21-seminar topshirig’i


Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan


Download 24.36 Kb.
bet6/10
Sana02.01.2022
Hajmi24.36 Kb.
#196218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21-seminar MIG'

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan;

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e’tiqodidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo’lsak mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g’ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariXimizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g’oyalaRi bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irqchilik qarashlaridan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak muayyan hollarda ular omuxtalashgan shaklda ham chiqishi mumkin. Axborot globallashuvi kuzatilayotgan bugungi kunda turli g’oyalar hyech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo’lsak ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo’ladi.

Tarixiy tajriba ko’p millatli davlatning barkarorligi millatlararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarni to’gri belgilab qo’yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog’liqligini ko’rsatadi.

Ma’lumotlarga ko’ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatda 36 harbiy nizo sodir bo’lgan Ularyugag 27 tasi, ya’ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e’tiborga oladigan bo’lsak ularning milliy, diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.

Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik bagrikenglikning yo’qligi ham sabab bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan, respublikamiz milliy siyosatining asosiy tamoyillari hayotda ham o’z ifodasini topayotganini ta’kidlash zarur. Xususan, millatlararo munosabatlar sohasidagi amaliyot haqida gap ketar ekan, istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o’zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar o’rnatishga imkon berganini qayd etish lozim. O’rnatilgan aloqalar ona tilini o’qitish va o’rganishni yo’lga qo’yish, turli qo’llanmalar va adabiyotlarni o’z vaqtida olish, yoshlarni ta’lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar, ba’zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. Shuningdek keng qamrovli madaniyma’rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi.

O’zbekiston hozir va bundan keyin ham o’z mustaqilligini himoya qila olishi uchun ko’p millatli o’zbekistonliklarning har bir avlodi milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalab borishi barqarorlik va umummilliy totuvlik va bag’rikevtlikni yanada mustaxdsamlab boradi. Zero, milliy g’oya — barcha o’zbekistonliklarning manfaatlarini ham ifodalovchi g’oyadir'

Respublikada istiqomat qilib turgan 130 dan ortiq millat va elatning har biri o’ziga xos madaniyatga va ko’p asrlik an’analarga ega. O’zbekiston Respublikasi o’tkazayotgan milliy siyosatning eng muhim ustuvor yo’nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uygunlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug’imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o’zgarmas ahamiyati tushunchasi kun sayin oshib borayotganligidir deyish mumkin1.

Dunyoning qariyb barcha mamlakatlari ko’p millatli. Respublikamiz ham ana shunday boy, turfa madaniyatlar gullabyashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o’zbekistonlikka iftixor baxsh etadi. O’zbekistonni o’z Vatani deb bilib, uning taraqqiyoti yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizdan har biri buni dildan teran his qshshoqdalar. Olib borilzyotgan oqilona milliy siyosat tufayli respublikamizda k;aror topgan tinchlik ijtimoiy totuvlik o’zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.

2. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Siyosiy islohotlar
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo‘lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat qurish edi.


Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo‘ldi. O‘tgan yillar ko‘hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon jarayonida o‘z o‘rnimizni egallash davri bo‘ldi. Bu davrda biz o‘zligimizni anglab, tarixiy yo‘limizni uzil-kesil tanlab oldik.

Mustaqil O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o‘lkaning o‘ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:


Download 24.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling