 3000 ga yaqin soha mutaxassislari va savdo vakllari tashrif buyuradilar.

BTTI har yili Birmingemning ko’rgazma markazlaridan biri bo’lgan “National yexhifition Cyentre”da o’tkazilib Yevropa va butun dunyoga mashhur transport kompaniyalari, mehmonxona, sanatoriya, ko’ngil ochar bog’ va savdo vakllarini yig’adi. BTTF da 3500 mutaxassislar ishtirok etishgan. Ko’rgazma tashkilotchilariga biznesni rivojlantirish muammolarini muhokama qilish, maslahat olish, yana o’zaro foydali bo’lgan kontraktlar tuzish uchun o’tkaziladigan seminar va uchrashuvlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.



2. Milliy ko’rgazmalar u yoki bu mamlakatning mehmondo’stlik industriyasining rivojlantirishga qaratilgan. Milliy ko’rgazmaning xalqaro ko’rgazmadan farqi shundaki, u katta maydon talab qilmaydi va bir mamlakat ichida, lekin har xil shaharlarida o’tkaziladi.

3. Mintaqalar bo’yicha ko’rgazmalar esa ham xalqaro, ham milliy forumlarning o’tkazilishiga o’xshaydi. Bunday ko’rgazmalarning eksponentlari bir mintaqa kompaniyalaridir. Tashkilotchi jihatidan ko’pincha yirik kompaniyalar tashkil qiladilar.

Ishtirokchilarning tarkibiga qarab ko’rgazmalar uch xil bo’lishi mumkin:



  1. Universal. Agar ko’rgazmada iqtisodiyotning har xil tarmoqlari qatnashsa;

  2. Tarmoqlar bo’yicha, faqatgina mehmondo’stlik industriyasi haqida o’tkazilsa;

  3. Maxsuslashtirilgan. Aniq bir tarmoqqa yo’naltirilgan, masalan, mehmonxona va restoran xo’jaligi, turizmning kongress-ko’rgazmasi va h.k.

Maxsuslashtirilgan ko’rgazmalarda turistik mahsulotga bo’lgan qiziqish darajasi yuqori. Bular aniq bir mintaqaning turmahsulotini siljitishga qaratilgan bo’lishi mumkin yoki mijozning xoxish-istaklariga qarab ham bo’lishi mumkin.

Mehmonxona ko’rgazmada ishtirok etish uchun marketing kommunikasiyalaridan to’g’ri foydalanib, o’zini ishini puxta o’rganishi kerak. Ko’rgazmada qatnashishdan oldin quyidagi savollarga aniq javob topish lozim:



  • kompaniya qanday mahsulot taklif qilayapti va bu mahsulot narxiga mosmi?

  • kompaniya qaysi mintaqalardan va qanaqa mijozlarni jalb qilishni xoxlayapti?

Ko’rgazma ish jarayonini tashkil etish va korxonalar ishtirokini tashkil etish olti bosqichga bo’linadi:

  1. Ko’rgazmada qatnashishi uchun firmaning prinsipal qarori. Ko’rgazmada qatnashish uchun mablag’ zarur va ko’pgina turfirmalarning

bunga imkoniyatlari mavjud emas.

  1. Ko’rgazma tadbirlarida qatnashish uchun firmaning aniq maqsadini aniqlash.

Marketing maqsadlari quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • firma va uning mahsulotini taqdim etish;

  • firmaning yuqori imijini shakllantirish;

  • bozorni o’rganish;

  • yangi bozorni izlash;

  • bozorga mahsulotni olib kirish;

  • yangi mahsulotga bo’ladigan talabni o’rganish;

  • mijozlar safini kengaytirish;

  • yangi hamkorlarni izlash;

  • raqobatchilar taklifini o’rganish;

  • raqobatchilarga nisbatan o’z mahsulotini o’rganish;

  • kontraktlar tuzish.

  1. Aniq bir ko’rgazmani tanlash va ko’rgazmada qatnashish uchun xodimlarni va kommunikasiyani tayyorlash

  2. Tayyorlash-tashkil etish qadami.

  3. Ko’rgazma jarayonida ishtirok etish.

  4. Ko’rgazmadan keyingi tahlil xulosalari.

Ko’rgazmaning yuzi bo’lib bu, ko’rgazma qiroli hisoblanadi. Shuning uchun ko’rgazma tadbirlarida ishtirokchining muvaffaqiyatini chiroyli bezatilgan stend ta’minlaydi. Potensial mijozlar uchun gazetadagi reklamani o’qish, ko’rish oddiy hol hisoblanadi, lekin ko’rgazmaga tashrif buyurif ko’rish bu taassurot qoldiradi. Bu esda qolarli bo’lishi uchun kerak bo’ladigan barcha kuch, tajriba, intelliktni ishga solish kerak.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mehmonxona yoki turfirmaning ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Asosiysi, bu to’g’ri tashkil etilib, kerakli joy va kerakli vaqtda, munosib tarzda ishtirok etish. Eng asosiy elementlardan biri to’g’rilikdir. Mijozning kutganidek. Ishonchni oqlash lozim.



1 Ўзбекистон Республикасининг “Биржалар ва биржа фаолияти тўғрисида”ги қонуни, 20-21 моддалар.

Download 161.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling